Tekshirdi: Mundareja: Kirish


Download 41.36 Kb.
bet11/11
Sana17.06.2023
Hajmi41.36 Kb.
#1520936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
elektron Tijorat Orolova.z

O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish masalalari. Jahonda raqamlashtirish jarayoni kechmoqda. Bu termin iqtisodiyotga ham kirib kelgan. Barcha sohalar zamonaviy raqamlashtirishga o'tib boryapti. Ba'zi tarmoqlar allaqachon axborot texnologiyalarining kuchli ta'siriga uchragan bo'lsa, boshqalari bu yo'lning boshida turibdi. O'zbekistondagi raqamli iqtisodiyot rivoji esa oxirgi yillarda sezilarli tarzda jadallashdi. Ayniqsa, uning asosiy qismi hisoblangan elektron tijorat faol rivojlanish yo'lida harakatlanyapti.
Hozir onlayn tijorat har qanday tarmoq vakillari uchun mijoz topishning eng qulay va oson usuli hisoblanadi. Internet do'kon, onlayn savdo kabi tushunchalar turmushimizda anchayin ommalashib ulgurdi. Bir paytlar “o'ta zamonaviylik” belgisi bo'lgan bu kabi savdolar bugun aholi uchun qulay xaridlar, tadbirkorlar uchun esa biznesini rivojlantiruvchi manbalardan biriga aylandi.
Mamlakat iqtisodiyotida elektron tijoratni rivojlantirishning ahamiyati yanada muhim. Yangi O'zbekistonning 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy “drayveri”ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan bo'lib, bunda elektron tijorat asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
Hozir dunyoda elektron tijorat intensiv o'sish bosqichida va u bir necha yil davom etadi. Bu tendentsiya bizni ham chetlab o'tmaydi. Shu bois, mazkur yo'nalish oxirgi yillarda yurtimizda jadal rivojlanayotganiga guvohmiz. Birgina misol, axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat
hajmi 2015—2020-yillar oralig'ida qariyb 3 barobarga ko'paygan va bu ko'rsatkichning YAIMdagi ulushi 2 foizni tashkil etdi.
Albatta, mazkur yo'nalishning huquqiy asoslari ham yaratilgan. O'tgan yili 20- avgust kuni davlatimiz rahbari yurtimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti chog'ida elektron tijorat platformalarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. 2021-yilning 17-noyabrida esa Prezidentning “elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida”gi qarori kuchga kirdi.
Mazkur qarorda elektron tijoratni amalga oshirish tartibini erkinlashtirish va aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va natijada aholini ish bilan ta'minlash maqsadida o'zini o'zi band qiluvchi shaxslarga elektron tijoratni amalga oshirish huquqining berilishi eng katta yangiliklardan biri bo'ldi. Shuningdek, huquqiy hujjatda elektron tijorat bilan shug'ullanadigan barcha subyektlarning aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig'i stavkalari elektron tijoratdan olingan daromad miqdoridan qat'i nazar, pasaytirilgan soliq stavkalari qo'llaniladi.
Internet tarmoqlari tobora rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda elektron tijorat tadbirkor uchun ham, xaridor uchun ham qulay savdo maydoni hisoblanadi. Yurtimiz tahlilchilarining oxirgi ma'lumotlariga ko'ra, 35 milliondan ortiq aholiga ega O'zbekiston Respublikasida internet foydalanuvchilari soni 27,2 milliondan oshgan. Bunda mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan bo'lsa, 54 foiz uy xo'jaliklarida yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan. Bu o'z-o'zidan onlayn savdolar ko'lami kengayishiga yo'l ochmoqda.
Elektron tijorat avvalo, vaqt, transport va mehnat xarajatlarini tejash, istalgan joyda tez va samarali onlayn savdo-sotiq amaliyotini olib borish imkoniyatidir. Boshqa tomondan, elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini yaratadi. Yangi O'zbekistonning hozirgi rivojlanayotgan
taraqqiyotida elektron tijoratni tadbirkorlik faoliyatining eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri sifatida ko'rish mumkin. Soha mutaxassislarining fikricha, respublikada elektron tijoratni rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va resurslar mavjud. Jumladan, aholining komp`yuter savodxonligi darajasining o'sishi, past trafik narxlar bilan yuqori sifatli internetning mamlakat bo'ylab tarqalayotgani va boshqalar.
Aslida ham, elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri global internetdan foydalanish hisoblanadi. Texnik nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi interneti mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirishga tayyor. Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar sonining tezlik bilan o'sishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu internet orqali tijorat aloqalari doirasi sezilarli darajada kengayishiga olib kelyapti.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 17-noyabrdagi “elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari belgilab berilgan. Shu asosda mamlakatimizda elektron tijorat sohasida internet orqali taqdim etiladigan xizmatlar ko'rsatadigan korxona va tashkilotlar soni ortib boryapti. Masalan, 2019-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Surhondaryo viloyatlarida elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar mavjud bo'lmagan. 2020- yildan ushbu hududlarda shunday korxonalar paydo bo'la boshladi. Toshkent shahrida esa o'tgan yili elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni 301 taga etib, 2019-yilga nisbatan 2,3 barobarga oshgani sezilarli o'sish ko'rsatkichidir.
Bugungi kunda yurtimizda electron tijoratni rivojlantirish, uning keng ko’lamligini ta’minlash, bozor iqtisodiyoti tizimini kengaytirish va yaxshilash borasida tubdan islohotlar o’tkazilayotgani barchamizga ayon va bu kabi amallar mamlakatimiz kelajagining poydevori bo’lib xizmat qilishga barchamiz ishonamiz. Shu jumladan shuni ta’kidlab o’tishim kerakki, joriy yilning 30-iyun kuni ushbu
tarmoqni rivojlantirish maqsadida yurtimiz poytaxti hisoblanmish Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi milliy elektron tijorat platformasi – “TradeUZ.com” ning tantanali ishga tushirish marosimi bo’lib o’tdi. Loyiha O‘zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Qayd etilishicha, ushbu platforma O‘zbekistonning kompaniyalari o‘z mahsulotlarini eksport qilishi uchun onlayn ishonchli va muvaffaqiyatli xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Bundan eksportga yetkazib berish geografiyasining kengayishi, hajmlarining o‘sishi va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi kutilmoqda. “TradeUZ.com” milliy electron tijorat platformasiga 3000 ta O’zbekistonlik eksportyorlar, 10000 ta xorijiy xaridorlar, 5000 dan ortiq turli xil tovar va xizmatlar va boshqa narsalar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan. Bu platforma mamlakatimiz uchun electron tijorat tarmog’ini rivojlantirish borasidagi eng ilg’or loyihalardan bo’ldi desak adashmaymiz. “Mazkur loyiha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadam deb e’tirof etildi. Loyiha yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirishga va shu orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi", - dedi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov.

Xulosa


Jahon hamjamiyatining ko'zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo'lgan ehtiyoji katta sur'atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o'sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki erkin axborot oqimining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.


O'zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so'zining ma'nosini tushunishga harakat qilib ko'rgan. Hali o'zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog'liq AQSh bozorlarida yiliga o'rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag'lar aylanadi.
Shuni bemalol ta'kidlash mumkinki, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishi O'zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o'rinlarini yaratadi.
Ikkinchidan, O'zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo'lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.
Uchinchidan, elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytganda electron tijorat tarmog’i har bir mamlakat iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynaydi, shu boisdan uning jadal rivojlanishiga yaxshigina e’tibor qaratmoq lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati





  1. https://lex.uz

  2. https://www.yuz.uz

  3. https://advice.uz

  4. https://fayllar.org

  5. Guljaxon Mhmudova “Raqamli iqtisodiyot va unda elektron tijoratning o’rni”

  6. https://library.samdu.uz

Download 41.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling