mavjud bo‘lib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fani ham iqtisodiy
rivojlanish muhim bosqichlarining sharti hisoblanadi. Bozor
infratuzilmasi nazariyasi fani hozirgi kunga kelib iqtisodiyotda
tashkil topayotgan turli mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning majudligi bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida iqtisodiyot ma’lum bir tomonlarining uzviy bog‘liqligi,
ular o'rtasidagi munosabatlaming yuqori integratsiyalashganligi
hamda ma’lum biznes birliklarining yangitdan vujudga kelishi
bilan amal qiladigan faoliyat turlarini tartibga solish va faoliyat
samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Shunday ekan, bozor infratuzilmasining real hayotda mavjud
bo‘lishi ularning amaliyot bilan bog‘langanligini ko‘rsatib beradi.
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, bozordagi har
bir ishtirokchi o ‘zining infratuzimasiga ega boMishi va ularning
faoliyatiga ehtiyoj sezishi, ular faoliyatining samaradorligini
oshirish bilan bogMiq iqtisodiy qarashlar majmuasining shakllanishi
o‘z navbatida yangi g ‘oyalami va yangi fanlaming obyektiga
aylanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir
fanning amaliyotda asosi boMgani kabi, bozor infratuzilmasi
nazariyasi fanining ham amaliyotda o ‘ziga yarasha o ‘rganilshni
talab etuvchi amaliy ko‘rinishlari mavjud. Shuning uchun hozirgi
kunda bozor infratuzilmasi nazariyasi fani yangi fan sifatida
shakllanib kelmoqda.
Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani bozor iqtisodiyoti
sharoitida bozor uchun hamda iqtisodiyotning subyektlari
87
Do'stlaringiz bilan baham: |