banklari, lombard, lizing muassasalari, faktoring va boshqalar.
Kredit tizimining yetakchi bo‘gMni boMib tijorat banklari
maydonga tushadi.
Tijorat banklari
- depozit shaklidagi pul
kapitallari va jamg'armalar hisobiga barcha tarmoq korxonalari
uchun universal bank harakatlarini amalga oshiruvchi kredit
muassasasidir. Ular asosan pay yoki aksiyadorlik asosida tashkil
etilib, quyidagi turlari bo‘yicha farqlanadi: nizom kapitalini
shakllantirish usuliga ko‘ra (davlat, xorijiy kapital ishtirokidagi
tijorat banklari va h.k.); ixtisoslashuv yo‘nalishiga ko‘ra (masalan,
agrobank, ipoteka banki va b.); faoliyat hududiga ko‘ra; amalga
67
oshiruvchi operatsiya turlariga ko‘ra va boshqalar.
Ixtisoslashgan tijorat banklari
- iqtisodiyotning turli
sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining
muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan, Sanoat-qurilish banki
- sanoat, transport, aloqa va moddiy-texnika ta’minoti sohalarida;
“Qishloq qurilish”, “Agrobank”lar - agrosanoat kompleksi
tarmoqlari va sohalarida, “Mikrokreditbank” - kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat
faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo‘yicha
investitsion va ipoteka banklami ajratib ko‘rsatish lozim.
Investitsion banklar -
maxsus kredit muassasalari bo‘lib,
obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish
yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ulami
mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |