Amortizator singan bo'lsa nima bo'ladi
Amortizatorlar eskirishining 8 ta asosiy belgilari
Download 59.93 Kb.
|
Amortizator
Amortizatorlar eskirishining 8 ta asosiy belgilari
Yo‘lga otlanishdan oldin avtomobilning mutlaqo sozligiga amin bo‘lish kerak. Hozir shu bilan shug‘ullanamiz – amortizatorlarni tekshirib ko‘ramiz. Amaliyot ko‘rsatishicha, amortizatorlar bittadayoq ishdan chiqib qolmaydi. Balki uzoq vaqt davomida yetilib boradi. Shu sababli, har doim ham avto sohibi avtomobil ish qobiliyati kamayishining sababini o‘z vaqtida aniqlay olmaydi. Lekin ba’zi belgilar borki, ular muammo haqida xabar beradi va diagnostikaga borish kerakligini bildiradi: avtomobil u yoqdan bu yoqqa chayqaladi; tormoz yo‘li uzaygan. Yangi amortizatorning tormoz yo‘li 31,70 metrni tashkil qiladi, eskirganda – 35,6 metrga yetadi; chuqurlarga qattiq tushiladi; keskin to‘xtashda kuzov oldinga ketib qoladi, tezlik oshirilganda – orqaga; avtomobilning surib ketilishi; tebranish; pokrishkalarning tez eskirishi. Har qanday diagnostika ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Shu tarzda amortizatorlarning holatini aniqlashadi. Masalan, amortizator korpusidagi moyning mavjudligi, zanglash izlari va shtoklardagi boshqa nuqsonlar uning nosozligidan darak beradi. Shinalardagi betartib dog‘lar, pokrishkalarning tez va oqlanmagan eskirishi, prujinalar va tepa tayanchlarning shubhali ahvoli (zang izi, shikastlanishi) muammoga dalolat qiladi. Osilma elementlariga kelsak, ko‘z ziyrakligiga ishonish yaramaydi, professionallarga murojaat qilgan ma’qul. Afsuski, eskirgan amortizator ham binoyidek ko‘rinishi mumkin. Mana shu holat amortizator ishchi holatda degan xayolga borib, adashishga sabab bo‘ladi. Aslida esa, ichki elementlarda muammolar bo‘lishi mumkin va bu holatda, ko‘zdan keichrishning o‘zi bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. Amortizatorlarning ko‘z bilan, mustaqil diagnostika qilishning keng tarqalgan usuli – avtomobilni silkitib ko‘rishdir. Avtomobilning bir tomonini yaxshilab chayqatish kerak va tebranish qanchalik tez tugashini kuzatish kerak. Agar silkitilgandan keyin avtomobil yana bir qancha marta tebransa, demak amortizator eskiribdi. Bunday manipulyasiya davomida amortizatorning inqirozli holati aniqlanadi. Yana bir noxush yangilik – qotib qolgan amortizator avto chayqalishiga umuman yo‘l qo‘ymaydi. Mustaqil ko‘zdan kechirishdagi oltin qoida – haddan oshmaslik. Ba’zilar aniq diagnoz qo‘yishga shunchalik intiladilarki, avtoni qattiq chayqatib, kuzov detallariga zarar yetkazib qo‘yadilar. Harakat davomida avtomobil mustaqillik namoyon etsa – rul boshqaruviga yaxshi bo‘ysunmasa, u yoqdan bu yoqqa chayqalsa, bu amortizator nosozligi belgisi bo‘lishi mumkin. Boz ustiga, bunday holat katta tezlikda emas, balki o‘rtacha yurishda ham kuzatilishi mumkin. Amortizatorning shikastlanishi va eskirishi tormoz yo‘li uzayishiga olib keladi va avariyaviy vaziyatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, avtomobil boshqaruvida biror o‘zgarishlar ro‘y berganda diagnostika mutaxassislariga borish ma’qul. Diqqat! Osilma holatini tekshirishning eng samarali, yengil va arzon usuli – diagnostika doirasida o‘lchov o‘tkazish. Xulosa amortizatorga taalluqli bo‘lishi shart emas. Gap shundaki, bitta unsurning nosozligi ham yakuniy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi (bu amortizator bo‘lmasligi ham mumkin). Diagnostikani ko‘zi pishgan, tajribali professional o‘tkazgani ma’qul. Ustaga qo‘ng‘iroq qiling va uchrashishga oldindan kelishib oling, u savollarga batafsil javob beradi. Mutaxassislarning kontaktlarini BU YeRDA olsa bo‘ladi. Download 59.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling