Mamlakatimizda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishida bozor infratuzilmasining roliga katta ahamiyat
qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimovning ikkinchi
chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining birinchi
sessiyasida so‘zlagan nutqida mazkur sohani rivojlantirish
borasida alohida to ‘xtalib: “Bozor infratuzilmasiga xos barcha
muassasalaming rivojlanishi ustuvor ahamiyat kasb etmog‘i zarur.
Bunda biznes xizmati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
konsalting,
marketing, injiniring, lizing, sug'urta tizimlari va boshqa tuzilmalar
faoliyatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi7”, deb ko'rsatib
o'tishi ham mazkur jarayonning naqadar ahamiyatli ekanini e’tirof
etadi. Shu bilan birga, Prezidentimiz l.Karimov 2009-yilning
asosiy yakunlari va 2010-yilning eng muhim ustuvor vazifalariga
bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida “Inqirozga qarshi
choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalami jalb etish,
aw alo, ichkimanbalami safarbaretishhisobidan iqtisodiyotimizning
muhim tarmoqlarini
jadal modemizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada
rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal
qiluvchi ustuvor yo'nalishga aylandi8” deb ta’kidladilar.
Bozor infratuzilmasi mahsulot (xizmat)
ishlab chiqaruvchisi
va iste’molchini yagona bozor makonida bog'lovchi, ishlab
chiqarish miqyosi va iste’mol o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf
etuvchi, uning barcha ishtirokchilariga qo'yilgan
maqsadlariga
erishishni ta’minlovchi muassasalar va vositachilik tuzilmalari
tizimini namoyon etadi. Bozor infratuzilmasining mohiyatini
namoyon
etuvchi uning maqsadi, asosiy vazifa va tamoyillarini
Do'stlaringiz bilan baham: