«Ҳамкорбанк» очиқакциядорлик-тижорат банки


Download 209.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.09.2023
Hajmi209.9 Kb.
#1682528
  1   2   3   4   5
Bog'liq
EZGU NIYAT 23 onlayn omonat shartnomasi



“EZGU NIYAT” onlayn omonat oferta shartnomasi 
(Текс Договора оферты на русском языке приведен на страницах 3-4) 
 
Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB (bundan buyon matnda “Bank” deb nomlanadi) hamda 
tizim ishtirokchisi boʻlgan jismoniy shaxs (bundan buyon matnda “Omonatchi” deb nomlanadi) oʻrtasida elektron 
shaklda tuzildi. 
Shartnoma boʻyicha hisobvaraqlardan amalga oshiriladigan amaliyotlar va olinadigan maʼlumotlar 
jismoniy shaxslar uchun “Masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi” (bundan buyon matnda “Tizim” deb 
nomlanadi) orqali amalga oshiriladi. 
1. Shartnomaning predmeti 
1.1. Bank mazkur shartnomaga asosan Omonatchining pul mablagʻini naqd pulsiz shaklda “Onlayn omonat” 
hisobvaragʻiga qabul qilish va shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida hisobvaraqdagi mablagʻni 
qaytarish va unga foiz toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Omonatchi “Onlayn omonat” hisobvaragʻidagi mablagʻini va unga hisoblangan foizlarni Tizim orqali 
naqd pulsiz shaklda tasarruf etadi. 
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari 
2.1. Omonatchining huquqlari 
2.1.1. Tizim orqali oʻzining omonat hisobvaragʻidagi mablagʻlarini erkin tasarruf etish; 
2.1.2. Omonat hisobvaraqlari aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot olish; 
2.1.3. Omonati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”ga asosan ishonchnoma berishi 
yoki vasiyatnoma rasmiylashtirishi mumkin. 
2.1.4. Omonatchi omonat ochilgan sanada omonat shartiga muvofiq omonat summasidan qisman chiqim 
qilishi yoki yangi ochilgan omonatlarni keyingi ish kunidan boshlab toʻliq qaytarib olish mumkin; 
2.2. Bankning huquqlari 
2.2.1. Omonatchi tomonidan shartnomani muddatidan avval bekor qilinganda omonatga hisoblangan va 
toʻlangan foizlarni shartnomada belgilangan miqdorda qayta hisob-kitob qiladi hamda ortiqcha 
toʻlangan summalarni omonat summasidan chegirib qoladi
2.2.2. Bankning ichki tizimiga bogʻliq boʻlmagan sabablar natijasida balansda toʻgʻri shakllanmagan onlayn 
omonatlar uchun hech qanday foiz hisoblanmaydi. Bunday omonatlar balansda toʻgʻri shakllanganidan 
soʻng foiz hisoblanadi; 
2.2.3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlariga asosan Omonatchi hisobvaragʻi xatlanganda, 
Bank tomonidan omonat hisobvaragʻi orqali amaliyot bajarish toʻxtatiladi.
2.3. Omonatchining majburiyatlari 
2.3.1. Masofadan turib “Onlayn omonat” hisobvaragʻi ochish uchun “Hamkorbank” ATB tomonidan 
muomalaga chiqarilgan bank kartasiga ega boʻlishi va Tizimdan roʻyxatdan oʻtishi shart; 
2.3.2. Shartnoma tuzish uchun oʻzining bank kartasida yoki 22616-hisobvaragʻida omonatga kirim qilishni 
rejalashtirilgan mablagʻni shakllantiradi; 
2.3.3. “Onlayn omonat” hisobvaragʻidan amaliyotlarni amalga oshirish davomida har qanday xatoliklar 
yuzaga kelganda zudlik bilan oʻziga yaqin Bank filiallariga yoki “Aloqa markazi”ga habar beradi; 
2.3.4. Tizimga bogʻlanish uchun berilgan Login va Parol ni va PIN kodni boshqa shaxslarga oshkor qilmaydi; 
2.3.5. Login va Parol hamda PIN kodni unutib qoʻyganda qayta tiklash uchun Bank filiallariga yoki “Aloqa 
markazi”ga murojaat qiladi; 
2.3.6. Mobil aloqa yoki internet tarmogʻi orqali bank amaliyotlarini boshqa shaxslar ishtirokisiz yoki 
kuzatuvisiz amalga oshiradi; 
2.3.7. Shartnomaning 3.1-bandi boʻyicha shartnomaning amal qilish muddatini nazorat qilish. 
2.4. Bankning majburiyatlari 
2.4.1. Omonatchining onlayn tarzdagi murojaati bilan omonat hisobvaragʻi ochish; 
2.4.2. Omonatchiga uning pul mablagʻlari omonatga qabul qilinganligi toʻgʻrisida masofaviy xizmat koʻrsatish 
tizimlari orqali elektron tarzda yoki SMS xabar bilan tasdiqlaydi; 
2.4.3. Har kuni 24 soat davomida Omonatchining onlayn tarzdagi topshirigʻiga asosan tegishli bank 
amaliyotlarini bajaradi
2.4.4. Omonatga foizlar mablagʻ bankka kelib tushgan kunning ertasidan boshlab, omonat mablagʻini 
Omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra uning hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi 
kungacha hisoblaydi hamda shartnomada kelishilgan muddatlarda hisoblangan foizlarni omonatchining 
22616-001 hisobvaragʻiga oʻtkazadi; 
2.4.5. Tizimda bankning dam olish kunlari va bayram kunlari ochilgan omonatlarga navbatdagi bank ish 
kunida omonat qoldigʻiga nisbatan omonat ochilgan sanadan keyingi sanalar uchun foiz hisoblaydi. 


2.4.6. Omonatni qaytarish sanasi bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, mablagʻlar keyingi ish kunida 
omonatchining 22616-001 hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda, omonatni saqlash muddatidan keyingi 
omonatni saqlangan kunlari uchun foiz hisoblanmaydi; 
2.4.7. Omonatchining murojaatlarini bank ish kunlarida mijozlarga xizmat koʻrsatish vaqtida qabul qiladi; 
2.4.8. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq Omonatchining omonat hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari boʻyicha 
toʻla hajmda haq toʻlashni kafolatlaydi; 
2.4.9. Bank Omonatchilar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan cheklovlar oʻrnatishga haqli emas
2.4.10. Omonatchining omonat hisobvaragʻidan amaliyotlar bajarish toʻxtatilganligi yoki uning topshirigʻisiz 
omonat hisobvaragʻidan mablagʻlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabarni keyingi ish kunidan 
kechikmagan holda yuboradi. 

Download 209.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling