etuvchi ustuvor vazifalar qatorida “Bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror
va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti
5
boigan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”1
bo‘lgan ustuvor yo‘nalishni alohida ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga
2008-yildan buyon o‘zini ko‘rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqrozi va uning oldini olishga qaratilgan, 0 ‘zbekistonda
amaliy dastur sifatida foydalanilayotgan Prezidentimiz I.Karimov
tomonidan batafsil yoritilgan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi,
0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoilari va choralari”
nomli asarida ham “Mamlakatimizni modemizatsiyalash va aholi
bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e ’tibor
qaratish lozim”2 deb ta’kidladilar.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan, ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga
asoslanuvchi demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan
mamlakatimiz oldida bu maqsadlarga erishish yo‘llarini bosib
o‘tish, ular taqozo etuvchi chora-tadbirlami amalga oshirish vazifasi
turadi. Shu o ‘rinda, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizim
amal qilgan chog‘da inkor etilgan, jamiyat a’zolari farovonligining
yuksak darajasiga erishishda “halal beruvchi”, “yot unsur” sifatida
qarab kelingan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga qaytadan nazar
tashlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘mini obyektiv
jihatdan baholash zaruriyati vuj udga keldi. Bunday tushunchalardan
biri - bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti yuksak
Do'stlaringiz bilan baham: |