belgilab beruvchi bir qator atamalardan quyidagilar qo'llaniladi:
62
-erkin tadbirkorlik hududlari;
—erkin savdo hududlari;
-eksport-ishlab chiqarish hududlari;
—mintaqalardagi ishlab chiqarish hududlari;
—erkin bandargohlar;
-erkin bank hududlari.
Biznes-maktab —
tadbirkorlami, kichik biznes korxonalari
rahbar va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshiruvchi o‘quv muassasasi. Biznes-maktab odatda
qisqa muddatli seminarlami olib boruvchi nodavlat ta’lim
muassasasi bo'lib, ko'pincha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va
boshqa tuzilmalar negizida tashkil etiladi.
Biznes-inkubator
- o‘z hududiga maxsus tanlab olingan
kichik biznes korxonalarini joylashtirib, ularga turli xizmatlar
ko'rsatuvchi tuzilma. Ko'pincha mazkur xizmatlar tarkibiga
band qilingan maydonlar va ijara haqi, idora xizmati va
foydalanish davomida haqi to‘lab boriluvchi asbob-uskunalar
bilan ta’minlash, biznes, buxgalteriya hisobi, marketing hamda
texnikaviy ishlanmalar masalalari bo'yicha malakali mutaxassis
maslahatlari, moliyalashtirish masalalari bo'yicha yordam, tashqi
korxonalar va texnik maslahatchilar bilan yo'lga qo'yilgan aloqa,
boshqa kompaniyalar bilan aloqa o'rnatish borasida ko'rsatiluvchi
yordamlar kiritiladi.
Biznes-markaz -
mehmonxonalarda, savdo markazlarida
tadbirkorlar va boshqa bozor subyektlariga xizmatlar ko'rsatish
maqsadida tashkil etilgan muassasa. Bu yerda ofis xizmatlari
ko'rsatadilar, so'zlashuvlar uchun binolar, aloqa, kompyuter va ofis
texnika vositalari bilan ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |