Hisob-kliring
palatalari
(tashkilotlari)ning
mijozlari
mablag‘lariga
hisob-kliring
palatalari
(tashkilotlari)ning
majburiyatlari yuzasidan undiruv qaratilishi mumkin emas.
Transfer-agentning faoliyati
deganda, qimmatli qog‘ozlarga
bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul
qilish, qayta ishlash va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko‘rsatish
tushuniladi.
Qimmatli qog'ozlar bozorining transfer agent faoliyatini
amalga oshiruvchi professional qatnashchisi
transfer-agent
deb
nomlanadi.
Emitentbilano‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilami
amalga oshiradi:
- emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan
muddatda reestr shakllantirish uchun markaziy registratorga so‘rov
yuborish;
- markaziy registratordan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qimmatli qog‘ozlar egalari reestrini qabul qilish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli
qog'ozlar reestrini yetkazish va berish.
Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan
qimmatli qog'ozlar egalari reestri va boshqa ma’lumotlami o‘z
vaqtida yetkazib berish va ularning saqlanishi yuzasidan javobgar
hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlami begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)
bilan o‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilami amalga
oshiradi:
- qimmatli qog'ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluv-
chidan) olingan hujjatlarni tekshirish, ro‘yxatga olish va hisobga
olish;
- mijozlardan olingan hujjatlarni ro'yxatga olish va hisobga
olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |