Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti
Download 161.09 Kb.
|
Odam savdo (Восстановлен)
Sub’ektiv tomondan mazkur jinoyat aybning to’g’ri qasd shaklida ifodalanadi. Odamni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish bilan bog’liq qilmishlarga huquqiy baho berishda, aybdorda odamlardan foydalanish maqsadi mavjud ekanligini, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1q5- moddasi ikkinchi qism «k» bandida (kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko’chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo’lsa) belgilangan qilmishda esa kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko’chirish (transplantat) maqsadida odam savdosi bilan shug’ullanayotganligini aniqlash lozim, chunki mazkur holatlar
jinoyatning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan. Mazkur jinoyatning sub’ekti 16 yoshga to’lgan har qanday jismoniy shaxslar (odamni oluvchi, sotuvchi, yollovchi, tashuvchi, topshiruvchi, yashiruvchi yoki qabul qiluvchi) bo’lishi mumkin. Bunday shaxslar, jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki uning yaqinlari ham bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, odam savdosi insonning yuksak e’zozga loyiq bo’lgan konstitustiyaviy huquq va erkinliklarini buzuvchi va shaxsiy daxlsizligiga tahdid soluvchi jamiyatdagi salbiy illatlardan biridir. Binobarin, eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, sog’lig’i, erkinligi, qadr-qimmati ekanligi to’g’risidagi tamoyil Konstitustiya darajasida mustahkamlab qo’yilgan. Bu konstitustiyaviy talabni hayotga tatbiq etish uchun odam savdosi kabi jamiyatdagi salbiy illatlarga qarshi kompleks ravishda kurash olib borish lozim. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimi islohatlarining bosh maqsadlaridan biri insonning konstitustiyaviy huquq va erkinliklarining samarali muhofaza etilishini ta’minlashdir. Jinoyat kodeksi 1q5-moddasi mamlakatimiz jinoyat qonuniga kiritilgan yangi normalardan bo’lib, 2008 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan yangi tahrirda qonunga kiritilgan.
Download 161.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling