qog‘ozlaming bozor narxiga va likvidligiga to‘g ‘ri proporsional
boMadi. Investitsiya fondlari asosan investitsiyalami samarali
diversifikatsiyalash, ya’ni tarqatish hamda investitsiya portfelini
boshqarish vazifalarini bajaradi.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) -
aholining
jamg'armasini to‘playdigan va bu mablagMarga xususiylashtirilgan
korxonalaming qimmatli qog‘ozlarini sotib oladigan, shuningdek,
qimmatli qog'ozlardan foyda ko‘rib, uni aksiyadorlar o ‘rtasida
dividend shaklida taqsimlovchi moliyaviy muassasa. Uning asosiy
maqsadi - aholining keng qatlamini qimmatli qog‘ozlar bozoriga
jalb etish, ulaming omonati daromad keltirishini ta’minlash,
boyligini oshirishdan iborat. Xususiylashtirish investitsiya fondlari
orqali xususiylashtirish pirovardida davlat mulkining adolatli
81
taqsimlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlar
bozorining rivojlanishida hamda mamlakatdagi mulkdorlar
sinfining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kliring palatasi
-qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha
hisob-kitobni, ya’ni kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi
investitsiya muassasasi. Kliring - bu tovarlar, qimmatli qog'ozlar,
xizmatlar uchun o ‘zaro majburiyat va talablarni, ya’ni bir-biriga
to‘laydigan pullarni hisobga olish bilan naqd pulsiz hisob-kitob
qilish tizimidir. Bu faoliyat bitimga oid axborotlami to‘plash,
ulami taqqoslash, ularga tuzatish kiritish, qimmatli qog‘ozlarga
doir fuqaroviy-huquqiy bitimlami ijro etish uchun buxgalteriya
hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi.
Fond do'koni -
Do'stlaringiz bilan baham: |