amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini va uning ishtirokchilarini tahlil
etish va istiqbolini aniqlash, moliyaviy vositalami (moliyaviy
majburiyatlarni) ekspertiza qilish, ishlab chiqish va tavsiya etish
bo‘yicha xizmatlar ko'rsatish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish,
ulami joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislami qayta
tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya
siyosatini amalga oshirishlari xususida maslahatlar berish
sohasidagi xizmatlar qimmatli qog‘ozlar bozorida
investitsiya
maslahatchisining faoliyati,
deb e’tirof etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi
faoliyati bilan shug'ullanuvchi qimmatli qog'ozlar bozorining
professional ishtirokchisi investitsiya maslahatchisi deb nomlanadi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslahatchisi boMishi
mumkin.
Investitsiya maslahatchisi mijozga muayyan qimmatli
qog'ozlarni sotib olish yoki sotish bo'yicha tavsiyalar taqdim
etish, shuningdek, mijozga investitsiya qarorini o'zi mustaqil qabul
qilishi uchun zarur axborotni taqdim etish huquqiga ega.
Maslahat xizmatlari ko'rsatilganida, bajarilgan ishlar
dalolatnomasida muvofiq yozuvlar ko'rsatiladi, mijozga taqdim
etilgan hujjatlaming nusxalari esa investitsiya maslahatchisida
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Investorlaming pul mablagMarini ishga solish maqsadida
aksiyalar sotib oladigan va chiqaradigan hamda mablagMami
fond nomidan qimmatli qog'ozlarga, mas’uliyati cheklangan
jamiyatlar ulushlariga, banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga
qo'yadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.
Investitsiya fondlarining mablagMami bunday qo'yish
Do'stlaringiz bilan baham: |