Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Download 0.61 Mb.
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1533051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid



AMIR YALANGTUSH BAHODIR DAVRIDA SAMARQANDNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. YALANGTUSH BAHODIR FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIKDA
O'RGANILISHI.
1.1 Yalangtush Bahodir faoliyati yurtimiz tadqiqotchilari asarlarida aks etishi.
1.2 Yalangtush Bahodir faoliyati rus tadqiqotchilari tomonidan o'rganilishi.
I bob bo'yicha xulosa.
II BOB. YALANGTUSH BAHODIR MOHIR SARKARDA VA DAVLAT ARBOBI.
2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
2.2 Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi.
II bob bo'yicha xulosa.
III BOB. YALANGTUSH BAHODIRNING SAMARQANDDA AMALGA OSHIRGAN BUNYODKORLIK ISHLARI.
3.1 Sherdor madrasasi.
3.2 Tillakori madrasasi.
III bob bo'yicha xulosa.
UMUMIY XULOSA.
ILOVALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O'rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o'rin egallagan mashhur sarkardalar, yo'lboshchilar va hukmdorlar hayoti va faoliyati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan turli yozma manbalarda saqlanib qolgan. Ana shunday yirik shaxslardan biri Amir Temur vafotidan keyin Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda Samarqand shahri hokimi bo'lgan yurtdoshimiz Yalangtush Baahodir sanaladi. Yalangtush Bahodir Mirzo Ulug'bekdan keyin Samarqandda juda katta memorchilik ishlarini amalga oshiradi. Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari, Xo'ja Ahror Valiy qabristoni oldida Nodir devonbegi madrasasi va ko'plab ko'priklar qurdirgan, Siyob bozorini hozirgi joyiga ku'chirgan va uning yonida karvonsaroy, savdo rastalari qurdirgan shaxsdir.
Bundan tashqari Yalangtush Bahodir davri murakkab siyosiy davr bo'lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu davrda bir tomondan ashtarxoniy hukmdorlar o'zaro taxt talashishar, ikkinchi tomondan esa bundan tashqi dushmanlar foydalanib qolishga urinib, mamalakat hududiga tashqi dushmanlar bostirib kirayotgan edi. Jumladan, bu davrda mamlakat hududiga Hindistkn hukmdori sanalgan boburiy hukmdorlar ( Shohjahon ) va bir necha bor qozoq sultonlari bostirib kirayotgan edi. Yalangtush Bahodir esa yurt tinchligi uchun bor kuch-g'ayrati bilan harakat qilib, diyorimizni ulardan himoya qilayotgan edi. Shunday tarixiy murakkab davr bo'lishiga qaramay, bu davrda Samarqandda ilm-fan yuksak darajada rivojlandi. Bundan tashqari, yurt obodonchiligiga ham alohida e'tibor qaratdi. Yalangtush Bahodir o'z mablag'lari hisobidan vayrona holatga tushib qolgan Samarqanddagi Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida esa Tillakori madrasasini bunyod ettirdi.
Yalangtush Bahodir Samarqand viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand vohasida madaniyat, adabiyot va san'at rivojlangan, ulkan obodonchilik ishlari amalga oshirilgan, yurt hududi chegaralari mustahkamlangan. Shu davrda Xitoy davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar hayotiga xavf solib turgan jung'orlar hujumi hamda qozoq xonlarining bosqinchilik yurishlari Yalangtush Bahodirning say-harakatlari bilan bartaraf etilgan. Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo'shin qozoq xalqini jung'orlar zulmidan saqlab qolgan, Balx viloyati aholisini boburiy hukmdorlardan ozod qilishda ham qatnashgan.
Bugungi kunda tarixiy manbalarda, asosan, Yalangtush Bahodirning obodonchilik ishlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Yalangtush Bahodirning shaxsiyati, siyosiy faoliyati, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rnini o'rganish va jamoatchilikka yetkazish dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Mazkur asar ana shu ehtiyoj natijasida yaratilgan. Bu asarlar tarixiy manbalar asosida Yalangtush Bahodirning hayoti va hukmronligi davrida ilm-fan, san'at va madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari
bilan munosabatiga oid lavhalar qamrab olingan. Asarda tasvirlangan sarkardaning oilasi, faoliyati bilan bog'liq voqealar buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt ravnaqi yo'lidagi xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling