Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi
Download 31.25 Kb.
|
Sahnaviy asarlarda Obraz va obrazlilik
Obrazlilik
60-yillarning o‘rtalarigacha adabiyotshunoslik va tanqidchilikda prozada (nasrda) obrazlilik deganda, asosan, asar tili nazarda tutilardi. Asar qahramonlari o‘z nutqlarida epitet, sifatlash, o‘xshatishlarni qanchalik ko‘p qo‘llasa, adib tasvirida jimjimadolik ko‘p bo‘lsa, asarda obrazlilik kuchli, demak, asar badiiy mukammal deb talqin qilinardi. 60-yillarning o‘rtalariga kelib obrazlilikni bu tarzda tushunish to‘g‘ri emasligi aytil ib, obrazlilik darajasi badiiy tafakkurni kishi shuuriga singdirishda uning asosi badiiy nutq imkoniyatlaridan asarda qay darajada foydalanilganligi bilan belgilana boshlandi. Ma’lumki, badiiy nutq insonsiz yuzaga kelmaydi. “Tabiat san’atning doimiy timsolidir, lekin undagi eng oliy predmet esa, albatta, inson hisoblanmog‘i kerak”. (V. G. Belinskiy. Polnoe sobranie sochineniy. T. 10. — S. 100). Demak, qahramonning nutqi asarda kitobxon ongiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘y-fikri, mulohazalari, mushohadalari, shuningdek, emotsionallik orqali ta’sir qilishi lozim. Albatta, har qanday nutq kitobga bu tarzda ta’sir qilmaydi. Mana shu o‘rinda yozuvchining mahorati katga rol o‘ynaydi. Agar biz obrazlilikni faqat epitetli tasvir va nutkdan iborat deb bilsak, unda har kuni radio orqali beriladigan reportajlar, radioocherklar badiiy asarning eng mukammal turi hisoblangan bo‘lardi. Biz paxta terimi paytida radio va gazetalarda “Kema kaptani o‘z kemasining shturvalini yashil dengizga qarab burdi va uning qa’riga qarab suzib ketdi” kabi jumlalarni ko‘p eshitganmiz va ko‘p o‘qiganmiz. Bu jumlada obrazli iboralar ko‘p, deyarli barcha so‘zlar obrazli iboradan tashkil topgan.Lekin buni biz obrazli nutq, obrazli tafakkur mahsuli deya olmaymiz. Chunki bu jumla quruq axborotdan iborat, unda biz qahramonni - kema kapitanining asl qiyofasini, uning maqsad-o‘ylarini, o‘zgalardan ajrab turgan xususiyatlarini sezmaymiz. SHuningdek, bu tasvir zaminida kishi shuuriga ta’sir qiladigan tafakkur mahsuli yo‘q. Undan kishi fikrga berilmaydi, aniq hayot manzarasi paydo bo‘lmaydi. Haqiqiy badiiy nutq obrazlilik, avvalambor, obrazning qanday shaxs ekanligini, saviyasi, qanday toifaga mansubligi, iqtidorinibelgilabberadi, ruhiydunyosi, psixologiyasi bilan oshno qiladi; ikkinchidan, asarda tasvirlangan har bir parcha kitobxonga yuz berayotgan voqelikning manzarasini ko‘z oldiga anik keltirishga imkon beradi, oqibatda kitobxon shu manzarada tasvirlangan voqelikning mag‘zini chaqishga kirishib, asar g‘oyasini mustaqil ravishda anglashga, taxdil etishga kirishadi, uning qimmatini his etadi; uchinchidan,tasvirlanganmanzarani jonlantiradi, davrning ruhini singradi; to‘rtinchidan, nutq mumkin qadar ob’ekgivlashtiriladi, ya’ni adibning voqelikka bo‘lgan sub’ektiv g‘oyaviy-estetik munosabati bevosita anik sezilib turmaydi va hokazo. Umumlantirib aytadigan bo‘lsak, prozadagi obrazlilikni asar garmoniyasidan qidirish lozim, ya’ni asardagi har bir holat, har bir voqea-hodisaning silsilasidan, xarakgerlarning xatgi-harakati, gapirish manerasi, ularning asarda bajargan ishi, qilgan harakati mantikiy asosining uyg‘unligndan, shuningdek, xarakter faoliyati, uning tutgan ishi saviyasi, bilimi, psixologiyasiga mos yoki mos emasligidan qidirish darnor. Proza asari obrazliliqdan boshlanadi. Chunki yozuvchi obrazlilik orqali asar pafosi, kahramon psixopogiyasi. xarakteri, kayfiyati qanaqaligini, eng muhimi, o‘z uslubinn belgilaydi. Abatta, bu barcha yozuvchilarning asarlarpdl kuzatilmaydi, lekin iste’dodli adiblarning asarlarini o‘qiganimizda buni yaqqol sezamiz. Iste’dodli yozuvchi asardagi holatni, qahramonning kayfiyatini bevosita kitobxonga ham ko‘chiradi, ya’ni kitobxonni ham o‘z asari rigmikasi orqali asardagi holat va qahramonning kayfiyatiga tushiradi. Misollarga murojaat kilaylik. Mana, hammamizga tanish ikki asardan olingan parchalar: 1.4264 hijriya, dalv oyining o‘n ettinchisi, qishki kunlarning biri. Quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... Darvozasi sharqi-janubga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki xujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy axdi kunduzgi ish kunlaridan bo‘shab xujralariga qaytganlar, ko‘p xujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonlik: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek” 2. “Vaqg peshindan oqqan edi. Iyul oyining quyoshi hamma yoqni olov seli bilan to‘ldirgan, havo allaqanday oq alanga bilan jimgina yonganday. Keng dala yo‘lida qatnovchilar siyrak: eski kir qalpog‘ini burniga qadar tushirib issiqdan mudragan va horgin orig‘ otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan qaytayotgan chetan aravali dehqon ikki oyogi bilan eshakning qorniga niqgab, mutgasil “xix-xix” bilan halqumini qirgan bir mo‘ysafid uzumchi qatigini pullab, xurmachalarini orqalagan, issiqqa qaramay, goh qush uyasini qidirib daraxtlarga ko‘z tikkan ust boshi kir-chir bolalar... Issiq tobora ortar, “g‘ir” etgan shamol yo‘q, ot-arava ko‘targan chang havoda uzoq vaqg qimirlamay turib qolar, yuzlariga qizg‘in temir uchquni kabi yopishar, nafasni bo‘g‘ar edi”. Birinchi parcha Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan. Agar so‘zlarga diqqat qilinsa, ilk jumlaning‘ o‘zida, ya’ni: “1264 hijriya, dalv oyining o‘n ettinchisi, qishki kunlarning biri. Quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir...” - deyishi bilan kitobxon qandaydir bir kayfiyatga tushadi, yozuvchi so‘z bilan ifodalagan holatni xayolan ko‘z oldiga keltiradi, qulog‘iga “shom azoni” eshitilganday bo‘ladi. Yozuvchining har so‘zi orqali sayr qiladi, “dongdor saroy”ga kiradi, hujralardagi “xoxolab kulishlar”ni aniq his qiladi. Bu nimadan? Bu so‘zning ichki obrazli nutqidan, ya’ni yozuvchi o‘z jumlalari orqali kishi kayfiyatini o‘zgartiradi, uni o‘z olamidan boshqa olamga olib kiradi. Ikkinchi parcha - Oybekning “Qutlug qon” romanidan. Bu parcha jumlalarning aniqligi, tasvirida birorta ortiqcha so‘z yo‘qligi, har bir so‘z holatni aniq ifodalashi, abzatslarning bir-biriga mantiqan boglanishi, gaplarning grammatik jihatdan juda to‘g‘ri qurilishi, avtor so‘z orqali tasvirlagan hayotiy detallarning barchasi bir maqsadga, ya’ni asar bosh qahramonining kimligini kitobxonga aytishga qaratilganligi bilan Abdulla Qodiriy uslubiga o‘xshab ketadi. Albatta, bunday bo‘lishi tabiiy. Bu o‘xshashliklar tashqi obrazlilik jihatidan; ichki obrazlilikbir-biridantamoman farqqiladi. Abdulla Qodiriyda tasvir qorong‘ilikdan boshlanadi: “Quyosh botgan, tevarakdan shom ovozi eshitiladir...” Biz saroyni, hujralarni, ularning ichki tasvirini ham xira chiroq yorugida ko‘ramiz. Albatta, bu qorong‘ulik kigobxon kalbiga xdm ko‘chib, unda kandaadir bir ma’yuslik, gamginlik, biroz hadiksirash kayfiyatini tug‘diradi. Oybekda esa tasvir yoruglikdan boshlanadi: “Vaqt peshindan oqqan. Iyul quyoshi hammayoqni olov seli bilan to‘ldirgan”. Tasvir makoni ham keng: “Keng dala yo‘lidan qatnovchilar siyrak”; undan keyin “horg‘in orig‘ otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan qaytayotgan chetan aravali dehqon”ning holati, “ikki oyog‘i bilan eshakning qorniga niqtab, muttasil “xix-xix” bilan halqumini qirgan mo‘ysafid”ning yurishi, “goh aravaga osilgan, goh qush uyasini qidirib daraxtlarga ko‘z tikkan bolalar”ning o‘zi turli holatga ega. Demak Oybekning obrazli tasviri ko‘p ohangli. Lekin shunga qaramay, bir fonga bo‘ysungan, ya’ni yoruglik foniga. Mana shu yorug‘lik foni tasvirida kishini quvontiradigan voqealar bo‘lmasa-da, unga qandaydir ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Mana shu ko‘tarinkilik uning ichki obrazliligidir. Bu obrazlilik kitobxonga ham ko‘chadi. Kitobxon ham yozuvchi tasvirini ortiqcha hayajonsiz, sokinlik bilan kuzatadi. Bunday ichki obrazlilik tasodifiymikin? Yo‘q. Bu katta maqsad va mantiq bilan qilingan. Mana shu biz keltirgan asarlarning ekspozitsiyasidaularninggoyasiifodalanyapti.Buni anglash uchun asarni sinchiklab kuzatish kerak. Asar voqealarini kuzatganda shu narsa aiiq bo‘ladiki,ekspozitsiyadagi ohang, obrazlilik to asar finaligacha davom etadi. To‘g‘ri, ayrim boblarda ichki obrazlilik o‘zgaradi, lekin baribir ular ham shu bosh ohang orasida sezilmaydi. Asarning finali shu ohang bilan tugaydi. Mana, “O‘tgan kunlar” qanday tugaydi: “Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqdan Qur’on tovushi eshitilar edi. Ikki tup chinor butoqparida qo‘nib o‘tirgan uch-to‘rtta boyqushlar, qabr yoniga tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovotga somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichida og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yoniga tiz cho‘kkan yigitning ko‘z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo‘shilib oqar edi...” “Qutlug‘ qon” esa quyidagicha xotimalanadi: “Ular juda sekin yurishdi. Yo‘lning yarmidan o‘tganda, ufqlarga qon kabi toza, qizil shu’lalar yugurdi. CHiqayotgan quyoshni salomlab, yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi...” Agar mazkur parchalardagi jumlalarga nazar tashlansa, ularning har biri yaxlit mazmunga ega ekanligi seziladi. Albatga, bu kichik parchalar mazkur asarlarning obrazliligini ko‘z oldimizga aniq keltirmaydi. SHuning uchun asarlarni yaxlit holda ko‘z oldimizga keltiraylik va bosh ohangga diqqat qilaylik. Oybek romaniniga arxitekgonikasida qandaydir sokinlik bor, bu sokinlik xarakterlarning harakatida, ayniqsa, Yo‘lchi xatti-harakatida aniq ko‘rinadi. To‘g‘ri, bu sokinlik vaqti-vaqgi bilan tezlashadi, ya’ni Shoqosim xotininiga o‘lishi, Gulnorning o‘g‘irlanishi, ularningjuvozda yashirinishi, Gulnorning o‘limi, Yormatning Salimboyvachani o‘ldirishi holatlarida. Lekin baribir sokin ohaga hukmron. Bu Yo‘lchi harakati bilan bog‘liq. Yo‘lchi butun asar davomida bosiq va sokinlik bilan harakat qiladi. Hatgo qo‘zgolon paytida ham harakatida sokinlik hukmron, hayotdan vidolashayotgan paytda ham “bukchayib, ohistagina erga yiqiladi”. Demak, Oybek o‘z asarini yorqin, keng olam va ko‘lam asosiga quradi, voqealar rivoji, silsilasida dramatiklikdan ko‘ra, me’yor va mo‘tadillik hukmron. Abdulla Qodiriyda tasvir boshqacha, uning asarida sokinlik yo‘q, voqealar silsilasi taraga. Bu hol kishi kayfiyatiga ham ko‘chib, asablarni taragalashtiradi, uni qo‘zg‘aydi. Natijada kishi qalbida kuchli bir to‘lqinlanish yuz beradi. Bu hol asar finaligacha davom etadi. Tug‘ri, bu hssh vaqgi-vaqg‘i bilan bo‘shanggiriladi, lekin kishi qalbi biroz taskin topmasdan turib, uni yanada yangi “tashvishlar”ga ko‘madi, ya’ni asablar oldingisidan ham ko‘proq tarantashadi. Demak, undagi ohang — siqiq, dramatik holatda, ya’ni doimo avj pardada. Shuningdek, Abdulla Qodiriy romanlari syujetini aylanma, murakkab voqealar, kutilmagan tugunlar asosiga quradi. Bu hol butunlay boshqa uslub bo‘lishi bilan birga, obrazli hamdir. Pushkin: “Proza fikrni va yana fikrni talab qiladi”, - deb aytgandi. Albatta, fikr so‘z orqali ifodalanadi. Agar so‘z o‘z ichki qonuniyati asosida yozilmasa, har qanaqa o‘tkir fikr ham ta’sirsiz va nursiz bo‘lib qoladi. Mazkur adiblarning iqtidori shundaki, ular, avvalo, o‘z fikrlarini nihoyatda aniq ifodalab qolmasdan, so‘zlar va jumlalarning ohangdosh tuzilishiga e’tibor berishgan. Bu esa fikrni kuchaytirib, aniq bir nuqtaga urishga olib kelgan. Ular xar bir so‘zga ma’no yuklaydilar va mazkur so‘zning aniq bir holat kasb qilishiga, shuningdek, “zarbdorligiga” e’tibor beradilar. “O‘tgan kunlar”ning boblaridan biri shunday boshlanadi: “Poyabzal bozori va uning burchagidagi hovli...” Mazkur jumlani “Poyabzal bozorining burchagidagi hovli...” deb ham yozish mumkin. Qaytaga so‘z ixchamlashadi. Albatta, Abdulla Qodiriydan boshqa yozuvchi shunday yozgan bo‘lardi. Lekin u jumlani bunday tuzmagan. Buning sirini anglash uchun ikkala jumlani yonma-yon yozib o‘qish kerak.Birinchi jumlada aniq kartina mavjud, ya’ni bozor kartinasi.Biz jumlani o‘qigan zahotimiz ko‘z oldimizga bozor keladi. uni xayolimizda jonlantirganimizdan keyin burchakdagi hovliga nazar tashlaymiz. Ya’ni birinchi jumlada yorqin tasvir bor hamda so‘z kishi fikriga zarb bilan uriladi. Chunki unda ohang mavjud. Ikkinchi jumla esa bu fazilatdan mahrum. Unda ohang yo‘q, shuningdek, mavxumlik majud. Umuman olganda, mazkur adiblarning bir umumiy tomoni bor. Bu ham bo‘lsa jumlalarni soda tuzishida, ko‘proq sodda gapda yozishida va, yuqorida aytganimizdek, har bir so‘zning aniq bir kartina yaratishga e’tibor berishlarida. Undan tashqari, ayrim epizodlarda, xususan personajlar tasvirida, to‘g‘rirog‘i, ularni kitobxonga tanishtirishda, gap-so‘zida xarakterini, psixologiyasini bera bilishda, hatto ayrim epizodlarda, xususan, to‘y epizodida, Kumush bilan Nurining to‘y tasvirida bu hol aniq ko‘rinadi. Lekin ular ichki obrazlilik bilan bir- bnridan keskin farq qiladi. Bir asardagi obrazlilik, yukorida ko‘rib o‘tganimizdek, ayrim uyg‘un tomonlari bo‘lgani bilan bir-biriga o‘xshamaydi. Albatga, bu yozuvchining uslubi bilan bogliq. Ayrim asarlarda obrazlilik avtorning bayoni bilan qaxramonning xatgi- xarakati, voqealar rivojini bog’lovchi tasvirning uygu nligida ko‘rinadi va qahramoning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qiladi. Bu holni biz Abdulla Qahhor hikoyalarida ko‘ramiz. Uning “Maston” nomli hikoyasini olib ko‘raylik. Hikoya keskin boshlanadi. Bu keskinlik hikoya qahramoni Maston xarakgeriga ko‘chadi. Uning harakatlari ham keskin: “Ot munkib ketganda, egarning ustidan dumbaloq oshib gushgan paranjisiz qiz o‘ynoqi kaptardek abjirlik bilan o‘zini o‘ngarib oldi-da, juvonga yordam bergani shoshildi”. Mana shu kesknn tasvir va harakatdagi ohang butun hikoya davomida bo‘shashmaydi. To‘gri, qo‘shimcha voqealarga o‘tganda biroz yumshaydi, lekin bu yumshash voqealarni boglash rolini o‘taydi. Bu bog‘lashdagi tasvir bir yo‘la ikki funksiyani bajaradi: birinchisi - yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartishga, ikkinchisi - kechayotgan voqelikning vaqt va makonini belgilashga xizmat qiladi. Tasviriga e’tibor bering: “oftob tikkada. Ikki yo‘lovchining qisqa soyalari katta-kichik tosh, turli dasht o‘simliklari ustidan egilib- bukilib borar edi. G‘irillab turgan dasht shabadasi badanini kuydirgudek issiq”. Bu tasvir o‘z vazifasini o‘tagach, ohang yana ekspozitsiyadagi holatga qaytadi. “Qolgan narsa qoldi, bo‘lgan ish bo‘ldi.Yana o‘nta Turg‘unoy bilan o‘nta Maston xafa bo‘lgani bilan qolgan narsalar orkamizdan ergashib kelmaydi, Nima bo‘lishimiz - o‘zimizning qo‘limizda”. Bu holat hikoyada ikkinchi, ya’ni oldingi ohanga zid bo‘lgan qo‘shimcha tasvirning yuzaga kelishi bilan tug‘iladn. Mazkur tasvir-voqelik, agar ta’bir joiz bo‘lsa, lirik chekinish oldingi keskin voqelik bilan to‘hnashib, hikoya voqealarini intensiv rivojlantiradi. Bu holat hikoada Maston xarakteriga zid bo‘lgan Turg‘unoy xarakgeri vositasida kechadi. Mana adib tasviridagi Turgunoy va uning keynngi xagga-xarakash: “Otning ostida qolgan oyog‘ini tortib ol ishga urinayotgan yoshgina, uzoq yo‘l azobidan xam s)lshagan ju von o‘zidan bir bir necha kadam nariga tushgan chimmaggi ostidan chiqib ketgan kaltakesakni ko‘rib dod deb yubordi. -Quribketsin!-dediuyig‘lamsirab...-O‘qishing boshingdan ordona qolsin. Maston!.. Qo‘y, ey... erimdan qolmayin!” Agar adib tasviri va xarakterning xatti-harakatiga nazar solinsa, undag‘i uygunlikni sezish qiyin emas.Chunki adib Turg‘unoyni alohida ohang bilan tasvirlaydi. U hikoya voqealari davomida doimo yiglaydi, erini tilga oladi. Bizga ma’lumki, haqiqiy san’ag mazmun bilan shakl uzviy birlashib ketgan joyda tug‘iladi. Buni ko‘proq muzika asarlarida ani1foq ko‘rish mumkin. Muzikaning mazmunini so‘zlab berish mumkin emas. Uni fakag his etish kerak. Chunki uning mazmuni ohangpariga singib ketgan. Royasini o‘sha ohangdan topamiz. Chinakam badiiy asar ham shunday bo‘lmog‘i lozim, ya’ni uning goyasn syujetiga butunlay singib ketmogi darkor. SHunday yozilgan asarlargina o‘qishli bo‘ladi. Biz ko‘pincha asar haqida “bir nafasda o‘qiladi”. “hayajonsiz o‘qib bo‘lmaydi”, “o‘qib tugatmaguningcha qo‘ldan tashlamaysan” degan gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bunday epigetlar g‘oyasi syujetiga singib ketgan asalarga nisbatan ishlatiladi. Chunki bunday asarlarda hayot obrazi san’at obrazliligiga ko‘chganda bo‘ladi. Ma’lumki, xayotiy obrazda sun’iylik bo‘lmaydi, unda hamma narsa tabiiy va qonuniy kechadi. Agar asar voqealari har qanday sun’iylikdan xoli bo‘lsa, u kishiga manzur bo‘ladi. Albatga, bu hol yozuvchining sun’iy usuilar qo‘llanishidan qochishi bilan bog‘likdir. Qayotda hamma narsa harakagda. Harakat bor joyda hayot bor, obrazlilik bor. Badiiy asar voqealari ham harakatda bo‘lmogi, bu harakatda tugiladigan holat, vaziyat mantiqiy ro‘y bermogi, yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan g‘oya, maqsad esa shu voqealar zaminidan kelib chiqmog‘i lozim. Ikkinchi xil qipib aytsak. asarda voqeadan voqea, vaziyatdan vaziyat tug‘ilishi dialektal va qonuniy yuz bermogi darkor... Ana shunday yozilgan asar obrazli bo‘ladi, chunki bunday asarda harakat rivoji bo‘ladi. Obrazililik qaerda rivoshzanshi bo‘lsa, o‘sha erda yuzaga keladi. Obrazlilik o‘zida qarama-qarshilik va to‘siqlar orqali muntazam rivojlanishni aks etgirishni maqsad qilib qo‘yadi; obrazlilik - kurashlar, dialektik idrokning ifodasidir. Demak, g‘oyadan ajralgan, biror maqsadni olg‘a surmagan asarlardan obrazlilik qidirishga hojat yo‘q. Xulosa qilib aytganimizda,badiiy asarda obrazilikning aniq shakli turlichadir. Nasrning obrazliligi faqat asarning emotsional ta’sirini oshirishga xizmat qilmaydi, balki yozuvchining uslubini nihoyatda aniq belgilash imkonini ham beradi. Demak, obrazlilik asarning yuragi va yozuvchi mahoratini belgilaydigan eng muhim badiiy komponentdir. CHunki u komponentlarning sintezidir. Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling