Mijozlaming qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish uchun
brokerga berilgan pul mablag'Iari, shuningdek, broker tomonidan
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan
bitimlardan olingan pul mablag'Iari broker tomonidan bankda
ochiladigan alohida bank hisob raqam(lar)ida (maxsus brokerlik
hisob raqamida) saqlanishi kerak.
Agar brokerlik xizmati ko'rsatish shartnomasida ko'zda
tutilgan bo'lsa, broker mijozga uning pul mablag'Iari hisobiga
topshiriqlami bajarish yoki mijoz talabiga ko'ra ularni qaytarib
berishni kafolatlagan holda, maxsus brokerlik hisob(lar)idagi
mijozlaming pul mablag'laridan o'z manfaatlari uchun foydalanish
huquqiga ega.
Brokerga o'z manfaatlari yo'lida foydalanish huquqini
bergan mijozlaming pul mablag'Iari, unga o'z manfaatlari yo'lida
foydalanish huquqini bermagan mijozlaming pul mablag'Iari
saqlanadigan maxsus brokerlik hisob raqam(lar)idan boshqa
maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida saqlanishi kerak.
Broker o'zining shaxsiy pul mablag'larini maxsus brokerlik
hisob raqam (lar)iga o'tkazish huquqiga ega emas, qonunda
belgilangan tartibda mijozga qaytarib berish va/yoki unga qarz
berish hollari bundan mustasno.
72
Broker maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan har
bir mijozning pul mablag‘larining hisobini yuritishga va mijozga
hisobot berishga, shuningdek, topshirig‘i bo‘yicha aksiyasiga
egalik qilayotgan shaxs bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq va
uning topshirig‘i bilan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar
va bitimlami amalga oshirishga majbur.
Maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan mijozlaming
Do'stlaringiz bilan baham: |