uchun o ‘zaro iqtisodiy munosabatlaming qulayligini ta’minlash
maqsadida rivojlantirishni talab etadi. Misol uchun, yangi vujudga
kelgan har bir bozor infratuzilmasi uning takomillashtirilishini va
yangi bosqichga o ‘tishini taqozo etadi. Bu esa o ‘z navbatida yangi
nazariy bilimlami jamlanishini va amaliyotga qoMlanilishidagi
savodxonlikni talab qiladi.
Iqtisodiyotning tahlil qilinuvchi asosiy bosqichlari mavjud
bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayoni, ayirboshlash jarayoni,
taqsimlash jarayoni va iste’mol qilish jarayonlaridir. Bu
jarayonlaming har biri ko‘plab fanlaming o ‘rganish obyektiga
aylangan. Iqtisodiyotning turlari, darajalari qanday bo‘lishidan qat’i
nazar ulaming hammasi bir maqsadga bo‘ysingan: u ham bo‘lsa
insoniyatning yaxshi yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun
shart-sharoit yaratish, turli xil hayotiy vositalami yaratib berish va
pirovardida ulaming ehtiyojlarini maksimal qondirishdan iborat.
Shulardan biri ayriboshlashjarayoni biz o‘rganayotgan faning asosiy
qismiga to‘g ‘ri keladi. Ayirboshlash jarayonining iqtisodiyotdagi
o ‘mi beqiyosdir. Bujarayongatarixdanjuda ko‘p misollar keltirish
mumkin. Birgina Buyuk ipak yo‘li misolida ko‘rishimiz mumkin.
Buyuk ipak yo ‘li nafaqat insonlaming ehtiyojlarini qondirish,
ularga boshqa yurtlarda ishlab chiqarilgan noz-ne’matlami yetkazib
berish, balki, jamiyat va taraqqiyotning rivojlanishi uchun muhim
infratuzilma vazifasini o‘tagan. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida subyektlar tomonidan tayyorlangan
mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berishga
xizmat qiluvchi qismi, infratuzilmasi o ‘zining bir necha usullari
bilan amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |