pul mablag‘lari brokerning majburiyatlari yuzasidan undirilishi
mumkin emas.
Muayyan qimmatli qog‘ozlami sotib olish va/yoki sotish
narxlarini oshkora e’lon qilish hamda ushbu qimmatli qog'ozlarni
e ’lon qilingan narxlari bo‘yicha sotib olish va/yoki sotish
majburiyatini olish yo‘li bilan o‘z nomidan va o‘z hisobidan
qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik
faoliyati hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dilerlik
faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli qog'ozlar bozorining
professional qatnashchisi diler deb nomlanadi.
Narxlardan tashqari diler qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdi
shartnomasiga boshqa muhim shartlami ma’lum qilish huquqiga
ega: olinayotgan/sotilayotgan qimmatli qog'ozlaming minimal
yoki maksimal miqdori, shuningdek, e’lon qilingan narxlar amal
qiladigan muddat. E’londa boshqa muhim shartlar ko'rsatilmasa,
diler o'z mijozi taklif qilgan muhim shartlar bo'yicha shartnoma
tuzishga majbur. Diler shartnoma tuzishdan bosh tortishi hollarida,
uni shunday shartnoma tuzishga majbur qilish va/yoki mijozga
yetkazilgan zararlarni qoplatish to'g'risida da’vo qo'zg'atilishi
mumkin.
Investitsiya vositachisi о 'zining harakatlari yoki harakatsizligi
tufayli mijozlariga yetkazilgan zararni qoplashi shart.
Investitsiya vositachisining korxonalari va tashkilotlarini
yagona davlat reestridan chiqarish faqat uning mijozlariga ajratilgan
pul mablag'Iari va qimmatli qog'ozlarni qaytarish bilan bog'liq
taomillar bajarilganidan so'ng qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
73
solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |