boshqarishda turli xil yondashuvlar ham bu fanning boshqa fanlar
bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, birinchi
navbatda bozor infratuzilmasi nazariyasi fani iqtisodiy fanlaming
asosi bo‘lgan iqtisodiyot nazariyasi fani bilan chambarchas
bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganishda qo‘llanilgan
uslub va dastaklar aynan va bosqichma-bosqich amal qiladi. Bozor
infratuzilmasi har bir sohaning mavjud bo‘lishi va hayotiylik
davrini belgilab beruvchi quyi tizilmalar yig‘indisi bo‘lib, ular
faoliyatining daromadlilik darajasining ortishi huddi shu sohaning
4 Стаханов В.И. Экономика инфраструктуры общественного производства:
Учеб. пос. Ростов н/Д? 1989, 6-Ь.
5 Шарипов А.Ю. Экономическая сущность инфраструктуры при социализме.
Управление отраслями инфраструктуры в системе региона. Л., 1980, 5-Ь.
И
rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Shunday ekan, boshqa
sohalami o'rganuvchi fanlaming barchasi ham shu sohaning
infratuzilmasini o‘rganuvchi fanning qonun-qoidalarini va amal
qilish mexanizmlarini e’tibordan chetda qoldirmaydi. Shuningdek,
bozor infratuzilmasi barcha tarmoq va sohalar o ‘rtasidagi
savdo aloqalarini, ular o'rtasidagi oldi-berdi munosabatlarini
shakllantiruvchi muassasalar majmui bo‘lganligi uchun xo'jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan har bir tuzilgan shartnoma
ma’lum bir bozor infratuzilmasining quyi tizilmalari xizmatidan
foydalanadi.
Bozor infratuzilmasi barcha sohalar siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, xizmatlar va davlat korxonalarining mazmun-mohiyatini
o‘rganishdagi qonun-qoidalarini o'rganishda foydalanidagan fan
Do'stlaringiz bilan baham: |