Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti
Download 161.09 Kb.
|
Odam savdo (Восстановлен)
ЁO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI Odam savdosiga qarshi kurashish profilaktikasi masalalari mavzusida yozilgan BITIRUV-MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: yu.f.n. dotsO`.S. Ochilov Buxoro-2018 R E J AKirish Adabiyotlar tahlili I-BOB. Odam savdosi JINOYATCHILIGINING UMUMIY TAVSIFI 1.1. Odam savdosi jinoyatining jinoiy-huquqiy tavsifi 1.2. Odam savdosi transmilliy jinoyat 1.3.Muhojirlik, migratsiya va odam savdosi: xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi ahvol II-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari 2.1. Odam savdosi profilaktikasini tashkil etishning xalqaro hamkorlik asoslari 2.2. Odam savdosi oldini olishning huquqiy asoslari 2.3. Odam savdosi jinoyatchiligi profilaktikasining asosiy yo’nalishlari Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Ilova K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil etayotir. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ular orasida ayniqsa, odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko‘rinishga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Inson tirik mavjudotlar orasida aql-idrok berilgan ongli mavjudot bo‘lib, u o‘tgan zamonlarda ham ozod va erkin yashashga harakat qilgan. Uni erkidan mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘qligi dunyo hamjamiyati tomonidan tasdiqlangan qonunlarda ham belgilab qo‘yilgan. Biroq, bugungi kunda dunyo bo‘ylab odam savdosiday o‘ta xavfli illatning keng tarqalishi inson shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy huquq va erkinliklariga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Bu bilan bog‘liq jinoyatlar jahon jamoatchiligini jiddiy tashvish va xavotirga solayotgani ayni haqiqat. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo‘lsa, bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham shunchalik kengaymoqda. Odam savdosiga qarshi kurashish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning Yevropadan Amerika va Shimoliy Afrika qit’alariga keng ko‘lamli migratsiyasi hamda ayollarni Yevropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferensiya o‘tkazilib, "Oq qullar savdosiga qarshi kurash" nomli butunjahon Konvensiyasi qabul qilingan. Keyinroq ushbu konvensiya "Ayollar va bolalar savdosini yo‘qotish" va "Voyaga etgan ayollar savdosini yo‘qotish" nomli butunjahon Konvensiyalari bilan to‘ldirilgan. Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishning keyingi tarixiy jarayonlari sekin-asta rivojlanib, 1948 yilda "Inson huquqlari" umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan. Shundan so‘ng "Inson huquqlarining Yevropa Konvensiyasi", "Qullik xususida"gi Konvensiya, "Qullikni yo‘qotish amaliyoti to‘g‘risida"gi qo‘shimcha Konvensiya, "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi Konvensiya, "Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi to‘g‘risida"gi Konvensiyalar qabul qilinib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘llanila boshlandi. Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda. BMT va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko‘ra, undan jabr ko‘rganlar soni bir necha millionlarni tashkil qilmoqda. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinyapti. Shu bilan birga, odam savdosi transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyaga qo‘shildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo‘yish va buning uchun jazolash to‘g‘risidagi qo‘shimcha protokol ham ratifikatsiya qilindi. SHuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi1. Bu borada O`zbekiston Respublikasida ham qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilning 17 aprelidagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni va Respublikamiz Birinchi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” O‘RQ-406-son (2016) Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, Respublikamiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasida inson huquq va erkinliklari masalasiga alohida e`tabor qaratgani, 2017 yil 24 iyun «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 16 dekabr «O‘zbekistonda Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 aprel 196-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 2014 yil 20 yanvar 10-son «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror va farmonlar mamlakatimizda odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning milliy qonunchilik asoslarini yaratib berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmonida sud organlarining tuzilishi va faoliyatida jiddiy islohotlar amalga oshirilishi lozimligi belgilab berilgan edi. Farmonning birinchi bandi asosida tasdiqlangan “2017 —2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida “qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash” nazarda tutildi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya va Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzildi. Shuningdek, 2017 —2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 2017 yil –«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinayapti. Qolaversa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorligi ta’minlanmoqda.12 Xullas, odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv hamda o‘zaro hamkorlikni talab etadi. Zero, odam savdosi, uning huquq va erkinliklarini g‘ayriqonuniy ravishda aynan inson tomonidan kamsitilishi kechirib bo‘lmas jinoyatdir. Odam savdosining transmilliy, xalqaro miqyosdagi muammo ekanligi bir qator maqolalarda aks ettirilgan bo‘lsa-da, bu muammo maxsus tadqiq etilmagani bois, odam savdosining ko‘rinishlari,jahonda, xususan, O‘zbekistonda ham muammoga aylanganligi, unga qarshi kurashning turlari va ahamiyatini o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Demak, bu mavzuni atroflicha yoritish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
- Odam savdosi transmilliy jinoyat ekanligini ochib berish - Muhojirlik, migratsiya va odam savdosi: xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi ahvolni o`rganish - Odam savdosi profilaktikasini tashkil etishning xalqaro hamkorlik asoslarini o`rganish - Odam savdosi oldini olishning huquqiy asoslariga e`tibor qaratish - Yoshlar tarbiyasi odam savdosiga qarshi kurashning muhim omili ekanligini ko`rsatib berishdan iborat Ishning ob’ekti. Ishning ob’ekti bo‘lib odam savdosi, uning huquqiy tavsifi, unga qarshi kurash profilaktikasi va yo‘llari xizmat qiladi. Ishning predmeti sifatida odam savdosini oldini olish profilaktikasi bo‘lib, bu borada xalqaro va respublikamizda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tashkil etadi. Ishdagi yangiliklar. Bitiruv-malakaviy ishda odam savdosiga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur BMIda keltirilgan ma’lumotlardan huquq asoslari, inson huquq va erkinliklari, sotsiologiya fanlaridan mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda, referatlar yozishda, shuningdek, yoshlar orasida “Qullikka rozi bo‘lmang!”, “Odam savdosi – transmilliy jinoyat” va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin. Ishda qo‘llanilgan usullar. BMIda umumlashtirish, tahlil usullaridan foydalanildi. Ishning tuzilishi.Mazkur bitiruv-malakaviy ish Kirish, adabiyotlar tahlili, asosiy qismdagi 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Mavzuga doir taqdimot tayyorlangan. Download 161.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling