Amirov nurhayot bank ishi fanidan


Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati


Download 0.73 Mb.
bet3/21
Sana17.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1705601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Bankda davr xarajatlari xisobi

Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati:
Mazmuniga ko‘ra davr xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga bevosita aloqador bo‘lmagan domiy xarajatlar guruhini tashkil qiladi. Moliyaviy davr yakunini ifodalovchi “moliyaviy natijalar” aniqlanguniga qadar buxgalteriya hisobida doimiy harajatlarning davr xarajatlari schotida aks ettirilib borilishi, davr oxirida esa natija foyda yoki zarar bo‘lishidan qat’iy nazar moliyaviy natija hisobidan qoplanishi uning o‘ziga xos hususiyatini anglatadi.
Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllanish bosqichida asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi aniqlanishida markaziy e’tiborda davr xarajatlarining turishi, uning xo‘jalik moliyaviy faoliyatidagi ahamiyatlilik darajasi yuqoriligini ko‘rsatadi. Bu esa tadqiqotlar, izlanishlar olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Davr xarajatlari o‘zining tarkibida xo‘jalikning kelajakdagi faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlarini mujassamlashtirishi, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy natijasini aniqlashda o‘ta muhimligi hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanish birlamchi ahamiyat kasb etishi mavzuning dolzarbliligini yanada oshiradi.
Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Davr xarajatlari hisobi masalalari bo‘yicha xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlari olimlari Nidlz B., Anderson X., Kolduell D. Druri K, Ris Dj., Xorngren Ch., Foster Dj., Entoniy R., Kondrakov N.P., Kravchenko L.I., Pankov V.V., Moiseenko G.I., Sokolov Ya.V., Sheremet A.D. kabilar munosib hissa qo‘shganlar.
Respublikamiz olimlaridan Jo‘rayev N.Yu., Ibragimov A.K., Xasanov B.A., Pardayev A.H., Abdug‘aniyev A.A., Sotvoldiyev A. S., Akramov E.A., Karimov A.A., Rahimov M.Yu., Xolbekov R.O., Ergashev Sh.M va boshqalar ilmiy ishlarida ishlab chiqarish xarajatlari mavzusini keng yoritish bilan birga tarkibida davr xarajatlarining ayrim elementlari qisman yoritilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning ilmiy asarlarida davr xarajatlari hisobi masalalari kompleks tarzda o‘rganilmagan. Balki ma’lum bir qism yoki tarmoq hususiyatlariga bog‘liq tarzda, asosiy maqsad va vazifalarni tashkil qilmagan holdi qisman tadqiq etilgan. Undan tashqari mavzu bilan bog‘liq masalalar yechimining turli hilda talqin qilinishi, munozaralarning mavjudligidan, ularni to‘liq hal etilmaganligidan dalolat beradi. Xarajatlar tarkibidagi davr xarajatlari hisobi mavzusi ilmiy jihatdan bugungi kunga qadar kompleks tarzda o‘rganilmaganligi, uning hususiyatlari to‘liq ochib berilmaganligini ko‘rsatadi. Yuqorida bildirilgan fikrlarlarning barchasi referat mavzusining dolzarbligi va ahamiyatli ekanligini belgilab beradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling