Jangdan so'ng Amir Temur elchilarni qabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning ahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko'p hadyalar beradi. Ispan elchilarining qaytish payti kelganda esa Sohibqiron ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga o'zining qobiliyatli beklaridan bo'lgan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg'alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo'natadi. Keshiy u erga eson-omon etib borib, maktub va sovg'alarni qirol Don Enrike III ga topshiradi. - Jangdan so'ng Amir Temur elchilarni qabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning ahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko'p hadyalar beradi. Ispan elchilarining qaytish payti kelganda esa Sohibqiron ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga o'zining qobiliyatli beklaridan bo'lgan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg'alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo'natadi. Keshiy u erga eson-omon etib borib, maktub va sovg'alarni qirol Don Enrike III ga topshiradi.
- Ilmiy tadqiqotlarda yozilganidek, Amir Temur diplomatiyasining nazariy asosini islom dini tashkil etgani holda, uning ma'naviy-axloqiy asosi uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu diplomatiyaning shakllanishida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” asari kabi mashhur asarlar va qomusiy manbalar katta rol o'ynagan.
Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos tomonlaridan biri – u o'zining barcha murojaatlarida, hatto qat'iy talab shaklida yozilgan nomalarida ham, Sharq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim uzoq yurtlar hukmdorlarining qo'pol shaklda, ba'zi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt o'z fikrlarini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini o'sha davrlardan meros bo'lib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas. - Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos tomonlaridan biri – u o'zining barcha murojaatlarida, hatto qat'iy talab shaklida yozilgan nomalarida ham, Sharq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim uzoq yurtlar hukmdorlarining qo'pol shaklda, ba'zi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt o'z fikrlarini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini o'sha davrlardan meros bo'lib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas.
- Ayni vaqtda shuni ham aytish kerakki, Amir Temur odatda YEvropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiepiskopi Ioann Fransiya va Angliya qirollariga Sohibqironning maktublarini olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |