Amir Temurni tarix saxnasiga chiqishi


Download 113.5 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2020
Hajmi113.5 Kb.
#99800
1   2   3
Bog'liq
Amir-Temur-davrida-markazlashgan-davlatning-tashkil-topishi

Bo`linma boshliQlari-amirlar Temurga tobe bo`lgan QirQ aymoQ (Qabila)dan o`n ikkitasi: barlos, arg`in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo`g`ul, sulduz, to`g`oy, QipchoQ, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug` martaba amirlik bo`lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiQlik bilan xizmat ko`rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to`rttasi beklar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o`nboshi bo`lgan. Bulardan tashQari, yana o`n ikki nafar kishiga birinchidan to o`n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O`n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi xisoblangan. O`n ikki amirning xar biriga bittadan bayroQ va bittadan nog`ora, o`n minglik Qo`shin, tug` va chortug`, to`rt nafar beklar begining xar biriga bittadan bayroQ, nog`ora, chorto`g` va burg`u (karnay) berilgan.

SoxibQiron turk-mo`g`ul xalQlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish amallarini atroflicha o`rganib, taxlil Qiladi va zarur o`zgartirishlar kiritadi.

Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan Qo`shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaQin bo`lsa-da, biroQ Quyidagi muxim jixatlari bilan farQlanar edi:

Chingiziylar Qo`shini yalpi majburiyat asosida xarbiy xizmatga chaQiriladigan xalQ lashkaridan iborat bo`lgan xolda, Temurbek armiyasi umumxalQ xarakteriga ega emas edi.

Chingizxon davrida Qo`shin asosini ko`chmanchi omma tashkil Qilgan edi. Temurbek Qo`shiniga oliy bosh Qo`mondon ko`rsatgan aniQ talabga binoan chorvadorlar Qatori kosibchilik, xunarmandchilik, dexQonchilik bilan mashg`ul o`troQ axolidan xam sezilarli miQdorda askar olingan.

Temurbek Qo`shinida xarbiy kuchlarning asosini tashkil Qiluvchi otliQ askarlar bilan bir Qatorda piyodalardan tuzilgan Qismlar xam anchagina bo`lgan. Ma`lumki, Chingizxon Qo`shini, zabt etilgan mamlakatlar axolisidan majburiy tartibda tuzilgan xasharni xisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo`lmagan.

Temurbek SharQda birinchilardan bo`lib o`z armiyasiga o`t sochar Qurol, ya`ni to`p-ra`dni olib kirdi.

SoxibQiron tog`li xududlarda jang xarakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus xarbiy Qismlarni tashkil Qildi.

Temurbek jaxon xarb san`ati tarixida birinchi bo`lib Qo`shinni jang maydonida yetti Qo`lga bo`lib joylashtirish tartibini joriy etdi.

Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo`linmalar bo`lib, ular jang chog`i erkaklar bilan bir safda turgan, Qaxramonlik va matonat namunalari ko`rsatgan.

Temurbek Qo`shini tarkibini Movarounnaxr, Dashti qipchoQ, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo`g`uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari yerlardan yig`ilgan askarlar tashkil Qilar edi.

Unda muntazam Qo`shinga xos bo`lgan ko`pgina belgilar mavjud edi: Qo`shin son jixatdan aniQ va puxta tashkil Qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o`z zamonasining ilg`or Qurol va texnikasi bilan Qurollangan, aynan bir turdagi Qurol-yarog`, aslaxa-anjom bilan ta`minlangan, Qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroQ yoki tug`i orQali xam farQlangan. Bunday ajralib turish jang paytida Qo`shinni boshQarishda juda Qo`l kelgan.

Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod Qilish, g`anim tomonning yirik va mustaxkam mudofaa inshootlariga ega bo`lgan shaxarlariga Qo`QQisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliQlarini va ayniQsa, lashkarboshilarini xibsga olish, Qal`a va Qo`rg`onlarni uzoQ muddat davomida muxosara Qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng Qamrovda Qurshab olish, uning QishloQ, shaxar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fatx etish, dushmanni batamom yakson etgunga Qadar ta`Qib Qilish. Fatx bo`lgan yurtlarni boshQarish uchun o`zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maQsadlarini ko`zlab ish yuritish Temurbekka ko`plab zafarlar olib keldi.

Taktika jixatdan Temurbek armiyasi o`ziga xos xususiyatlarga ega edi. qo`shinning yasoli Qoraxoniylar, /aznaviylar, SaljuQiylar, Chingiziylar Qo`shini jangovar tartibdan farQli o`laroQ, yetti Qism-Qo`lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo`lga Qo`yilgan, Qismlarning jang maydonida xamda yurish vaQtida talab darajasida xarakat Qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiQilgan, ularni jang paytida operativ boshQarishga aloxida katta e`tibor Qaratilgan. Temurbek o`nlik, yuzlik, minglik xamda tuman Qo`mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo`lgan Qo`mondonlarning to`g`ri tanlaganligi va o`z joyiga Qo`yilganligi aksar xollarda jang natijasining muvaffaQiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan.

SoxibQironning xarb san`ati rivojiga Qo`shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-Qo`shin Qanotlarini jang chog`ida dushman xujumidan muxofaza Qilish va aksincha g`anim kuchlarini yon tomondan aylanib o`tib, unga ortdan zarba berish maQsadida tuzilgan otliQ Qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaQo yangi xarbiy Qism, tarixning guvoxlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, Chingizxon kabi dongdor sarkardalar Qo`shinida bo`lmagan. FaQat XIX asrning atoQli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida Qo`shin Qanotlarini ximoyalovchi Qism mavjudligini kuzatish mumkin. Xarbiy mutaxassislarning, Napoleon SharQ mamlakatlariga xarbiy safar Qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo`l-yo`riQlarini sinchiklab o`rgangan, zarur topgan taktik usullarni o`zlashtirgan degan muloxazasi, xar Qalay, xaQiQatdan yiroQ emas.

Xo`sh, turk-mo`g`ul xalQlari armiyasining besh Qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o`zgartirish Qachon kiritildi, ya`ni yasolni yetti Qismga bo`lishga soxibQironni Qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug`ilishi tabiiy.

Ushbu savolga QoniQarli javob olish uchun Temurbekning Balx xokimi amir Xusayn (1370 yili o`ldirilgan) bilan ittfoQda 1365 yili Jata (Mo`g`uliston) xoni Ilyosxo`jaga Qarshi Qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muxorabada ittifoQdoshlar cherigi Qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo`ladi.

Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga Qaraganda, otliQ askarlar Temurbek armiyasining zarbdor Qismi xisoblangan, ular og`ir va yengil Qurollar bilan Qurollangan suvoriy guruxlarga bo`lingan. Yoy, sadoQ va Qilich bilan yengil Qurollangan otliQlar asosan razvedka va soQchilikchilik bilan shug`ullangan, o`ta zarur chog`dagina dushman kuchlari bilan jang Qilish xuQuQiga ega bo`lgan.

Yurishga jo`nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni xarbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog`da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan Qo`shin to`plash uchun maxsus buyrak-tunQal e`lon Qilingan. Farmon kerakli joylarga yuQori mansab egasi, bosh Qo`mondonning adyutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashQari Qo`shin Qismlarining Qarorgox yoki safardagi o`rni, jangovar tartib-yasolni xamda bir joydan ikkinchi joyga ko`chishni nazorat Qilish xam yuklatilgan edi.

Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko`ra, Temurbek Dashti qipchoQQa Qilingan yurish (1390-1391) oldidan Qo`shinni bir yilga yetadigan oziQ-ovQat, Qurol-yarog`, kiyim-kechak va boshQa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o`z noiblariga buyurgan. Xar bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o`Q, bir sadoQ, bir QalQon va bitta Qo`shimcha ot ajratilgan. Yurish vaQtida xar o`n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o`roQ, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.

AbdurazzoQ SamarQandiy xar bir jangchining shuningdek, yarim man og`irligida arQon, bir dona pishiQ teri va bitta Qozon olib kelishi lozim bo`lganligini Qayd etadi.

«Temur tuzuklari»da ta`kidlanishicha, safar chog`ida oddiy askarlarning xar o`n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Xar bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, Qilich, juvoldiz, Qop, o`nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo`lgan.

Sara jangchilarning xar beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning xar bittasi dubulg`a, sovut, Qilich, o`Q-yoy, sadoQ va buyruQda ko`rsatilgan miQdorda ot bilan ta`minlangan.

O`nbegining aloxida chodiri bo`lgan. U sovut, Qilich, o`Q-yoy, sadoQ bilan Qurollangan va beshta Qo`shimcha ot olish xuQuQiga ega bo`lgan. Yuzbegining xam aloxida chodiri bo`lgan. Uning Qurol-yarog`i Qilich, o`Q-yoy, sovut, sadoQ, gurzi, oyboltadan iborat bo`lgan. Unga o`nta Qo`shimcha ot berilgan.

Mingbegi chodirdan tashQari soyabon bilan xam ta`min etilgan. Dubulg`a, zirix (chaxoroyna), sovut, nayza, Qilich, sadoQ va o`Q singari rang-barang Qurol turlari bilan Qurollangan.

Piyoda askarlar asosan Qilich, kamon va kerakli miQdorda o`Q bilan safarga chiQQan. Miod yerida oliy bosh Qo`mondonning borgoxi tikilgan va u turli rangdagi tug` xamda bayroQlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaQtda (miod vaQti) da lashkargoxga yetib kelgan askarlar Qat`iy tartib va intizom bilan o`z bo`ljar (pozitsiya)larini egallagan xamda yurish oldidan o`tkazilajak an`anaviy xarbiy ko`rikka puxta tayyorgarlik ko`raboshlagan.

SoxibQiron yurish paytida tajribali sipoxiylarga katta ishonch bildirgan. Ko`p marotabali so`Qishlarda suyagi Qotgan, urushni o`zining bosh mashg`uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam Qilingan. Ular kirim-chiQim daftariga, shuningdek davlatdan maosh-ulufa, oziQ-ovQat, yem-xashak oluvchilar ro`yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko`ra Temurbek armiyasi turk-mo`g`ul xalQlari uchun an`anaviy bo`lgan o`n. Yuz, ming va tumanlarga taQsimlangan. Ularga o`nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar sardorlik Qilgan. «Temur tuzuklari» da Qayd Qilinishicha, Qo`shin Qo`mondonlari safiga Temurbek oliyximmat, oQil, mard, tadbirkor, sezgir, jur`atli, sabotli, xarb ishiga jon-dilini bag`ishlagan iste`dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e`tibor bergan. Xar bir bek yoki amir o`z noibi-o`rinbosariga ega bo`lgan. Biror bek yoki amir xayotdan ko`z yumgan taQdirda noibi uning o`rnini egallagan.

Rui Gonsales Klavixoning guvoxlik berishicha, Qo`shin to`plash to`g`risida farmoni oliy e`lon Qilinishi bilan askarlar o`z oilasi, asbob-aslaxasi, mol-mulki bilan miod yeriga yetib kelgan. O`rdagoxdagi SoxibQironning saropardasi atrofida xar bir Qism va bo`linmalar chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha xar kim o`z joylashish o`rnini aniQ bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovQin-suronsiz bajarilgan. qo`shin bilan birga Qassoblar, bakovullar, Qovurilgan va pishirilgan go`sht bilan savdo Qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, nonvoylar xam ko`chib yurgan. Turli kasb egalari askarlarga xizmat ko`rsatganlar. Xatto ko`chma xammomlar xam jangchilar xizmatida bo`lgan.

Temurbek tanlab olgan sarkardalar o`zlarining xarbiy maxoratlarini nafaQat urush kezlarida, balki tinch mexnat chog`ida xam namoyish etishga tinmay xarakat Qilar edilar.

Xarbiy san`atning o`ziga xos sir-asrorlaridan to`la voQif bo`lgan, dushman saflarini parokanda Qilish yo`l-yo`riQlarini yaxshi egallagan, mushkul vaziyatlarda dadil va tez xarakat Qiladigan, xech Qanday to`siQlardan tap tortmaydigan, Qo`shin safida sodir bo`lishi extimolidan xoli topilmagan tartibsizliklarni o`z vaQtida bartaraf eta oladigan iste`dod egalarigina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka Qo`yilgan.

Temurbekning farmoyishiga binoan atoQli lashkarboshilardan to`rttasi birinchi darajali sarkarda, ya`ni beklar begi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga amir ul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh Qo`mondon, ya`ni Temurbekning noibi vazifasini ado etgan. SoxibQiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda amir ul-umaro Qo`shinga Qo`mondonlik Qilgan.

Zikr etilganlardan tashQari Qo`shin Qo`mondonligiga yana o`n ikki bek jalb etilgan ming kiishdan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliQlardan tashkil Qilingan guruxga ikkinchi bek, uch ming otliQlifavjga uchinchi bek va shu tartibda o`n ikki ming otliQ askarlardan tuzilgan Qo`shinga o`n ikkinchi bek sardorlik Qilgan. quyi pog`onada turgan Qo`mondon o`zidan yuQori lavozimni egallab turuvchi sarkadaga bo`ysungan.

Temurbek armiyasining turli Qism va bo`linmalariga uch yuz o`ye uch bek boshchilik Qilgan. Ularning dastlabki yuztasi o`nbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik, uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga soxibQironning farzandlari, nabiralari xamda amir Shayx Nuriddin, amir Jaxonshox singari nomdor lashkarboshilar raxbarlik Qilgan.

Temurbek Qo`mondonlar tarkibining xarb ishidan talab darajasida maxorat va malakaga ega bo`lgan shaxslardan shakllanishiga aloxida diQQat Qilgan.

Janglarda Qaxramonlik va mardlik namunalari ko`rsatgan sara jangchilar munosib ravishda taQdirlanib o`nbegi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbegi va nixoyat mingbegi amaliga ko`tarilish imkoniyatiga ega bo`lgan.

Yovning askariy g`ururini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir unvoniga, yirik dushman Qismini mag`lub etgan birinchi darajali amir o`z navbatida ikkinchi darajali amir mansabiga va shu yo`sinda o`zga bek xamda amirlar yuQoriroQ xarbiy martabaga ko`tarilib borgan. Janggoxda mardlik va Qaxramonlik ko`rsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba`zi sabablarga ko`ra jang maydonini tashlab Qochgan askarlar o`lja taQsimotida ishtirok etishdan maxrum Qilingan. Muxorabadan yarador bo`lib Qaytgan shaxslarning izzat-xurmati joyiga Qo`yilgan, ularga Onxazratning marxamati ko`rsatilgan.

Biror kishvarning fatx Qilgan yoki g`anim armiyasini mag`lubiyatga uchratgan sarkarda uchun uch xil mukofot ta`sis etilgan, ya`ni sharafli baxodir unvoni xamda tug` va nog`ora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muxolifatchi taraf taxt vorislari raxnamoligidagi Qo`shinni parishonlikka solgan amir yoki bekning xam shavkati ziyoda Qilingan.

Jangu jadal chog`ida shijoat ko`rsatib dushman guruxini Qochirishga muyassar bo`lgan o`nbegi shaxar dorug`asi, yuzbegi esa viloyat xokimi vazifasiga tayinlangan. MuQotalada aduv xashamlari ustidan zafar Quchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi bilan taQdirlangan.

Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga o`sha yerlar ma`lum shart va imtiyozlar asosida boshQarilish uchun suyurg`al tarzida inoyat Qilingan. Temurbek va temuriylar davrida suyurg`al keng tarQalgan feodal yer egaligi turlaridan biri bo`lib. Nasldan-naslga o`tgan. Suyurg`al egasi davlat xisobiga to`lanishi zarur bo`lgan soliQlardan ozod Qilingan. Bunday suyurg`al turi «darbasta suyurg`al» deb yuritilgan.

Dovyurak paxlavonlar xarblardan ko`rsatgan jasoratlari uchun baland darajaga erishib, baobro` kishilar Qatoridan o`rin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa` kamar, Qilich va saman ot kabi paxlavonlik nishonlari bilan e`zozlagan. Botirlarning ko`pchiligi keyinchalik o`nlik, yuzlik, mingliklarga Qo`mondonlik Qilishdek ma`suliyatli vazifalarga Qo`yilgan.

YUQorida tilga olingan o`n ikki amirdan xar biri yuz dovul (tabl) va bayrog`iga ega bo`lgan. Bosh Qo`mondon nog`ora xamda alamdan tashQari shuningdek, burg`u, tumantug` va chortug` bilan nishonlangan.

Mingbegi tug` va karnay, ya`ni Qo`ragaga ega bo`lgan. Yuzbegi va o`nbegiga nog`ora berilgan. Turli Qo`shun, ya`ni Qism Qo`mondonlari tegishli noshonlarga sazovar bo`lgan.

Biror lashkarboshining xayoti xavf ostida Qolgan vaziyatda uni g`anim o`Qidan asrab Qolish yo`lida o`z ko`ksini QalQon Qilgan jangchilar SoxibQironning xurmat-e`tiboriga va olQishiga sazovor bo`lgan, maxsus inoyatlar bilan taQdirlangan.

SoxibQiron yurishga jo`nashdan ancha avval yog`ining Qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar xaQida aniQ va to`la ma`lumotga ega bo`lish maQsadida uning yurti yoki Qarorgoxiga o`z ayg`oQchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. /anim to`g`risida zarur ma`lumotlarga ega bo`lgandan so`nggina yurishga taraddud ko`rilgan. Bu xususda ibn arabshox yozadi: «Temur tengi yo`Q fe`l atvorli, chuQur muloxazali kishi bo`lib, uning tafakkur dengizining Qa`ri yo`Q va (uning) tadbiri tog`iga na tekisligu, na g`adir-budir orQali yo`l topilardi. U yerlarning barcha tomonlarida o`z ayg`oQchilarini tarQatib, Qolgan mulklarida esa josuslar Qo`ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bo`lsa. yanA biri faQix Mas`ud al-quxoniy-u Temur devoni asxoblarining ko`zi edi. Josuslarning bunisi qoxirada, Muiziyada bo`lsa, unisi DamashQda, Shamiysoniyadagi so`fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo`lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulQ polvon va xunarmand, munajjim va o`z tabiaticha ish Qiladigan lar, gapchinoz Qalandarlaru sayoQ darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo`zlar, alvasti va xiylagar bo`lib, ular chor atrofda bo`layotgan xodisalar va ularning xabarlarini Temurga yetkazib, o`zlari afzal ko`rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to`g`risida unga zikr Qilib, manzilu shaxarlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o`rinlarini chizib ko`rsatardilar, shular orasida u joylarning yaQin yoki uzoQ, tor yoki kengligini ularning Qaysi tevarak-atrofda, g`arb yoki sharQdami, shaxarlar va QishloQlarning ismlarini, manzil va panoxjoylar nomlarini, xar joyning axliyu boshliQlari, amirlari, ulug`lari, fozillari, shariflari, boylariyu faQirlarini, ularning xai birining ismi va laQabini, shuxrati va nasabini, ularning xunari va (ega bo`lgan) vositalarini (to`la-to`kis) bayon Qilardilar. Natijada, Temur o`z fikri bilan shularni yaQQol ko`rib, tafakkuri vositasida o`z yerlaridan xorij joylar ustidan xam tasarruf yuritardi».

SoxibQiron safar chog`i Qo`shinni Qiyin va o`tib bo`lmas joylardan boshlab boruvchi yo`lchi, ya`ni Qajarchilarni maxalliy xalQ ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan.

Safar arafasida Temurbek o`z pirlari va raxnamolari xuzuriga sof ishonch xamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. MuQaddas va muborak mozorlarni tavof Qilgan. Mayib-majruxlarga, muxtoj va yo`Qsillarga nazru sadaQalar ulashgan.

Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda-naft solingan ko`zachalar irg`ituvchi o`t sochish Quroli-ra`dning uzluksiz ishlab turishini ta`minlovchi maxsus to`pchilar-ra`dandozlar mavjud bo`lgan. Mustaxkam Qal`a va Qo`rg`onlarni Qamal Qilishda samarali Qurol xisoblangan ra`dni boshQaruvchi to`pchilarni soni, Nizomuddin Shomiyning fikricha, 10 ming kishiga yetgan. Ra`dandozlar Temurbek tomonidan ilk marta 1379 yili Urganchni muxosara Qilish vaQtida jangga solingan.

Kezi kelganda ta`kidlash lozimki, arab tiliga xos ra`d so`zi aslida «momoQaldiroQ»ni bildiradi. To`pni ra`d termini bilan atashlarining boisi shundaki, undan o`Q-snaryad otilgani kuchli gumburlagan tovush chiQQan.

Ra`dning Temurbek tomonidan Qurollanishga kiritilishi XV-XVI asrlarda Movarounnaxr, Xuroson va Eronda artilleriyaning boshQa turlarining paydo bo`lishida turtki vazifasini o`tadi.

Amir Temurning xayoti asosan ikki davrga bo`lib o`rganiladi. Birinchi davr: 1359-1386 yillarni tashkil etadi. Bunda Temur Movarounnaxrda mo`g`ul xonligidan mustaQil, kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun kurashadi.

Ikkinchi davri: 1386 yildan boshlanib, umrining oxirigacha davom etadi. Bu davrda Temur uch yillik, besh yillik, deb nomlangan urushlar olib boradi va Xitoyga Qarshi urushga tayyorgarlik ko`radi.

Temur o`z xayotida 30 marta yurish Qilgan va 27 mamlakatni zabt etgan. Lekin ulardan «uch yillik», «besh yillik», «yetti yillik» urushlari mashxur bo`lgan.

Temur davlati uchun eng xavfli davlat uning shimolida joylashgan Oltin O`rda edi. qora dengizdan Oltoly tog`larigacha cho`zilgan yerlar Jo`ji ulusi ixtiyorida edi. Jo`ji ulusining YoyiQdan qora dengizgacha cho`zilib ketgan juda katta Qismi Oltin O`rda edi. YoyiQ sharQida yerlar OQ O`rda deb yuritilardi.

Amir Temurning Markaziy Osiyo xududidan tashQariga bo`lgan yurishi asosan Shimolga, ya`ni Oltin O`rda davlatiga Qaratilgan edi. Temurning Oltin O`rdaga Qarshi yurishidan maQsadi, uni o`z davlatiga Qo`shib olish emas edi. Davlati uchun xavfli kuch bo`lgan Oltin O`rdani zaiflashtirish va faQat uning sharQiy Qismini o`z saltanatiga Qo`shib olish edi.

Bu davrda Oltin O`rda oQ O`rdalarda ikkita mustaQil davlat tashkil topib, ular o`rtasida o`zaro janjallar davom etmoQda edi. Temur uning ichki nizolaridan ustalik bilan foydalandi. O`rusxon tazyiQidan Temur xuzuriga Qochib kelgan OQ O`rda xonlaridan To`xtamishga Temur bir necha marta yordam beradi. 1379 yilda To`xtamish Temur yordamida OQ O`rda taxtini egallaydi.

Turon ozodlik xarakatining sarkardasi Temurning Oltin O`rda xoni To`xtamish ustidan Qozongan g`alabasi nafaQat Markaziy Osiyo, butun SharQiy Yevropa, Russiya uchun axamiyatga ega edi.

Temur Oltin O`rda xonligini tor-mor etib, uning QishloQ va shaxarlarini vayron Qiladi. SharQ mamlakatlari bilan bog`lagan Buyuk Ipak yo`lining Oltin O`rda orQali o`tadigan shimoliy tarmog`iga xotima beradi.

Ta`kidlash lozimki, temuriylar davrida yurish yoki razmdan oldin Qo`shinni ko`rikdan o`tkazib, uning jangovar ruxi va xolatini aniQlash an`ana tusiga kirgan. Ko`rikdan nafaQat asosiy jangovar Qismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi og`ir karvon o`g`ruQ (ovoz) xam o`tkazilgan.

Temurbek dushmaniga Qo`QQisdan QaQshatQich zarba berish usuli bilan shuxrat Qozongan edi. /anim o`rdugoxi aniQlangach, aksariyat xollarda SoxibQiron unga maxfiy yoki o`tish o`ta mashaQQatli bo`lgan, xech bir kimsaning oyog`i yetmagan dovonlar, daralar, so`QmoQlar, tog`u toshlar orQali tunda ulovlarni jilovidan tutgan tarzda yaQinlashar, Quyosh o`zining zarrin nurlarini bepoyon zamin uzra socha boshlashi bilan g`aflat uyQusida yotgan yog`iga Quyundek yopirilar edi. Ibn Arabshox xikoya Qiladi: Temurbekning dorus-saltana SamarQandda imoratlar Qurish, bog`u bo`stonlar barpo etish, ariQlar Qazib, suv chiQarish singari obodonchilik yumushlari bilan band bo`lib turganligidan mujda topgan Qo`shni mamlakatlar uning xujumini kutmasdan, mudofaaga tayyorgarlik ko`rmagan xolda xotirjam xayot kechirar edi. SoxibQiron poytaxtdagi ishlarni nixoyasiga yetkazgach, tovachilarga Qo`shinni tez fursat ichida samarQandda to`plash xaQida amr Qiladi. Askarlar uchun o`zi o`ylab topib. Ixtiro Qilgan yo`sinda tayyorlangan dubulg`alarni jangchilar kiyib, yurishga chiQishlarini buyuradi. Temurbek safarning yo`nalishini sir tutadi.

Temurbekning Xindga yurish Qilib, Dexliga yaQinlashib Qolganligidan taxlikaga tushgan xindlar shaxzoda Sulton Maxmud, Malluxon va o`zga nomdor xind sarkardalari raxnamoligidagi o`n ming suvoriylar, yigirma ming sara piyodalar va bir yuz yigirma jangovar fillardan iborat Qo`shin bilan unga ro`baro` bo`ladi. SoxibQiron birinchi galda jangchilarning kapalagini uchirib, ularni daxshatga solgan fillarni daf Qilish borasida bosh Qotiradi. Zudlikda fillarga ofat keltiruvchi o`tkir tig`li uchburchak shakldagi sanchiQ-mo`ndulardan minglab yasaladi va fillar kelishi kutilayotgan yerlarga joylashtiriladi. Ikkala Qo`shin jang xarakatlarini boshlagach, Temurbek o`z askariy Qismlarini chekinishga buyuradi. Temuriy jangchilarning tisarilganini ko`rib, dushman Qochdi xayol Qilgan xindlar olg`a tashlanadi.

Fillar, ularning ketidan otliQ va piyodalar junbushga keladi. Mo`ndu tikilgan yerga yetgan fillarning oyoQlariga o`tkir sanchiQlar tikon yanglig` Qadaladi. Og`riQ zo`rligidan Qutirgan fillar jon achchig`ida filbonlarni uloQtirib, orQaga tum-taraQay Qocha boshlaydi. Ular ortda kelayotgan xind suvoriy va piyodalarini poymol Qilib, yanchib o`tadi.

SoxibQiron o`ta taxlikali onlarda xam sarosimaga tushmas, xissiyotga berilmas, metinday mustaxkam irodasi ikkilanishga, Qat`iyatsizlik ko`rsatishga aslo yo`l Qo`ymas edi. Biror marta xam mag`lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib ko`rmagan muzaffar Qo`shin oliy bosh Qo`mondonning xar Qanday og`ir va chigal vaziyatdan xam tadbirkorlik bilan chiQib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun g`anim bilan faQat g`alabani ko`zlagan xolda jon-jaxdi bilan jang Qilar edi.

SoxibQiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggoxning tekis, keng va Qo`shin Qismlarini joylashtirishga Qulay bo`lishi talab Qilingan. AyniQsa, ma`rakagoxning ichimlik suv manba`iga yaQin bo`lishi xamda razm vaQtida Quyosh nurining jangchilar ko`ziga tushmasligi maQsadga muvofiQ xisoblangan.

Yirik muxorabalar paytida dastasi uchiga maxcha-yarim oy shakli Qadalgan jangovar bayroQ va tug`lar bilan bezatilgan oliy bosh Qo`mondonning borgoxi balandlikka tikilgan. U yerdan Qism va bo`linmalarning maydondagi xarakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko`ra borgox oldida xarbiy orkestr askarlarni mardlikka rag`batlantiruvchi, ularning jangovar ruxini ko`taruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan.


Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling