Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Download 0.61 Mb.
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1533051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid

Tadqiqot obyekti va predmeti. O’zbekiston miqyosida Yalangtush Bahodirning siyosiy faoliyatini o’rganish va o’rganish natijasida qo;lga kiritilgan tarixiy manbalar. Xususan, Sherdor va Tillakori madrasalaridagi tasvirlar va mahalliy hamda chet el tadqiqotchilarining asarlari.
Tadqiqot maqsadi. XVII asr Ashtarxoniylar hukmonligi davridagi Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o’rganish va bu davga oid bir qancha muammolarni tahlil qilish, ularning yurtimiz tarixini o’rganishdagi ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari. –Yalangto’sh Bahodirning siyosiy faoliyati haqida mustaqillikdan so’ng amalga oshirilgan tadqiqotlarni ma’lum bir tizimga solish umumlashtirish;
-XVII asrda Buxoro xonligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o’rganishdagi muammolarga xorijlik mutaxassislarning qarashlarini tahlil qilib, bu muammolardan ayrimlarining yechimini topish;
- O’zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalarini ilmiy muomalaga kiritish;
- Sherdor va Tillakori madrasalarini o’rganish asosida ularning memorchilikda O’zbekiston tarixida tutgan o’rnini aniqlash;
- O’zbekistonda xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning ilmiy ahamiyatini aniqlash;
Ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Yalangtushbiy Bahodir hukmronligi davri tarixiy murakkab davr bo'lganligiga qaramay Yalangtushbiy Bahodir o'zining hukmronligi davrida madaniyat, san'at, ilm-fan va adabiyot yuksak darajada rivojlangan. Yalangtush Bahodirning o'zi ilm-fanga alohida e'tibor qaratib homiylik qilgan. Tadqiqot ishining yana bir jihati dissertatsiyada Yalangtushbiy Bahodirning Samarqand shahri obodonchiligi yo'lida olib borgan bir qator ishlari ochib beriladi. Shu jumladan, shaharning Registon maydonida joylashgan Sherdor va Tillakori madrasalarini qurdirib, Registon maydonini hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy shaxs sifatida ulug'lanadi. U katta harbiy yurishlar natijasida uning qo'lida juda katta boylik to'planadi va shu boyliklarni yurt obodonchiligi ishlariga sarflaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling