Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Tadqiqotda qo'llanilgan metodikaning tavsifi


Download 0.61 Mb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1533051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid

Tadqiqotda qo'llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya ishida tadqiq etilayotgan masalalarga tarixiy haqiqat va xolislik nuqtai-nazaridan yondashilgan. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tarixiy tadqiqotlar oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqib, mavzuni yoritish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish ko'zda tutilgan. Ilmiy muammoni o'rganish va tahlil qilishda tarixiy-falsafiy uslublardan mavhumlikdan murakkablikka intilish, qiyosiy solishtirma, obyektiv holatni tahlil qilish kabi metodlardan foydalanilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqotda XVII asrda Yalangtush Bahodir davrini o'rganishda qo'llanilgan evolutsion nazariyadan farqli ravishda, yangi va zamonaviy progressiv ketma-ketlik nazariyasi asos qilib olingan.


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. XVII asrda Samarqanddagi Registon maydoni hozirgi qiyofasi shakllantirildi. XVII asrda birinchi yarmida Samarqand hokimi Yalangtush Bahodir vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida, Ulug'bek madrasasining qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida Tillakori madrasa-masjidini o'z mablag'lari hisobidan bunyod ettirdi. Tillakori madrasasiga tilladan ishlov berildi. Samarqanddagi Registon maydoni o'zining rang barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O'rta Osiyo me'morchiligining noyob tarixiy yodgorligi sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb etib kelmoqda. O'zbekistonda mustaqillikka erishilganidan so'ng Yalangtush Bahodir davrini o'rganish borasida amalga oshirilgan natijalarni umumlashgan holda tadqiq qilish, ularning nazariy amaliy ahamiyatini belgilash ilk marotaba amalga oshirildi. Yalangtush Bahodir Samarqandda juda katta obodonlashtirish ishlariga boshchilik qilgan. Ushbu ilmiy ish XVII asrda yashagan Yalangtushbiy Bahodir davri bo'yicha to'planayotgan manbashunoslik bazasini yanada kengaytiradi. Ilmiy ishning natijalaridan Yalangtush Bahodir haqida bahs-munozarada foydalanishlari mumkin. Samarqand hokimi Yalangtushbiy Bahodir haqida turli izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar bu dissertatsiyadan foydalanishlari mumkin.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling