Amir Temurni tarix saxnasiga chiqishi


Download 113.5 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2020
Hajmi113.5 Kb.
#99800
1   2   3
Bog'liq
Amir-Temur-davrida-markazlashgan-davlatning-tashkil-topishi

Temurbek Qo`shini zabt etilgan Qal`a, shaxar va viloyatlarni o`zboshimchalik bilan g`orat Qilish xuQuQidan butunlay maxrum edi.

FaQat ommaviy talo-tarojga ruxsat berilganidan so`nggina yurishda ishtirok etayotgan xar bir kishi, xox u nomdor lashkarboshi bo`lsin, xox oddiy askar bo`lsin, bundan Qat`iy nazar teng g`animat olish xuQuQiga ega bo`lar, kimki biror o`ljani birinchi bo`lib Qo`lga kiritsa, o`shanga ega bo`lar edi.

Ko`p xollarda SoxibQiron obod va ko`rkam, madaniyati gurkirab yashnagan, ma`mur shaxar va kentlarni, viloyatlarni g`orat Qilishdan o`zini tiyar, u yerlardagi muborak Qabristonlar, mashoyix va akobirlarni ziyorat Qilar edi.

SoxibQiron janglarda mardlik va Qaxramonlik namunalari ko`rsatgan xar Qanday raQibini xurmat Qilar, jangchilarini undan o`rnak olishga undar edi. Bunga tarix shoxid.

SoxibQiron biror xisor, shaxar yoki viloyatni Qancha vaQt ichida zabt etish mumkinligini oldindan yaxshilab xisoblab chiQar va sarkardalardan belgilangan muddatda xarbiy xarakatlarni nixoyasiga yetkazishni Qat`iy talab Qilar edi.

Nizomuddin Shomiyning «Zafarnoma», /iyosuddin Alining Temurbekning Xindistonga yurishiga bag`ishlangan tarixiy asarida bitilishicha, 1395 yili To`xtamishxonni mag`lub etgan Temurbek SamarQandga Qaytadi va Qish faslini Oxangaronda o`tkazadi. Shaxzoda Pir Muxammadni Mo`g`ulistonga xokim etib tayinlab, chegaraoldi xududlarni mustaxkamlashni, Xitoy va Xo`tanga Qilinajak yurish uchun oziQ-ovQat va yemQxashak jamg`arishni buyuradi. Shu orada unga Xindistonda islomning mavjudligi, biroQ u yerdagi axolining asosiy Qismini majusiylar tashkil Qilishi, musulmon xokimlar budparast ommadan faQat o`lpon yig`ish bilan kifolanayotgani xaQida birin-ketin xabarlar kela boshlaydi. Majusiy QaroQchilarning yovuz niyatlariga chek Qo`yish, mo`minlarni ular o`tkazayotgan zulmdan ozod Qilish, savdogar va sayyoxlarning xavf-xatarsiz kelib-ketishini ta`minlash kabi maQsadlarda Temurbek Xitoy va Xo`tanga Qilinishi lozim bo`lgan yurish o`rniga Xindiston tomon Qo`shin tortadi.

Bu urushni u Muxammad payg`ambar e`tiQodini yoyish, payg`ambar nomini ko`klarga ko`tarish, butparast va kofirlarni Qirib, Xindistonda avj olib ketgan feodal tarQoQlik va o`zaro urushlarga barxam berish bayrog`i ostida olib borgan. SoxibQironning o`zi bu xaQda «Tuzuklar»da shunday yozgan edi: «Qur`oni masjiddan fol ochsam, ushbu ulug` oyat chiQdi: «Ey payg`ambar, kofirlarga va munofiQlarga Qarshi jaxd Qilgil»... So`ngra...iQbolimiz xonasi Xindistonga Qarata Qo`l ko`tarib, zafaru fatx fotixasini o`Qidim». Temur qashQadaryo voxasidan chiQib Termiz orQali yurib avgustda qobulni egalladi. U yerdan Xindiston chegaralari tomon kirib borib tulumbi, Multon, Dipalpur, Sarasti, Fatxobod, Somona va boshQa shaxar va Qal`alarni birin-ketin egallab dekabr oyida Xind daryosidan o`tib Dexliga yetib bordi. Boy va badavlat Dexli shaxrini xam mag`lubiyatga uchratdi. SoxibQiron SamarQandga Qaytib kelgandan so`ng /arbga tomon bo`ladigan yurishlarga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Bu urush asosan Turk sultoni Boyazid Yildirimga Qarshi Qaratilgan edi. Ikki buyuk turk xokimi o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sayin kuchayib bordi.

Bu urushga soxibQiron shoshilmadi. Urushni oldini olishga va tinch xal Qilishga xarakat Qildi, chunki islom ximoyachisi bo`lgan sOxibQiron Boyazidning xristanlar bilan jang Qilganini bilar edi. Lekin bunga Boyazid nazar-pisand Qilmadi, Temurni kamsitdi, xaQoratladi va o`rtada boshlangan urushga xamirturush bo`ldi. qora Quyunli turkman Qabilasining xokimi qora Yusuf 1388-1399 yillarda bir necha marta Temur lashkarlariga Qarshi janglar olib borgan. Unga Axmad Jaloyir ittifoQdosh bo`lgan. qora Yusuf va Jaloyirni Boyazid o`z ximoyasiga oladi va boshpana beradi. Amir Temur Boyazidga o`z elchisi orQali xat yozib, qora Yusufni unga topshirishni talab Qiladi. Boyazid nomani olgach, jaxl bilan SoxibQironni xaQoratlab, xatini so`nggida Quyidagilarni yozgan edi: «...Men bilamanki, bu so`zlar seni xech to`xtatmasdan bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen kelmasang, sening xotinlaring uch taloQ bo`lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu men urush Qilmay Qochsam, mening xotinlarim uzil-kesil uch taloQ bo`lsin». Bu xaQorat va yuQoridagi ayollar xaQidagi so`zlarga Temur juda g`azab bilan Qaraydi, chunki u ayollarni xurmat Qilar va xatto ularni ismlarini atab chaQirmas xam edi. Amir Temurning /arbga yurishi 1399 yilda boshlanib 1404 yilgacha davom etgan. Bu tarixga «yetti yillik urush» nomi bilan kirgan. 1400 yilda turk sultoni o`ziniki xisoblagan Kichik Osiyoning xosildor yerlarida joylashgan ikkita muxim Qal`a Sivoz va Milatiyani bosib oldi. Temur Msir sultonini tor-mor keltirib, uni Qochishga majbur Qildi va DamashQni egallab oldi, so`ng Musulga o`tdi. 1401 yilda u Bag`dod ko`rg`onlarini yakson Qildi. 1402 yilda u yerdan o`tib Gurjilarning isyonini yana bir marta bostirdi.

SoxibQironning bu xarakatlari sulton Boyazidning asablarini batamom ishdan chiQardi. Amir Temur 1402 yil aprel oyida Kuriya daryosini kechib o`tib birin-ketin Tartum, Kemox va qaysariya Qal`a shaxarlarini egallab, Turkiya bilan Suriya va Bag`dod aloQa yo`lini kesib Qo`yadi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid o`rtasidatarixda nom Qoldirgan «AnQara jangi» 1402 yil 28 iyunda boshlandi. Bu jangda Temurning buyuk sarkardalik maxorati, ayniQsa yaQQol ko`rindi. 200 ming kishilik Temur Qo`shinining o`ng Qanotiga o`g`li Mironshox, chap Qanotiga nabiralari Sulton Xusayn va Xalil Sultonlar, kenja o`g`li Shoxrux Qo`mondonlik Qildi. qo`shin markazini Temurning sevimli nabirasi va valiaxdi Muxammad Sulton boshQardi, yana nabiralari Pirmuxammad va Iskandarlar xam bu jangga tayyor turdilar va jang Temurning erkin g`alabasi bilan yakunlandi.

Amir Temur 1404 yil kuzida nabirasi Ulug`bekning to`yini o`tkazish baxonasida o`z davlati Qo`l ostidagi oQillar, viloyat xukmdorlarini, Qo`shin boshliQlarini va boshQa amaldorlarni SamarQandga taklif Qildi va Qurultoy chaQirdi. Unda Xitoyga bo`ladigan yurish muxokama Qilindi. Temur ulug` tug`ni ko`tarib 1405 yil 8 yanvarda 200 ming lashkar bilan Xitoy sari yuzlandi. qish o`sha yili juda QattiQ kelgandi. qishning sovuQligi shu darajada kuchli bo`lgan ekanki, Ali Yazdiyning yozishicha daryo ustidagi muzning Qalinligi 2-3 tirsakka teng bo`lgan. SovuQ zarbidan juda ko`p askarlarning yuz, burunlarini sovuQ urib ketgan, ba`zilari esa xalok bo`lishgan. Ammo soxibQiron to`xtamay yo`lni davom ettirar edi. 1405 yil 14 yanvarda Temur O`tror shaxriga yetib keldi. U shu yerda shamollab kasalga chalindi va uzoQ muddat yotib Qoldi. Uni O`tror xokimi Berdibekning saroyiga yotQizadilar. Kuni yaQinlashganini tushida ko`rgan soxibQiron xamsafar avlod-ajdodlarini, Quroldosh amiru-akrabo va o`z o`rniga Qoldirayotgan voris Pirmuxammad Jaxongirga itoat etishga da`vat etadi va vasiyat Qiladi. Saroyda xozir bo`lganlar nomidan amir Shoxmalik va Shayx Nuriddin ulug` Amirni oxirat yo`liga jo`natish oldidan uning vasiyatlarini bajarish va unga amal Qilishga va`da berganlar. 1405 yil 18 fevral kechQurun buyuk saltanat soxibi Amir Temurning xayotiga yakun yasaldi. Uning jasadini SamarQandga olib kelib, o`z vasiyatnomasiga ko`ra piru ustozi Shayx Said Baraka xokining oyoQ tomoniga dafn etdilar.

Shunday Qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil SamarQand taxtini boshQargan SoxibQiron Amir Temur Ko`ragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri davomida 30 martadan ortiQ xarbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bo`lsada yengilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Xindiston yerlaridan shimolga to Maskov knyazligiga Qadar, sharQda Xitoy xududlaridan g`arbga tomon O`rta Yer dengizi va Misr davlatlari yerlarini xam o`z ichiga olgan xududlarga Qadar cho`zilib ketgan.

Amir Temur Kichik Osiyoda bo`lgan vaQtda /arbiy Yevropaning ancha olis davlatlari: Valua sulolasidan bo`lgan fransuz Qiroli Karl VI (1380-1422) va Angliya Qiroli Genrix IV Lankasterskiy (1399-1413) bilan diplomatik yozishmalar olib bordi.

Temur bilan Karl VI o`rtasida saQlanib Qolgan yozishmalar xarakteriga ko`ra, Karl VI ning takliflari rad etilmagan va fransuz Qirolini Temur jiddiy Qo`llab-Quvvatlagan, de bayta olamiz. Parij milliy kutubxonasida saQlanayotgan ular o`rtasidagi yozishmalar esa AnQara jangidan keyingi davrga taalluQlidir.

Amir Temur nomidan Karl VI ga yozilgan ikki maktub va Qirolning Amir Temurga yo`llagan javob maktubi bizgacha yetib kelgan. Ikki o`rtada xatlarni Arxiyepiskop Ioann yetkazishda muxim rol yo`nagan.

Temurning Karl VI ga yozgan ikki xati 1402 yil 1 avgustda yozilgan, Karl VI ning javobi esa 1403 yil 15 iyunda yozilgan.

Karl VI o`z maktubida AnQara yonida turk Qo`shinlarini yengganligi uchun Temurga minnatdorchilik bildiradi.

Amir Temur davlati va Usmoniylar o`rtasidagi nizo Angliyani xam befarQ Qoldirmagan edi. qirol Genrix IV Lankasterning Temur nomiga yo`llagan maktubi saQlanib Qolgan. Bu maktub xozirda Britaniya muzeyida saQlanadi. Ushbu nomaning asosiy mavzusi savdo aloQalari va anQara jangi mavzusi tashkil etadi.

Maktub mazmunidan bilsa bo`ladiki, ilgari xam Amir Temur va Genrix IV o`rtasida diplomatik munosabatlar bo`lgan. Bu munosabatlarda diplomatik missiyani Franchesko Satru ado etgan.

Maktublarda Temur va Genrix fuQarolari o`rtasida erkin savdo munosabatlarini davom ettirish istagi borligi Qayd Qilib o`tiladi. Bundan tashQarii Genrix IV Temurga umumiy dushman-Boyazid ustidan Qozonilgan g`alaba uchun minnatdorchilik bildiradi.

Temurning Misr sultoni va AnQara g`alabalaridan so`ng Yevropada shuxrati yanada ortdi. Kastiliya Qiroli Genrix III xam Amir Temur davlati bilan diplomatik munosabatlar o`rnatib, u bilan yaQinlashish ishtiyoQida bo`ladi. U 1402 yil anQara jangidan so`ng Temurga birinchi elchilarini yubordi. Bu elchilar Kichik Osiyoda Qabul Qilinadi. Tarkibi Payo de Stomayor va Ernan Sanches Palasuelas ismli elchilardan iborat bu gurux Temurni g`alaba bilan tabriklaydi. Temur xam ispan elchilarini vataniga Qaytara turib, o`zining Muxammad al-Keshiy ismli elchisini ularga Qo`shib jo`natadi. Muxammad al-Keshiy Qirolga Amir Temur maktubini topshiradi.

Ushbu elchilikka javoban Kastiliya Qiroli Genrix III Alfone Santa Mariya Rus Gonzales de Klavixo va Qirolning soQchisi Gomes de Salazar xam bor edi. Klavixo elchilarga boshchilik Qiladi.

Genrix III elchilar jo`natar ekan doimiy maQsadini unutmadi: elchilar xamma yerni kuzatib yurishlari va borgan xamma joylaridagi xalQlar to`g`risida ma`lumotlarni to`plashlari, Qaytib kelganlaridan so`ng bularning xammasini Qirolga xisobot berishlari kerak edi. Klavixo diQQatga sazovor barcha narsalarni yozib bordi.

SoxibQiron markazlashgan davlat tuzib mo`g`ullarni Movarounnaxrdan xaydab chiQargach, Xorazmni xam o`z saltanati tarkibiga kiritishni rejalashtiradi.

Bu paytda Qo`ng`irot urug`iga mansub so`filar sulolasi vakili Xusayn So`fi janubiy Xorazm, Kat va Xiva shaxarlarini bosib oladi.

Sharofuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temur 1372 yil Xorazmga elchi yuborib bosib olingan yerlarni Qaytarilishini so`ragan. Natija bo`lmagach, temur xarbiy xarakatlar boshlagan. Xorazmda so`nggi yurish 1388 yil bo`lgan. Bu safargi urushning sababchisi Oltin O`rda xoni To`xtamishxonning ig`vosiga uchib Temurga Qarshi isyon ko`targan Xorazm xukmdori Sulaymon So`fi bo`ladi.

To`xtamishxon asli kim? U Manng`ishloQ xokimi To`yxo`ja o`g`lonning o`g`li, asli Jo`chi naslidan. To`xtamishxon O`rusxon (Oltin O`rda bilan OQ O`rdani birlashtirishni taklif Qilgan xon) ta`Qibidan Qochib, Temur xuzuriga panox izlab keladi. Temur To`xtamishxonga otasi xunini olish uchun va OQ O`rda taxti uchun kurashda Qurol va Qo`shin bilan yordam beradi. Maxkam Abduraimovni yozishicha, Temur: «…To`xtamishga to`rtinchi marta xam Qo`shin berib, tajribali Qo`mondonlaridan birini unga bosh etib tayinlaydi». Ammo tajribasiz To`xtamish xar safar mag`lubiyatga uchrab Qaytaveradi.

1376 yilda O`rusxon Temurdan To`xtamishni topshirishni talab Qilib elchi yuboradi. Shundan so`ng Temurning o`zi 1379 yil O`rusxonga Qarshi yurish boshlaydi va uni yengadi. To`xtamish OQ O`rda taxtiga o`tiradi.

Taxtni egallagan To`xtamish Oltin O`rda va OQ O`rdani birlashtiradi. Ammo To`xtamish «it Qutursa egasini Qopadi» deganlaridek o`zining xomiysi Temur yerlariga ko`z olaytira boshlaydi.

To`xtamish Temur bilan jang Qilish uchun baxona izlardi. Buni anglagan Temur Shayx Ali Baxodur, Ini Temur, Usmon Abbos va o`g`li Mirzo Mironshox boshchiligida To`xtamishga jo`natadi. Temur o`rtadagi tinchlik axdini buzmaslikka chaQiradi.

Ammo To`xtamish soxibQironning bu oQilona maslaxatiga QuloQ solmay, u Movarounnaxrda yo`Qligidan foydalanib, 1387-1388 yillarda Movarounnaxrga bostirib keladi va Xorazm xokimi Sulaymon So`fini unga Qarshi Qo`zg`olon ko`tarishga ko`ndiradi.

Temur Erondagi yurishini to`xtatib Movarounnaxrga Qaytadi. To`xtamishga yordam berganlarni bir yoQlama Qilgach, endi asosiy e`tiborini To`xtamishga Qaratadi.

Temur 1391 yil 22 yanvar kuni To`xtamishga Qarshi jangga otlanadi. qo`shin O`trorga yetganda To`xtamish elchilari keladi. Ular To`xtamish nomidan kechirim so`rab, uning nomasini Temurga topshiradilar. Ammo Temur siyosiy muzokaralar olib borishni istamaydi.

Temur lashkari 1391 yil 4 iyunda YoyiQ (Ural) daryosidan kechib o`tadilar. Temur va To`xtamish o`rtasidagi jang xozirgi Samara bilan Chastopol o`rtasidagi qunduzcha degan mavzeda bo`ladi.

Uch kunlik jangdan so`ng Temur Qo`shinlari zafar Quchadilar. To`xtamish Qochib ketadi.

Tez orada To`xtamish Temurga Qarshi kuchli Qo`shin tuzadi va Temurga Qarashli Shirvonga bostirib kiradi.

Temur To`xtamishga Qarshi Yana jang boshlaydi. Bu jang 1395 yil 15 aprelda Terek daryosi bo`yida bo`ladi va soxibQironning yorQin g`alabasi bilan tugaydi.

SoxibQiron To`xtamishni ta`Qib Qiladi. Oltin O`rdaning markazi Saroy Berkani egallab uni boyliklarini o`zlashtiradi.

Yozma manbalarda Qayd Qilinishicha, To`xtamishni 1406 yilda Amir EddiQut O`zbek Qo`lga tushirib Qatl etadi.

Temur Xindistondan Qaytib kelgach, g`arbga tomon yurishga tayyorlana boshlaydi. Bu yurish asosan turk sultoni Boyazid Yildirmga Qarshi Qaratilgan edi.

1388-1389 yillarda Armaniston , iroQ va Ozarbayjon sarxadlarida Temur lashkarlariga Qarshi Qora Quyunli turkman Qabilasining boshlig`i qora Yusuf janglar olib borgan. Unga Axmad Jaloir ittifoQdosh bo`lgan. Xar ikkisini Boyazid ximoyasiga olgan va boshpana bergan edi. Temur Boyazidga elchi orQali xat yuborib, qora Yusufni unga topshirishni talab Qiladi.

Ibn Arabshoxning yozishicha, amir Temur nomasini olgach va uni mazmunini anglagach, Boyazid o`rnidan sapchib turib ketgan va SoxibQironni xar xil bo`lmag`ur so`zlar bilan xaQoratlab, unga yozgan xatini so`nggida Quyidagilarni yozadi: «…Men bilamanki, bu so`zlar seni xech to`xtatmasdan bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen (biz tomon) kelmasang, sening xotinlaring uch taloQ bo`lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu, men senga Qarshi urush Qilmay Qochsam, u vaQtda mening xotinlarim uzil-kesil uch taloQ bo`lsin».

Amir Temurning /arbga tomon yurishi 1399 yilda boshlanib, 1404 yilda nixoyasiga yetadi. Bu tarixga «Yetti yillik urush» nomi bilan kirgan.

Temur yurish davomida Kichik Osiyodagi ikkita muxim Qal`a-Sivos va Milatiyani egallaydi. Misr sultoni Farajga Qarashli Suriya (Shom)ni egallaydi.

Amir Temur Boyazid bilan yozishmalar Qilib, uning atrofidagi yerlarni o`ziga Qaratish uchun urushlar olib borib, u bilan bo`ladigan bevosita jangni paysalga soli shva cho`zishdan AniQ maQsadi bor edi. Birinchidan, u Boyazidni ittifoQchilaridan maxrum Qiladi. Ikkinchidan u shu davr mobaynida dushmanning xususiyatlarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini, urush bo`ladigan joyning sharoitlarini o`rgandi.

Amir Temur va Sulton Boyazid o`rtasida tarixda «AnQara jangi» nomi bilan mashxur jang Temurning yorQin g`alabasi bilan tugaydi.

Movarounnaxr taxtini 35 yil davomida boshQargan Amir Temur yuksak diplomat ekanligini xam isbotladi. U diplomatik munosabatlarda xatto g`animlariga xam xurmat, izzatda bo`ldi. Ular bilan mumkin Qadar mojaroni diplomatik tinch yo`l bilan xal Qilishga urindi.

Amir Temur xaQida nimalar deyilishidan Qat`iy nazar, uni favQulodda shaxs, buyuk sarkarda va davlat raxbari bo`lganini barcha sharQshunoslar e`tirof etadilar. Jumladan, fransuz sharQshunosi Jan Pol Ru shunday yozadi: «Temurga teng keladiganlar kam topiladi, temurdan o`tadiganlar esa, topilmasa kerak. Uning nomi Iskandar, Doro, Sezar, Chingizxon, Bonopart bilan yonma-yon turadi. Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir».

SoxibQironning taxt uchun kurash va keyingi davrda davlat raxbari sifatidagi amaliy faoliyati uning davlatni boshQarish san`ati mukammal darajada ekanligini ko`rsatadi. Buning dalili sifatida amirning o`z xayot yo`li tasvirlangan va davlatni boshQarish Qoidalari ifodalangan xamda keyinchalik buyuk davlat xukmdorlari (Shox Jaxon, Muxammad Alixon, Abdulaxadxon va boshQalar)ning muxim Qo`llanmasi bo`lgan “Tuzuklar” bilan Ibn Arabshoxning “Ajoyib al-maQdur fi Tarixi Taymur” (Temur tarixida taQdir ajoyibotlari), Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlarini keltirish mumkin. Ushbu manbalar bilan tanishar ekanmiz, davlatni boshQarish uchun Amir Temurda boy tajriba bo`lganligi va u san`at darajasiga ko`tarilganligini ko`ramiz. Ibn Arabshoxning yozishicha, Temur tamg`asining naQshi “rosti rusti” bo`lib, uning ma`nosi “xaQgo`y bo`lsang, najot topasan” demakdir. Ko`pincha uning majlisida uyatsiz so`zlar, Qon to`kish, asir olish, g`orat Qilish va xaramga xaQorat bo`lmasdi. Bu so`zlarni Temurga adovatda bo`lgan Ibn Arabshoxning o`zi yozgan. SoxibQironning bu boradagi faoliyati xalQimizda adolat g`oyasining yuksaklikka ko`tarilgani bilan bog`liQdir. Davlatda adolat bor ekan, u barQarordir. Amir Temurning “Kuch –adolatda” shiori biz avlodlar barpo etayotgan xuQuQiy demokratik davlatning bosh tamoyilidir.

XalQimizda “Kengashli to`y tarQamas” degan naQl bor. Amir Temur xam davlat boshQaruvi jarayonida mashvaratu maslaxat asosida aQli raso va xushyor kishilar fikri bilan o`rtoQlashgan xolda ish yuritgan. Buni soxibQironning piri Zayniddin Abu Bakr Toybodiy yozgan maktubdan xam ko`rish mumkin: “Abulmansur (zafarmand) Temur, saltanat ishlarida to`rt narsaga amal Qilgin, ya`ni 1) kengash; 2) mashvaratu maslaxat; 3) Qat`iy Qaror, tadbirkorlik va xushyorlik; 4) extiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha Qilgan ishlari va aytgan gaplari noto`g`ri bo`lgan joxil odamga Qiyos Qilish mumkin... Saltanat boshQarishda va tadbirkorlik bilan ish yurgizgin, toki oQibatda nadomat chekib, pushaymon bo`lmagaysan”. Bu maslaxatga amal Qilgan Amir Temur “Tuzuklar”ida shunday yozadi: “Xar vaQt kengashchilar yig`ilib, majlis ochilar, foyda-ziyondan, oldimizdagi ishlarni Qilish-Qilmaslikdan so`z ochib, ulardan fikr so`rar edim”. SoxibQiron o`z siyosatida uzoQni ko`zlab ish tutar, bir ishga kirishmay turib undan Qutulib chiQish yo`llarini mo`ljallab Qo`yar edi. Mashvaratda ishtirok etuvchi kengash egalari so`zda sobit, ishda chidamli bo`lishlariga aloxida etibor bergan. Kengashda xam toza naslli vazirlar fikri bilan o`rtoQlashar edi.

Ibn Arabshox xam Temur Qanchadan-Qancha daxo va xufyona fikru zakovatga ega edi, deb yozadi. Temur Ko`ragon davlat boshQaruvida amal Qilgan Qonun-Qoidalar, qur`on va Chingizxonning yo`l-yo`riQlarini tatbiQ etib, uni bajarishda soxibQironning o`zi ibrat ko`rsatgan. Bu esa xalQ xurmatini oshirgan. Biz Temur davrida xalQning turmushi juda farovon bo`lgan deb ayta olmaymiz. Chunki bexisob jangu jadallar soliQlarni oshishiga sabab bo`lgan. Bosib olingan davlat axolisi xam ko`p zarar ko`rgan. BiroQ adolat shiori ostida olib borilgan urush, Vatandagi moddiy va ma`naviy meroslar nisbati unga Qaraganda yuQoriroQ edi. Chunki xayotda Qarama-Qarshiliklar birligi va kurash Qonuni amal Qiladi.

qo`yida Amir Temurning saltanatni o`z ilkida saQlab turish uchun feodalizm davriga xos bo`lgan, boshQarishda podshoxning Qilishi lozim bo`lgan xatti-xarakatlari o`z aksini topgan:

Tajribamdan sinab bildimki, agar Qay bir podshox shu 12 narsaga ega bo`lmas ekan, saltanatdan bebaxra Qolur:

Birinchidan, o`z so`ziga ega bo`lsin, ishini o`zi bilib Qilsin.

Ikkinchidan, sulton xar narsada adolatpesha bo`lsin, Qoshida insofli, alolatli vazirlar saQlasin, toki podshox zulm Qilgudek bo`lsa, odil vazir uning chorasini topsin.

Uchinchidan, butun mamlakatda buyruQ - farmon berish ishlarida podshoxning o`z ixtiyorida bo`lishi lozim.

To`rtinchidan, podshox o`z Qarorida Qat`iy bo`lsin.

Beshinchidan, podshox xukmi ijro etilishi darkor.

Oltinchidan, podshoxlik ishlarini tamoman boshQaga topshirib Qo`ymasin.

Yettinchidan, saltanat ishlarida xar kimning so`zini eshitsin, xar kimdan fikr olsin.

Sakkizinchidan, saltanat ishlarida, sipoxu raiyatga bog`liQ masalalarda boshQalarning so`z va fe`l-avoriga Qarab amal Qilmasin.

To`QQizinchidan, podshox sipoxu raiyat ko`nglida shunday o`rnashgan bo`lishi kerakki, uning amr-farmoniga xech kim Qarshilik Qilishga jur`at etolmasin.

O`ninchidan, podsho nima Qilsa, o`z erkicha Qilsin, nima desa, so`zida Qat`iy tursin.

O`n birinchidan, saltanatda xukm yurgizishda podshox o`zini yagona bilib, xech kimni o`ziga saltanat sherigi Qilmasin.

O`n ikkinchidan, podshox majlis axlidan ogox va xushyor bo`lsinkim, ular ko`pincha ayb axtarib tashQariga tashiydilar.

Bu tuzukdan ko`rinib turibdiki, davlat boshQaruvida xukmdorning ma`naviyati asosiy o`rin tutadi. Esga oladigan bo`lsak, podshoxning 12 xislati “Ikkinchi muallim” xisoblanuvchi Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shaxri” asarida xam berilgan edi. Demak, soxibQiron SharQda davlatni boshQarish san`atini rivojlantirgan. Ularning ba`zilari xozirgi kunimizda amal Qilayotgan Qonun-Qoidalar ekanligi ko`rinadi. Masalan, yettinchi o`gitni olib Qaraylik: podshox saltanat ishlarida xar kishining so`zini eshitsin, xar kishidan fikr olsin. E`tibor bering, xar kishi - bu xalQ, demakki, xalQ xoxishi birinchi o`rinda turadi. Xukmdor o`z davlatida osoyishtalik bo`lishi uchun xalQ farovon va podshox bilan xamnafas bo`lishiga erishishi lozim. Buning uchun Qo`l ostidagi insonlarini o`ziga yaQin tutish kerak. Amir Temur ochiQ yuzlilik, raxm-shafQat bilan xalQni o`ziga rom Qilgan edi.

Amir Temur davlatining barQarorligi uning diplomatik maxoratiga xam bog`liQ bo`lgan. Ibn Arabshox xam shu narsaga e`tiborini Qaratadi. U yozgan asarning nomi xam shundan dalolat beradi.

Masalaning ikkinchi jixati shundaki, amirning bunday uddaburonligi va boshQalardan saloxiyati ustunligi uning soxibQiron unvoniga ega ekanligiga xam borib taQalmasmikan?

Temur davridagi Movarounnaxr tarixi murakkabligicha Qolgan. U davlat arbobi sifatida bunday jarayonda ustalik bilan olg`a bosgan. U xayoti davomida “Ishon - ammo shubxa Qil” degan Qoidaga asoslanib dushmanlarini yengishga erishgan. Ibn Arabshox yozganidek, Temur xuzuridagi kishining ko`z va yuz ishoralarin xam sezib, gapining chin yoki bo`xton ekanligini tezda bilib olgan. Unda raQiblari va dushmanlarining o`y-fikrlarini seza olish Qobiliyati bor bo`lib, kerakli maxalda kutilmaganda dushmaniga zarba bera olgan. Mamlakatni barQarorligi feodalizm davrida xukmdorning aQliy saloxiyatiga bog`liQ bo`lgan. Sababi esa ayon. Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati undan keyingi O`ta Osiyo xukmdorlariga ibrat bo`lib keldi. Lekin ularga amal Qilmaslik oQibatida Vatanimiz mustamlakaga aylanishi osonlashdi. Temuriylar davrida xam mamlakatning bo`linib ketganligi, yagona podshox bo`lmaganligi va suyurg`ol xamda ota vasiyatiga amal Qilmaslik oQibatida davlat inQiroz sari yuzlandi, Yevropani zir titratgan buyuk saltanat tanazzulga uchradi. Bunda bosh omil xalQ manfaatlari bilan xisoblashmaslik edi.

O`rta Osiyo davlatchiligi tarixida Amir Temur va temuriylar davri aloxida ajralib turadi. Uning asoschisi Temur Ko`ragon esa siyosat bobida davlatni boshQarish borasida o`ziga xos ibrat maktabi yaratgan. Temurning davlatni boshQarish saloxiyatini tarixchilar yuQori baxolaydilar, uni Napoleonning ustoziga tenglashtiradilar. Tarixiy xotiraning vorisiylik xususiyatiga ko`ra, biz buyuk davlat arbobi Amir Temurning Qoldirgan me`rosini o`rganmoQdamiz va zamon va makonda amal Qiluvchi, mos keluvchi tuzuklarini o`zlashtirib, kelajagi buyuk davlatimizni Qurishda foydalanmoQdamiz.







Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling