Amir Temur diplomatiyasi
Download 0.75 Mb.
|
temur diplomatiyasi 7- ozbek www.sadikov.uz
Musulmon diplomatlaridan, yuqorida aytib o'tganimizdek, faqat Muhammad Keshiygina YEvropaga borishga muyassar bo'lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol, YEvropa tillaridan birini bilganidan dalolat beradi. O'sha davrda Amir Temur shuhrati butun YEvropaga tarqalgan edi. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya qiroli Don Enrike III huzurida katta hurmat-e'tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi rasmiy tantanalarda va yirik zodagonlar qasridagi qabul marosimlarida ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi o'z elchilarini qo'shib, hurmat-ehtirom bilan Samarqandga kuzatib qo'ygan.
Aytish joizki, Sohibqironning elchisi – arxiepiskop Ioanning “Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar” asari ham o'tgan olti yuz yil mobaynida shu mavzuda turli tillarda yaratilgan mingdan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis manba sifatida alohida o'rin tutadi. Nega deganda, bu asar buyuk ajdodimiz bilan Samarqandda uchrashgan evropalik elchi Klavixoning kundaliklari, shuningdek, Amir Temur bilan bevosita muloqotda bo'lgan mashhur tarixnavislar Ibn Arabshoh va Ibn Xaldun qalamiga mansub tarixiy kitoblar kabi birlamchi, ya'ni Sohibqironni o'z ko'zi bilan ko'rib, suhbatida bo'lgan mualliflar yozib qoldirgan eng nodir manba sanaladi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling