Investitsiya institutlari faoliyatining mexanizmi, xossa va
xususiyatlari evaziga fond bozori infratuzilmasi tarkibida alohida
malakali xizmatlar bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda
ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy resurslar
(jamg'armalar) va instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) bilan bog'liq
operatsiyalar institutlari, moliyaviy resurslar va instrumentlar
akkumulyatori va hisobchisi, mos ravishda yirik investitsiyalar
manbayi, institutsional investor, professional emitent va vositachi
sifatida namoyon bo'lishi mumkin.
Ko'rinib turibdiki, investitsiya institutlari banklar va sug'urta
kompaniyalari bilan bir qatorda moliya bozorining professional,
o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining, xususan qimmatli qog'ozlar
bozorining
risksizlik, jozibadorlik,
barqarorlik,
moliyaviy
xavfsizlik darajasini ko'tarishga, samarali investitsion hajmini va
jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, investitsiya institutlari umuman iqtisodiyotda,
xususan, qimmatli qog'ozlar (fond) bozorida quyidagi rollami
bajaradi:
- iqtisodiyot subyektlari va aholiga qimmatli qog'ozlar bilan
bog'liq operatsiyalar bo'yicha professional xizmatlar ko'rsatuvchi
institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik
investitsiyalar manbayi;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog'ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi investitsiya institutlari
operatsiyalari jahon fond bozorlarining barcha qismini qamrab oigan.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |