Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi
Download 31.25 Kb.
|
Sahnaviy asarlarda Obraz va obrazlilik
xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko‘rsatiladi: a) “shaxs iroda yo‘nalishini ko‘rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi”1. N.Pogodinning o‘qtiritirishicha, “agar odam burnini qashisa yo qashimasa, sekin yoki tez yursa shu bilan xarakter bula bermaydi, xarakter — shaxs irodasining yuzaga chikishi, xarakatda ifodalanishi”2. Demak, xarakter, eng avvalo, shaxs irodasi, o‘sha irodaning yo‘nalishi, uning yuzaga chiqishi va ifodalanishi bilan belgilanadi (M.Qo‘shjonov).
Shaxsning iroda yo‘nalishi muhitning shaxsga faol munosabati va, aksincha, shaxsning muhitga munosabatidan paydo bo‘ladi; b) xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar: mardlik, qo‘rqoqlik insoflilik, insofsizlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ishyoqmaslik, dangasalik kabilar. Bunday individual ruhiy xususiyatlarsiz xarakterni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Badiiy asarda xarakterni belgilovchi ruhiy xususiyatlar shaxsning individual jihatlarini aniqlashga xizmat qilsada, shaxsning iroda yunalishi uning umumlashmaligini aniqlashga kumak beradi. Xarakter shu darajada mu-kammallik kasb etadiki, natijada u “xuddi hech kanday aloqasiz va qo‘shimchasiz yaxlit bir” ma’dandan yasalganday tuyuladi kishiga. “Uning butun hayoti shunday bir yaxlitlikdan, birlikdan iboratki, bu yaxlitlik va birlik san’at olamida badiiy ijodning yuksak fazilatidir”3. Darhaqiqat xarakterni belgilovchi bu ikkala xususiyat baayni bir medalning ikki tomoniga o‘xshab ketadi. Adabiyotshunos M.Qo‘shjonov o‘z tadqiqotlarida xarakterni belgilovchi bu ikki xususiyatni “Qutlug‘ qon” romanidagi Yo‘lchi obrazi tahlili misolida ibratli qilib isbotlab bergan: haqiqatan ham, Yo‘lchidan mexnatkash xalk; vakillariga xos bo‘lgan umumiy xislatlar ham, uning shaxsiy xislatlarini aniqlaydigan konkret belgilar ham mavjud. Masalan, u — sodda, yuvosh, uyatchan, xushyor, sofdil, mexnatsevar, baquvvat, halol, jasur yigit. Bular uning xulq-atvorini belgilaydigan ruhiy alomatlar. Shuning o‘zi bilangina xarakter paydo bo‘la olmaydi. Yozuvchi Yo‘lchining iroda yo‘nalishini ochishga ham alohida ahamiyat bergan: konkret ijtimoiy muxit ta’sirida vujudga kelgan o‘z-o‘zini anglash xususiyati va shu xususiyat natijasida uning ongida yuz bergan olg‘a intilishlar, isyonkorlik Yo‘lchi xarakterini belgilaydi. Asarda mukammal tasvirlangan obrazlargina xarakter darajasiga ko‘tarila oladi. Xarakter — bu aniq iroda yo‘nalishi va o‘zining individual xususiyatlari bilan boshqalardan keskin ajralib turadigan obraz4. Shuningdek, har qanday xarakter ham adabiy tip bo‘la olmasligi mumkin. Xarakterning eng mukammal shakligina adabiy tip darajasiga ko‘tarilgan bo‘ladi. Tip (yun. typos — iz, nusha, tamg‘a; namuna, obraz) —aniq iroda yo‘nalishi, individual ruhiy xususiyatlari bilan ma’lum bir sinf yohud guruhning muhim xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan shaxslar obrazi (M.Qo‘shjonov). Adabiy tip — muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir sinfi yohud butun bir toifasiga mansub bo‘lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obrazdir. San’at asaridagi mukammal obrazlargina xarakter bo‘lsa, chuqur va har taraflama puxta ishlangan xarakterlargina adabiy tip bo‘la oladi. Otabek va Kumush (“O‘tgan kunlar”), Anvar va Ra’no (“Mexrobdan chayon”), Abulfayzxon (“Abulfayzxon”), Zebi, Akbarali, Miryokub (“Kecha va kunduz”), Alisher Navoiy (“Navoiy”), Muqanna (“Muqaanna”), Mirzo O‘luhbek va Feruza (“Mirzo Ulug‘bek”), Jaloliddin (“Jaloliddin Manguberdi” ), Otaqu zi ( “D i yon at” ), Yuldosh Komilov (“Imon”), Ulug‘bek va Aliqo‘shchi (“O‘lug‘bek hazinasi”), Beruniy va Ibn Sino (“Ko‘hna dunyo”), Bobur (“Yulduzli tunlar”), Akbarshox (“Avlodlar dovoni”), Ochil bobo (“Chinor”), Ahmadjon (“Davr mening taqdirimda), Nazrul Hak, (“Ruhlar isyoni”), Jo‘ra, Saodat, Iskandar (“Istambul fojeasi”), Ibn Sino (“Xakim va ajal”), Temur (“Soxibqiron”) kabi ko‘plab mukammal realistik obrazlar adabiy tiplardir. Adabiy tip — davr hodisasi. A.S.Griboedovning “Aqllilik balosi” komediyasidagi “Famusov, Skalozub, Molchalin, Repetilev singari obrazlarda... butun bir davr tarixiy jihatdan aniq aks ettirilgan, ularning har birida davrning sinfiy va “professional” belgilari ko‘rsatilgan. Ular davr chegarasidan chiqib, bizning kunlarimizgacha yashab kelib, endi xarakter emas, balki, masalan, SHekspirning Falstafi, Molerning Mizantrop hamda Tartyufi singari tip bo‘lib qolganlar”5. Adabiy tipda u mansub bo‘lgan sinfning, ijtimoiy guruhning, xalqning, millatning muayyan davrdagi xarakterli xususiyatlari — “sinfiy belgilar” ifodalanadi. Biroq, faqat “sinfiy belgilar”ning o‘zigina jonli, mukammal obrazni, konkret xarakterni yaratishga etarli imkon bermaydi. Adabiy tip aniq xarakterga, taqdirga, shaxsiy his-to‘yg‘ularga, odat qiladi, portret, did va boshqa individual belgilarga ega bo‘lgan jonli shaxsdir. Masalan, Oybekning “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy, Xusayn Boyqaro, Majididdin va boshqa obrazlarning har birida “sinfiy belgilar” ham, ijtimoiy axloqini belgilaydigan fazilatlar — individual belgilar ham mujassamlashgan. Har bir adabiy tip, ayni chog‘da, xarakter hamdir. Hayotni badiiy tadqiq, etish va aks ettirish adabiyotda xarakter va tiplar yaratish orqali amalga oshadi. 1 2 3 4 5 Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling