Tekshirdi: Mundareja: Kirish
Download 41.36 Kb.
|
elektron Tijorat Orolova.z
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGIO’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti "Mintaqaviy iqtisodiyot va Menejment" kafedrasi Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi Raqamli axborot va texnologiyalar fanidan “Elektron tijorat” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI Bajardi: Orolova Zebiniso Tekshirdi:Mundareja: Kirish.Asosiy qism: Elektron tijoratning paydo bo’lish tarixi. Elektron tijorat haqida asosiy tushuncha. Elektron tijoratning afzalliklari va kamchiliklari. O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish masalalari. Xulosa.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish«Sharq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!»Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.Yurtimiz «Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi» bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz.Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.Albatta, «raqamli iqtisodiyot»ni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi.Shu bois, «Raqamli iqtisodiyot»ga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida, men yurtimizda 2020 yilga “Ilmma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni, taklif etaman», deydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Darhaqiqat, hozirgi kunimizni tehnologiya, internetsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Biz bu tehnologiyalardan albatta unumli foydalanishimiz kerak. Raqamli iqtisodiyotning bir bo’g’ini hisoblanuvchi elektron tijorat sohasi iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun juda kata imkoniyat hisoblanadi. Chunki bu soha ham vaqtni, ham jismoniy harakatni, ham pulni tejaydi. So'nggi o'n yillikda axborot texnologiyalarining tezkor va keskin o'zgarishlari marketingning yangi tushunchasini vujudga keltirdi, bunda xaridor va sotuvchilar birbirini yuzma- yuz ko'rmaydilar va tovarlarni jismoniy ko'rmaydilar; butun tranzaktsiya "on-layn" aloqasi yordamida amalga oshiriladi. Butun kelishuv kompyuter telekommunikatsiya va tegishli apparatlar bilan aniq ishlash yordamida amalga oshiriladi. Elektron tijorat Internetda tovarlar va xizmatlar to'g'risida ma'lumot mavjud bo'lib, "Bu" elektron vositalar va kompyuterlar va aloqa tarmoqlarida ishlash, vebsaytlar, elektron pochtalar orqali biznes operatsiyalarini va xizmatlarini tasvirlash va bajarish usulidir. Download 41.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling