yarmarka ochilishidan 15 kun ilgari yarmarkada qatnashish
uchun o‘zlari va rekvizitlari haqidagi zarur, batafsil ma’lumotlar
ko‘rsatilgan ariza berishlari va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun badal
to‘lashlari kerak bo‘ladi. Arizada ishtirokchilaming talablari, ya’ni
zarur pavilonlar soni, qancha mahsulot namoyish etishlari haqida
ham zarur ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Yarmarka o'tkazishdagi asosiy daromad manbayi boMib,
yarmarka qatnashchilarining badallari, omborlar, transport vositalari
va ekspozitsiyalar ijarasi to‘lovlari, ko‘rsatiladigan boshqa xizmat
turlari uchun (texnik-informatsiya xizmati, transport-ekspeditsiya
ishlari, ortish-tushirish va boshqa tijorat tavsifidagi ishlar uchun)
toMovlar boMishi ko‘zda tutiladi.
55
Yarmarkalar
ichida
Savdo-sanoat
yarmarkasi
o‘ziga
xos xususiyatlari bilan boshqa yarmarkalardan ajralib turadi.
Savdo-sanoat yarmarkalarida
tovar ishlab chiqaruvchi sanoat
korxonalari takliflari benihoya kengligi va qatnashchilar sonining
cheklanmaganligi bilan ko‘proq ko‘rgazmaga o‘xshab ketadi.
Bunda ma’lum vaqtda notijorat tashkilotlari va boshqa barcha
fuqarolarning ham ko‘rgazmaga bemalol kiritilishi yarmarka
tavsifini va shartlarini o‘zgartirmaydi.
Yarmarka tugagandan keyingi uning salbiy va ijobiy
tomonlarmi aks ettirib xulosalar chiqarish ishlarini tashkil etish
juda muhim, mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Chunki aynan
mana shu yarmarkalar o‘tkazishdagi oxirigi bosqich ishlari kelgusi
yarmarkalar o‘tkazish strategiyasini belgilash uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |