Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi
Download 31.25 Kb.
|
Sahnaviy asarlarda Obraz va obrazlilik
Realistik adabiyot aniq inson bilan ish ko‘radi, ya’ni yozuvchi qaysi davr ustida qalam yuritsa, o‘sha davrda yashagan kishilarni qahramon qilib oladi. Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular hamisha ertangi kunni o‘ylab yashashadi, zimmasiga katta-katta tashvishni yuklagan bo‘ladi, bu ham bo‘lsa zamon tashvishi, odamlar tashvishi, ularning mumkin qadar yaxshi yashashi, diyonat va soflikning hamisha g‘olib bo‘lishi qayg‘usida yurishadi. Bunday kishilar tarixning har bir formatsiyasida bo‘lgan va bugungi kunda ham mavjud. Bunday shaxslarni biz zamonning ilg‘or kishisi, uning etakchisi, agar ilmiy atama bilan aytsak, ijtimoiy shaxslar deb ataymiz. Tarix va zamon bunday kishilardan hamisha minnatdor, chunki insoniyat orzu- umidlarining ushalishi, keng ma’nodagi erkinlikning qaror topishi shunday kishilar bilan bog‘liq. Bunday kishilar o‘zi yashayotgan jamiyatni o‘zgartirishga qodir va o‘zgartiradi, shuningdek, o‘zgartirgan jamiyatning yangi odamini ham shakllantiradi. Bunday shaxslarga Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Nodira, Hamza, Fayzulla Xo‘jaev, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiylar yorqin misol bo‘la oladi. Bundaylar hayotga kam keladilar. Ular tarixning, jamiyatning noyob tuhfasidir. Badiiy adabiyotda bunday shaxslarning obrazi butun fazilati, boshqalardan ajrab turadigan xususiyatlari, ijgimoiy va shaxsiy hayoti takrorlanmas individ sifatida yaratilsa, ijtimoiy tipdan badiiy tipga aylanadi. Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi. Aslida, unday emas. Bunday shaxslarning har bir qilgan ishi, bosgan qadami va butun faoliyatini asarga olib kirib bo‘lmaydi, chunki bu holda badiiy asar emas, bir kishining kundaligi yaratilgan bo‘lar edi. Kundalikda esa nuqtai nazar, ilgari surilgan katta ma’nodagi umumlashma bo‘lmaydi. Bundan mahrum bo‘lgan qahramon esa tip u yoqda tursin, hatto obraz ham bo‘lolmaydi. Hayotdagi har qanday mukammal shaxs ham adabiyotga olib kirilganda, ijodkor tomonidan nimadir qo‘shiladi, g‘oyaviy quvvat beriladi, shuningdek, individuallashtiriladi. SHunday qilingandangina, u hayotiy qahramondan adabiy qahramonga aylanadi, ya’ni badiiy obraz yuzaga keladi. Demak, hayotdagi ijtimoiy tiplar badiiy obrazga aylanishi uchun yozuvchining g‘oyasi, nuqgai nazari, ijtimoiy tip faoliyatidan chiqargan hayotiy umumlashmasi va shaxsning takrorlanmas individual xususiyatlari katta rol o‘ynar ekan. Ijtimoiy tip deganda faqat ulkan titanlarni tushunish kerak emas. Ulkan titanlarning (Gandi, Neru va b.) g‘oyalarini o‘ziga singdirib, o‘z o‘lkasi, viloyati miqyosida ish olib borgan, kishilarni yangi hayotga chorlagan, uning uchun o‘z shaxsiy hayotidan kechgan, o‘z e’tiqodi uchun ko‘p jafolar chekkan kishilar ham, o‘z navbatida, ijtimoiy tip sanaladi. Bunday kishilar har bir millatda bo‘lgan. Ular o‘z faoliyati bilan nafaqat o‘z millatining, halqning sevimli, ardoqli kishisi bo‘lib kolishgan, balki boshqa xalqlarning ham xurmatiga sazovor bo‘lgan. Fayzulla Xo‘jaev, Akmal Ikromov, Yo‘ldosh Oxunboboev, U. Buzurukxo‘jaev va boshqalardir. Keyingi yillar o‘zbek adabiyotida mazkur siymolarning obrazi yirik planda yaratildi. Xususan, Asqad Muxtor “Buxoroning jin ko‘chalari” qissasida Fayzulla Xo‘jaev obrazini yaratdi. Asqad Muxtor o‘z qahramonining butun faoliyatini qamrab olishni oldiga maqsad qilib ko‘ymagan. U qahramonining inqilobiy harakatga etib kelgunga qadar hayotini aks etgirgan. Hayot haqiqatidan ma’lumki, hech bir inson o‘z e’tiqodiga osonlik bilan erishmaydi, birdaniga to‘g‘ri yo‘lga tushmaydi. Hayotning bir qator to‘siqlariga duch keladi, ma’lum adashishlar, ayrim kishilar ta’siriga berilish oqibatida to‘g‘ri yo‘ldan toyish hollari ham bo‘ladi. Lekin uning qalbi insoniylik, ezgulik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, bu hayotiy so‘qmoqlarni bosib o‘tish jarayonida o‘z shuurini qayraydi, oqibatda haqiqiy yo‘l ini topadi. Tarixiy faktlardan ma’lumki, Fayzulla Xo‘jaev hayotida ham shunday holat bo‘lgan. Ayniqsa, dinning markazi hisoblangan ko‘hna Buxoroda Fayzullaga o‘xshaganlarning to‘g‘ri yo‘lga tushishi oson bo‘lmasligi tabiiy hol edi. Asqad Muxtor xuddi mana shu holatni ochishga intiladi, oqibatda yosh o‘spirinning Buxoroning jin ko‘chalaridan katta yo‘lga chiqishi, ya’ni amirlik muhitidagi murakkab, chalkash ijtimoiy holatda Xo‘jaevning uqubatli izlanishlari, e’tiqod qo‘ygan, nazarida pokdamon, millat, xalk yo‘lida katta ish qilyapti, deb bilgan kishilari nihoyatda yovuz, riyokor, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan, intilishlarning barchasi zaminida shaxsiy manfaatdorlik yotgan kimsalar ekanligini anglashi, bundan tortgan iztiroblari ko‘z o‘ngimizda kechadi, bu holatlar uni inson sifatida butun murakkabliklari bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi, individuallik bag‘ishlaydi. Qissada voqelik bayonda emas, kartinada berilgani uchun u kishi ko‘z oldida aniq manzara hosil bo‘ladi, oqibatda bu holatni kishi qalban his qiladi, qaxramonning- Fayzulloning siymosini tasavvur eta oladi, shuningdek, uning qalbidagi sog‘inch hislari, qalbi shijoat va kuch-g‘ayratga to‘laligi, fikri teran, go‘zallikdan lazzatlana oladigan navqiron ekanligi ham ayon bo‘ladi. Buning sababi nimada? Yozuvchining obraz yaratishida va voqealarning obrazli tasvirlanishida. Biroq obraz yaratish faqat shu tipda ketsa, yozuvchi o‘z maqsadiga erisholmaydi, ya’ni to‘laqonli obraz, ya’ni xarakter, tip yaratolmaydi. Obraz uchun umumlashma zarur. Umumlashma esa zamon ziddiyatlari insonning qalbi tahlili orkali kashf etilishidan yuzaga keladi. Asqad Muxtor xuddi shunday qiladi. Yosh Fayzulloning qalb iqgidorini ocha boradi. Fayzullo Moskvadan qaytgach, o‘z tanish-bilishlarini, qarindosh-urug‘larini, yor-birodarlarini ko‘rishga oshiqadi. Yo‘lda u har xil manzaraga duch keladi. Bu manzaralarning barchasi adibning umumiy maqsadiga bo‘ysundirilgan. Fayzullo tog‘asinikiga ketayotganda yo‘lda kuzg‘unlarga em bo‘layotgan eshakning o‘ligiga ko‘zi tushadi, undan avval uning nazari “sunbula sehrlab qo‘ygan bir to‘rg‘ay” navosiga, “chang qo‘ngan zaifgina bo‘tagulga” duch kelgan edi. Ikki xil manzara: “o‘laksaning ko‘ngilni ag‘daradigan qo‘lansa hidi”yu “qir gulining atri sezilar-sezilmas, nafis, zaif” tarovati. Yozuvchi bu kartinadan umumlashma chiqaradi, ya’ni qir gulining muattar hidi, to‘rgay nolasi tasvirida Fayzullo ruhiy olamiga ishora bo‘lsa, quzg‘unlar o‘rtaga olgan eshak o‘ligidan esa o‘sha paytdagi vaziyatda qahramonning qalbida tug‘ilgan “allaqanday tanish vahima”ni anglatish. “Negadir yana otasi, kasal atrofida uymalashgan tanish-notanish odamlar yodiga tushdi”. Yozuvchi bu bilan asarning umumiy mantiqiy ruhini ham belgilab beradi. Fayzullo nigohi orqali o‘sha davr oddiy xalq takdiri, ularning ayanchli turmushi bilan tanishamiz. Ulardan ma’lum xulosalar chiqaramiz, Fayzulloning Moskvadagi turmush haqidagi fikrlaridan katta umumlashmalar yasaymiz. Yozuvchi bu bilan inson va jamiyat masalasi adolat hamda ma’rifat uchun kurash asosida hagt etib boradi. Fayzullo garchi juda katta mulkdor, millioner, Buxoro amirining eng yaqin odamining farzandi bo‘lishiga qaramay, o‘zini xalqdan, bolalik do‘stlaridan olib qochmaydi. Buning sababi uning qalbi insoniylikka moyil, ma’rifat nuri bilan yo‘g‘rilgan. Shu tufayli u bo‘zchi xalfa do‘sti Mo‘minsho bilan orada hech qanaqa tafovut yo‘kdek muomalada bo‘ladi, devband Eshonning panjasiga tushib, jinni nomini olgan, oqibatda odam farzandi jirkanadigan holga kelib qolgan odamdan hazar qilmay, uni eshon changalidan kutqaradi. Bu voqelik tasviri Fayzulloga ulug‘vorlik kasb etadi, boshqalardan farqlantiradi. Fayzulloning ko‘rgan-kechirganlari qalbida izsiz qolmaydi. U o‘ylanadi, chora qidiradi, iztirobga tushadi: “Inson qadriga xo‘rligim keladi, toga... Bunday ahvol faqat bizda bo‘lishi mumkin”. Tog‘asining: “Siz bu tashvishlarni qo‘ying, jiyan”, degan javobiga qarshi qahramon bunday deydi: - Nega? O‘z yurtimiz emasmi bu jafokash tuproq? Uning g‘ussasidan qochib qayoqqa boraman? Ha, qal bida yurt tashvishi bo‘lgan odamgina shunday iztirobga tusha oladi. Fayzullo Xo‘jaev shunday shaxs edi. YOzuvchi uning ruhiy va ma’naviy olamini muhit va tarix, jamiyat ta’sirida inkishof qila boradi. Asqad Muxtor o‘z qahramonini turli vaziyatlarga ro‘para qiladi, turli e’tiqodli kishilar bilan to‘qnashtiradi. SHumilov - allaqachon o‘z intilishlarining oqibatini aniq his qiladigan, yangi qarashdagi odam - suhbatidan keyin Buxoroning yirik shaxslari, agar ta’bir joiz bo‘lsa, ideoloshari — mulla Ahad Shaxsiy a’lam, Shorajab zufunun bilan to‘qnanggiradi. Ular Fayzulloning: “Ruslar-chi, dada, ruslar hozir uni (Buxoroni) jaholat oshyoni deb atamokdalar”, - degan fikriga qarshi bari bir ogizdan uni o‘risparastliqda ayblashadi. Ular bu borada kanchalik kuyib-pishib gapirmasinlar, Fayzullo bunga uncha e’tibor bermaydi. Mazkur kishilarning fikrlariga qarshi gapirmaydi, chunki foydasizligini qalban his qiladi. Lekin javobsiz qoldirmaydi: “Dada... knyaz Antonovskiy degan ham o‘sha shartnomaga binoan Patgakesarda 90 yilg‘a baholab juda katta erlar olganmish, shu to‘g‘rimi?” - deb dadasini savolga tutadi. Bu savol ularning fikriga qarshi berilgan ekanligi kitobxonga yorqin ayon. Fayzullo esa Antonovskiyning o‘g‘li bilan birga o‘qigan edi. U knyazga o‘g‘li haqida xabar berish hamda uning ishlarinii ko‘rish niyatida Patgakesarga keladi. Biz bu voqea tasvirida ham hayotning ziddiyatlariga va turfa xarakterli kishilarga to‘qnash kelamiz. Dastlab Fayzullo bu erda Antonovskiyning otboqari Yarofey Karlovichga duch keladi. Bu hayot ko‘rgan, ko‘p og‘irlikni boshidan kechirgan kishi nafaqat Fayzulloning qalbida iliq taassurot qoldiradi, balki kitobxon shuurida ham qoladi. Bu odsiy insonni biz knyaz Antonovskiy hamda ish yurituvchisi SHulgindan ustun qo‘yamiz. Knyaz Antonovskiy dastlab Fayzulloda, shuningdek, kitobxonda ham yaxshi taassurot koldiradi. Lekin u Shulginning fikriga qo‘shilib, shaxtada ishlayotgan kishilarni suvga bostirib yuborishga rozilik beradi. Asqad Muxtorning obraz yaratishdagi mahorati shundaki, u qahramonining har bir xatti-harakatini mantiqan dalillaydi, psixologiyasidan kelib chiqib harakat qildiradi. Shulgin odamlarni tiriklayin suvga bostirar ekan, qalbida achinish hissi uyg‘onmaydi. Chunki u hayotda faqat yovuzlikdan rohatlanadi, go‘zallikni his qilish uning qalbiga begona. Mana, u yurtining qoloqligini nimada ko‘radi: “Men o‘z xalqimizni ham maqgayotganim yo‘q, janob oliylari, o‘zimiz ham o‘lgudek qoloqmiz. Ha, Parijda bo‘lganmisiz, boyvachcha? Io‘q, men bo‘lganman, men ko‘rganman. Mana, masalan, bizda oddiy dor. Ularda gilotina! -... mahkumning egnida kordek oppoq ko‘ylak, oyog‘ida yangi botinka. Ozoda maydon, xuddi bayramdagidek. Oqqush bo‘yni singari ikki oq ustun, orasida qiyg‘och chalg‘i. Sal nariroqsa ikki bejrim kajava: biri - bosh uchun, biri kaggaroq - gavda uchun. Ularning issiq qon sachratib tipirchilagannini ko‘rmay xdm qolasiz... Bizda-chi? Yo‘nilmagan qaragay ustun, iflos arqon, kirsovun. Tfu! Keyin marxum osilgan holda sasib yotadi. Isqirt murdani angrayib tomosha qilish odati - faqat bizda. Bu gapparni Petr Arkadevichning o‘ziga ham aytganman, ochig‘i. Farqini shu odam ham tushunmadi, rahmatlik! Orqadamiz, knyaz...” Parijdek madaniyatli shaharda Shulginning nazarini mana shu “madaniyat” tortgan. U bu hakda zavqlanib gapiradi. Ruxi shunga mos odamgina mazkur holni qandaydir havas bilan aytishi mumkin. Fayzulloning bu gaplardan ensasi qotadi, ko‘ngliga g‘ashlik cho‘kadi. Sababi Fayzullo tamoman boshqa ruhdagi inson - uning qalbi go‘zal hislar bilan to‘la, odamlarning yomon qismatlariga o‘zini javobgar deb biladi. Bu voqea-hodisalar uning qalbida izsiz qolmaydi. Odamlarni bilishda hali g‘o‘r ekanligini angladi. Bundan u atrofidagi odamlarga ichki bir qoniqmaslik, qandaydir ishonchsizlik bilan boqa boshladi. Lekin atrofidagi odamlarning bemor otasiga o‘ta mehribonligi, Shorajab zufununning hayotiy gaplari unga taskinlik beradi. Yana u ular yaxshi odamlar, ishonsa bo‘ladi, degan ichki nidoga kuloq osadi. Qur’on surasini ko‘pchilik: “Biz falakni faringgalar ila bezadik, toki shaytonlarga hay bermoq niyatida”, - deb sharhpasalar, zufunun: “Osmonni ilm yullduzlari ila bezadik, toki jaholatta tosh bo‘lib otilsinlar”, - deya talqin qiladi. Fayzulloning otasi Ubaydulloxo‘ja o‘limi oldidan o‘g‘liga vasiyat qilar ekan, SHorajab zufununga qarata: “Siz, taqsir, Fayzulloxo‘jaga vasiylik qiling. Norasida ko‘nglini ovlab, roh rostga soling”, - deb iptijo qiladi. Ota nasihati, shuningdek, muftining ba’zi to‘g‘ri fikrlari Fayzulloni uning nasihatlaridan chiqmaslikka, hatto aytish mumkinki, etagini tutishga olib keladi. Biroz vaqg o‘tishi bilan hayot ziddiyatlari, to‘qnashuvlar natijasida Fayzullo din peshvolari uning orzulari yo‘lida kamarbasta bo‘lish uchun emas, balki sarmoyasi uchun atrofida girdikapalak ekanligini teranrok his qiladi. Buni anglash oson kechmaydi. Fayzullo turli “jin ko‘chalar”da adashadi. Dini islomdan og‘iz ochib, imonli bo‘lishga chaqirgan ustozlaridan ko‘rgan oqibati shu bo‘lgach, ko‘proq ma’rifatdan so‘z ochadigan eski do‘stlari - Mullo Ahad va Solijonlarning qilganlari ortiqcha bo‘ladi... Chunki u hayot yo‘nalishiga tomoshabin bo‘lib turolmas, qalbida dardi bor edi. Endi o‘z fikrlarini ochiqchasiga jamoaga etkazishga kirishadi: “Yillar o‘tib ketibdir, ammo hech narsa o‘zgargani yo‘q. O‘sha-o‘sha badbo‘y kushxonayu emakxonalar, mudhish xastaliklar manbai bo‘lmish qurtli obrezu kallapazliklar, hovuzlarda, zovurlarda o‘sha-o‘sha jarsumon ajal-mikroblar yashab, urchib turibdir, har xonadonda bedavo dardga chalingan beva-bechorayu etim-esirlar Xudodan o‘lim tilab yotadir. Toki bu alfozda qolurmiz? O‘zga elu elat qoshinda sha’nimizga isnod tushmasmu? Maxluq yoki hayvon emas, inson zotidirmiz. Majusiy yoki badaviy emasmiz, davlatimiz bor, janoblar!” Albatta, bu fikrlar endi o‘z maqsadi, niyati, dardlarini ochiqcha aytmay, uni qay tarzda amalga oshirish yo‘lini bilmay, kimdan tuzukroq fikr chiqsa, unga e’tiqod qo‘yib yurgan yigitchaning emas, balki hayot qozonida ancha qaynagan, maqsad yo‘lidagi qarashlari bir to‘xtamga kelgan kishining fikridir. Albatta, bunday odam amirlik uchun xavfli edi. Uning bu xattn - harakatlarini Fayzullo do‘st deb bilgan Mullo Ahad va Solijon amirga etkazib turardi. Ular amirning aygoqchilari edi. Mana, hayotiy qahramon adabiy qahramonga, ya’ni badiiy obrazga qay tarzda aylanadi. Bu obraz tufayli biz Fayzullo ruhida yuz bergan iztiroblarni, o‘zgarishlarni qalban guyamiz, shuningdek, o‘sha davr ruhiyatini to‘la tasavvur qilamiz, holatlar ko‘z o‘ngimizda jonlanadi, muhimi qahramonning shuuridagi o‘zgarishning mohiyatini chuqur anglaymiz. Sababi yozuvchi bu holatlarni bayon qilmaydi, balki tasvirlaydi, kartinada ko‘rsatadi. Oqibatda o‘tmish bugungi kunga xizmat qiladi, chunki qahramonlar xatgi-harakatidan, voqealar zaminidan chiqarilgan umumlashmalar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir. Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling