haq to'lash mazkur mutaxassislami o'z firmasida yollab ishlatishga
qaraganda qulay va arzon tushadi. Shuningdek, konsalting kom-
paniyalarining asosiy vazifalari quyidagilami ham o'z ichiga oladi:
-tadbirkorlik tashabbuslarini
amalga oshirish uchun
hamkorlar tanlash;
-maslahat beruvchi tashkilotlaming taraqqiy topishiga va
xorijiy investitsiyalami jalb etishga ko'maklashish;
-yagona axborot-so'rovnoma fondini yaratish va yagona
reklama strategiyasini amalga oshirish yo'li bilan ulaming a’zolari
faoliyatini umumiy maqsadlar yo'lida jamlash va hokazo.
Auditorlik kompaniyasi—
bu turli yo'nalishdagi firmalaming
bozor va biznes sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi
moliya-xo'jalik faoliyatini yalpi taftishi bilan shug'ullanuvchi
muassasa. Auditorlik tekshiruvi boshqaruv idoralari, ta’sischilar,
menejerlar, firma rahbariyatining tashabbusi bo'yicha o'tkaziluvchi
mustaqil ekspertiza tavsifiga ega. Auditorlik ekspertizasi — qo'shma
korxonalar tashkil etish, litsenziya olish, tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan shug'ullanishga ruxsat olish uchun majburiy shart hisoblanadi.
Mashhur auditorlik kompaniyalari tomonidan berilgan bahoning
obyektivligi tashqi bozorda tashrif qog'ozi bo'lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida
erkin
iqtisodiy hududlar
katta ahamiyat kasb etadi. Birinchi erkin
iqtisodiy hudud 1959- yili Irlandiyada tashkil topgan. 70-yillarda
erkin iqtisodiy hududlarning eng rivojlangan davri bo'ldi. Mazkur
hududlarda bandlik sur’ati keyingi 20 yil davomida yiliga 20%
dan ortiq bo'ldi. Hozirda «erkin iqtisodiy hududlar» tushunchasini
Do'stlaringiz bilan baham: |