Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti


Tashish – ushbu harakat jabrlanuvchini bir joydan boshqa joyga, yoki bir xudud chegarasida ko’chirib qo’ymoq tushuniladi. Topshirish


Download 161.09 Kb.
bet5/16
Sana02.01.2022
Hajmi161.09 Kb.
#202310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Odam savdo (Восстановлен)

Tashish – ushbu harakat jabrlanuvchini bir joydan boshqa joyga, yoki bir xudud chegarasida ko’chirib qo’ymoq tushuniladi.

Topshirish – harakat yoki harakatsizlik bilan, ya’ni, jabrlanuvchi jinoyatchi qo’lida qonuniy yoki g’ayriqonuniy holatda bo’lishi mumkin. Topshirish har qanday muddatga yoki doimiy amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda jinoyatning sub’ekti jabrlanuvchini ekspluatatsiya qilishga topshirgan shaxs hisoblanadi.

Yashirish – ushbu harakat odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yashirishga qaratilgan.

Qabul qilish – ushbu harakat topshirish, qabul qilish, almashish va h. k. natijasida ega bo’lmoq tushuniladi. Ushbu harakatlarning sub’ektiv tomoni jinoyatning ob’ektiv tomoniga kiruvchi to’g’ri qasddan jabrlanuvchini ekspluatatsiya qilish maqsadida ko’rinadi. Jinoyatning sub’ekti jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to’lgan, aqli raso, jismoniy shaxsdir.

Shuningdek, ushbu jinoyat sub’ekti odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish harakatlarini sodir etadi yoki ushbu harakatlarni sodir etishni hohlaydi. Odam savdosi tufayli olinayotgan daromad giyohvandlik vositalari va qurol-yaroq savdosidan keyin uchinchi o’rinni egallamoqda. Mazkur turdagi jinoyat natijasida uning ishtirokchilari har yili ko’plab miqdorda daromad olayotgani sababli ham bu noinsoniy qilmish tobora kengroq ko’lam kasb etyapti. Shahvoniy maqsadlarda bolalarni ekspluatastiya qilish, kishilarni majburiy mehnatga jalb qilish, tilanchilik, donor organlari qora bozorining mavjudligi odam savdosi jinoyatining oqibatlaridir.

Ayrim mamlakatlarda odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosi shunchalik keng tarqalganki, hatto muayyan millatlar genofondiga va milliy xavfsizligiga real xavf tug’dira boshladi. Bunday vaziyatda har qanday mamlakat mazkur jinoiy faoliyatga qarshi kurashning barcha zaruriy choralarini ko’rishi shart. Modomiki, O’zbekistonda ham bu jinoiy to’dalar o’z qilmishlarini amalga oshirmoqdan qaytmayotgan ekan, ularga o’z vaqtida va samarali zarba berish butun jamiyatning muhim vazifasiga aylanmog’i kerak. Yuqorida ta’kidlanganidek, ekspluatastiya qilish maqsadida odamlar savdosi bilan bog’liq muammolar davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan dolzarb, deb hisoblandi.

Mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar fonida, xususan, chegaralarning ochilishi va aholi xalqaro migrastiyasining kuchayishi, shuningdek, iqtisodiyotdagi o’tish davri bilan bog’liq qiyinchiliklar, fuqarolar turmush darajasining pasayishi natijasida kriminogen vaziyatning yomonlashuvi hamda odamlarni shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda ekspluatastiya qilish bilan bog’liq bo’lgan harakatlardan jabrlanganlar sonining o’sishi kuzatila boshladi. Aksariyat hollarda, jabrlanuvchilar respublikadan tashqariga olib chiqilib, chet elda g’ayriqonuniy ravishda ushlab turilgan. Aynan shu sababdan mamlakatimiz qonun

chiqaruvchi organi tomonidan 1994 yilda sobiq ittifoq hududida birinchilar qatorida shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash uchun javobgarlik nazarda tutilgan modda jinoyat qonuniga kiritildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga ko’ra, Jinoyat kodeksimizning 1q5- moddasi «Odam savdosi» deb nomlandi va odam savdosi uchun javobgarlikni belgilovchi jinoiy-huquqiy normalar takomillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 1q5-moddasi dispozitsiyasida odam savdosi jinoyatining tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish»dir. Rustamboev M.X. yozishicha odam savdosi jinoyatining ob’ekti avvalo shaxsning erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning og’irlashtiruvchi yoki alohida og’irlashtiruvchi tarkiblarida jabrlanuvchilarning hayoti yoki sog’lig’i qo’shimcha ob’ekt sifatida namoyon bo’ladi1. Chunonchi, shaxsning huquq va erkinliklari turli huquq sohalarining normalari bilan himoya qilinadi, lekin jinoyat qonunlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo’lib, huquqning bu sohasi ana shu javobgarlikni qo’llash orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi bir qator normalar mavjud.

Demak, odam savdosi jinoyatining ob’ektini shaxsning ozodligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Odam savdosi jinoyatining sodir etilishi natijasida shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish bilan bog’liq jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlar buzilishiga olib keladi. Shaxsga qarshi jinoyatlarning xavflilik darajasi yuqori ekanligi va Konstitustiyamizda shaxsning oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan daxlsiz huquq va erkinliklarini himoya qilish davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanligidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi bo’limida «Shaxsga qarshi jinoyatlar» keltirilgan. Jinoyat kodeksimizning «Shaxsga qarshi jinoyatlar» bo’limida hayotga, sog’liqqa qarshi, hayot yoki sog’liq uchun havfli, jinsiyerkinlikka, oilaga, yoshlarga va ahloqqa, shaxsning ozodligi, sha’ni, qadrqimmatiga, fuqarolarning konstitustiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan bo’lib, bu jinoyatlar jamiyat uchun jiddiy xavf tug’diradi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 6 – bobida shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr - qimmatiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarni nazarda tutadi. Odam savdosi shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi jinoyatlar ichidagi ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo’lgan eng og’ir jinoyatdir.

Mazkur jinoyatning ob’ektiv tomoni quyidagi qilmishlarni sodir etishda ifodalanadi:

1) odamni olish-sotish.

Odamlardan foydalanish maqsadida, ularni:

2) yollash;

q) tashish;

4) topshirish;

5) yashirish;

6) qabul qilish.

Odam savdosi bilan bog’liq yuqorida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etishni kelishish harakatlari mazkur jinoyatga tayyorgarlik ko’rish sifatida kvalifkastiya qilinadi (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-m. 1-q. 1q5- m.).

Odam savdosi jinoyati sodir etilishi turli usullarda sodir etilishi mumkin, ya’ni a) kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish; b) o’g’irlash; v) firibgarlik; g) aldash; d) hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali; e) boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish orqali.


Download 161.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling