El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U „amir“ va „amir ul-umaro“ kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi (yana q. Temuriylar harbiy sanʼati). - Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy bergan ogʻir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yigʻishda aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni raʼiyatga nisbatan insof va adolatli boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-torojlardan saqlagan.
Temur tuzuklarida shu davr madaniyatining yoritilishi "TEMUR TUZUKLARI" — Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. Mikluxo Maklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikrichAsar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, shu jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin O'rda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.a, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan. - Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
- Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
- Nomussiz hayotdan, nomusli o‘lim yaxshi.
- Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.
- Amir Tеmur o’zining ulkan davlatini o’g’illari, nabiralari, yaqin qarindoshlari yordamida boshqargan. Movarounnahrdan tashqari boshqa еrlar ulus tarzida ularga taqsimlab bеrilgan. Sohibqiron Kobul, g’azna va qandahor viloyatlarini, to Sind daryosigacha bo’lgan еrlar bilan qo’shib, o’n ikki ming otliq askar bilan to’ng’ich o’g’li Jahongirga in'om qildi. 1376 yilda u vafot etgach, bu еrlarni, Balx viloyatini ham qo’shib, Jahongirniig o’g’li Pirmuhammadga in'om etdi. Ikkinchi o’g’li Umar-shayxga Farg’onani in'om etdi; so’ngra 1393 yilda uni Fors viloyatiga ko’chirdi. Umarshayx otasidan o’n ming kishilik qo’shin oldi. Amir Tеmurning uchinchi o’g’li Mironshoh 1380 yilda to’qqiz ming kishilik qo’shin bilan Xurosonga jo’natilgan edi, 1393 yilda esa Tabrizga o’tkazildi.
- Amir Tеmur o’zining ulkan davlatini o’g’illari, nabiralari, yaqin qarindoshlari yordamida boshqargan. Movarounnahrdan tashqari boshqa еrlar ulus tarzida ularga taqsimlab bеrilgan. Sohibqiron Kobul, g’azna va qandahor viloyatlarini, to Sind daryosigacha bo’lgan еrlar bilan qo’shib, o’n ikki ming otliq askar bilan to’ng’ich o’g’li Jahongirga in'om qildi. 1376 yilda u vafot etgach, bu еrlarni, Balx viloyatini ham qo’shib, Jahongirniig o’g’li Pirmuhammadga in'om etdi. Ikkinchi o’g’li Umar-shayxga Farg’onani in'om etdi; so’ngra 1393 yilda uni Fors viloyatiga ko’chirdi. Umarshayx otasidan o’n ming kishilik qo’shin oldi. Amir Tеmurning uchinchi o’g’li Mironshoh 1380 yilda to’qqiz ming kishilik qo’shin bilan Xurosonga jo’natilgan edi, 1393 yilda esa Tabrizga o’tkazildi.
- Islom dini bilan aloqasi
- Temur sunniy musulmon boʻlgan, ehtimol, Naqshbandiya tasavvufi, Hanafiy mazhabiga mansub boʻlib, u Mavarinnatda nufuzli boʻlgan. Uning bosh rasmiy diniy maslahatchisi va maslahatchisi hanafiy olimi Abdu l-Jabbor Xorazmiy edi. Termizda u Gur-amirda Temur bilan birga dafn etilgan Balxlik rahnamo Sayyid Barakaning ustozi taʼsiriga tushgan edi.
- Temur hazrati Ali va Ahli-baytni yuksak qadrlashi bilan mashhur boʻlgan va turli olimlar tomonidan oʻzining "shiaparast" pozitsiyasi bilan eʼtirof etilgan. Biroq u shialarni ham sahobalarning xotiralarini tahqirlaganliklari uchun jazoladi. Temur, shuningdek, sunniylik uzrlari bilan shialarga hujum qilgani, boshqa paytlarda esa sunniylarga diniy sabablarga koʻra hujum qilgani ham eʼtirof etilgan. Aksincha, Temur saljuqiylar sultoni Ahmad Sanjarni Alamutda ismoiliylarga hujum qilgani uchun yuqori baholagan boʻlsa, Temurning oʻzining Anjudandagi ismoiliylarga qilgan hujumi ham xuddi shunday shafqatsiz edi.
- Amir Temurning 3 yirik istilolari
- Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan mashhur. 3 yillik (1386 — 88) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
- 3 yillik istilo
- Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda (28 fev.) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Hindiston istilosi - 5 yillik istilo
- Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
- Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may — 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |