sifat ko'rsatkichlariga moslashtirish.
Moliya tizimi
— moliyaviy munosabatlar
va turli darajada
ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliya-bank tizimi
- tarixan shakllangan va belgilangan
qonun-qoidalar asosida faoliyati yurituvchi mamlakatdagi moliya-
kredit muassasalari majmuyidir.
Moliyaviy «ko‘piklar»
- real qiymatga ega bo'lmagan pul
va obligatsiyalar hajmining ko'payishi.
Moliyaviy institutlar-
belgilangan qonun-qoidalar doirasida
faoliyat yurituvchi mamlakatdagi moliya-kredit tashkilotlari.
Moliyaviy manbalar
- iqtisodiyotning turli darajasidagi
chora-tadbirlami amalga oshirish uchun taqozo etiluvchi moliyaviy
m ablag‘laming kelib chiqish manbalari. Masalan, moliyaviy
manbalar aholi
va korxonalaming manbalari, davlat byudjeti
mablag'Iari, qarzga olingan mablag'lar, xorijiy investorlaming
mablag'Iari va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
Preferensiya
- iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish
va tartibga solishda
ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab
chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz,
afzallik va
ustuvorliklar.
Protektsionizm
- davlatning xorij raqobatidan ichki bozomi
himoya qilish siyosati, mamalakatga olib
kelinayotgan tovarlarga
yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlami olib kelish cheklanadi
yoki umuman taqiqlanadi.
Pudrat
- shartnoma yoki xo'jalik yuritishning bir turi. Bir
tomonning ikkinchi tomon talabiga ko'ra belgilangan ishni bajarishi
to'g'risidagi shartnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: