- investitsiya maslahatchisi faoliyati;
- investitsiya fondi faoliyati;
- boshqaruvchi kompaniya faoliyati;
- investitsiya
fondlarining
investitsiyaviy
aktivlarini
boshqarish bo'yicha faoliyat;
- depozitariy faoliyati;
- hisob-kliring palatasi (tashkiloti) faoliyati;
- transfer-agent faoliyati (litsenziyalanmaydi);
- qimmatli qog'ozlar bo‘yicha birjadan tashqari savdolar
tashkilotchisi faoliyati.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq
professional faoliyatning boshqa turlari ham amalga oshirilishi
mumkin, masalan, nominal saqlovchi (depozitariy bajaradi).
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga
oshiruvchi investitsiya fondi faqat ochiq aksiyadorlik jamiyati
shaklida tuziladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga
oshiruvchi yuridik shaxslarni tuzish, faoliyat ko‘rsatish va tugatish
71
tartibi, ushbu qonunning qoidalari hisobga olingan holda, qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Keltirilgan faoliyat turlariga qisqacha tavsif beriladigan
bo‘lsa, qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya vositachisi
faoliyatiga brokerlik va dilerlik faoliyatlari kiradi.
Topshiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud
bitimlar tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib,
vakolatli shaxs yoki vositachi sifatida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan
fuqarolik-huquqiy bitimlami amalga oshirish brokerlik faoliyati
hisoblanadi.
Brokerlik faoliyatida operatsiyalar asosan mijoz nomidan
(topshirig‘iga binoan) va mijoz hisobidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |