Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Fransiya va
boshqa davlatlarda savdo uylarining mamlakat eksport siyosatini va
iqtisodiyotidagi katta ahamiyatini hisobga olib, maxsus qonunchilik
aktlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Ularda savdo uylari
faoliyati muvofiqlashtirilib, ma’lum ustunlik va imtiyozlar ko'zda
tutilgan. Rossiya qonunchiligida savdo uyi degan tushuncha yo'q.
Ixtisoslashgan savdo uylari jahon bozoridagi kuchli
raqobat, ichki bozordagi talab to'lovlarining cheklanganligi va
59
narxlar erkinligi sharoitida texnik murakkab mahsulotlarni sotish
qiyinchiliklariga javob harakati mahsulidir.
Savdo operatsiyalari - tovar sotish va yetkazib berish,
jumladan, bevosita o‘z omborlaridan yuk tashish va h.k.
Moliyaviy operatsiyalar - tijorat, kredit, qarzlar berish,
innovatsiya qilish, lizing, qo'shma korxonalar tuzish kafolatlari
berish va h.k.
Axborot xizmati - bozomi tadqiq etish, axborot yig‘ish, tahlil
etish va berish.
Universal savdo uylari o‘z mazmuniga ko‘ra savdo uylari
bo'lib, o‘zlari mustaqil mahsulot ishlab chiqarmaydilar. Ular
faqat tovar sotadilar. Universal savdo uylari moliya tashkiloti
funksiyasini bajaradi, lekin, bu bank emas, axborot bilan ishlasa-
da, lekin axborot agentligi emas, ya’ni uning savdo faoliyatini
moliyaviy axborot sohasidagi faoliyatlar bilan to‘ldiradilar.
Harakat ko‘lami bo'yicha savdo uylari mintaqaviy, mahalliy,
umummanfaatli va munitsipial, ya’ni biror boshqarish tashkiloti
yoki hudud tassarufida boMishi mumkin.
Savdo shakli bo'yicha savdo uylari ulgurji, mayda ulgurji
va chakana, komission, muqobil, konsegnatsiya savdo qiluvchi va
Do'stlaringiz bilan baham: |