Amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi


Download 16.51 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1475309
1   2
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

Teng miqdorda (to'g'ri chiziqli) hisoblash usuli bo'yicha hisoblash
Bank tomonidan xarid iilingan avtomobilning boshlang'ich qiymati 40000000 so'm, uni besh yil davomida foydalanilgandan keyingi taxminiy tugatish qiymati (TQ) 4000000 so'm. Bu holda yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatning 10% tashkil etadi. Bu hisob- kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:

Besh yil davomida amortizatsiya hisoblashni quyidagicha aks ettirish mumkin(so'mlarda):

Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda eskirishni hisoblash usuli aktivdan taxminiy foydalanish yoki taxminiy unumdorligidan kelib chiqqan holda amortizatsiya summasini hisoblashdan iborat. Ushbu usul asosiy vositaning har bir yildagi ma'lum ish hajmi hisobini yuritishga asoslangan. Ushbu usul bo'yicha yillik eskirish miqdorini hisoblash uchun aktivning butun foydali xizmat qilish muddati davomidagi hamda o'sha aniq yil davomidagi ish hajmini aniqlash zarur bo'ladi. Ish hajmi sifatida ishlangan SATlar miqdori, ish (mahsulot) hajmini olish mumkin. Bunda amortizatsiya quyidagi formula asosida hisoblanadi:

AS- amortizatsiya summasi


AQ - aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati
DBS - ushbu davr uchun birliklar soni
ABS- aktivning butun foydali xizmat qilish muddati uchun moʻljallangan birliklar soni
Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish (ishlatish) natijasi hisoblanishiga asoslangan boʻlib, eskirishni hisoblash jarayonida vaqt oralig'i hech qanday ahamiyatga ega emas.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda eskirishni hisoblash usuli bilan amortizatsiya summasini hisoblash.
Avtomobilning boshlang'ich qiymati 4.000.000 so'm, uning yurish yo'li uzunligi 200.000 km. Likvidatsiya qiymati 100.000 so'm. Har km (kilometraj)ga amortizatsiya ajratmasi (AA) summasi quyidagicha aniqlanadi:

Agar birinchi yil ishlatishda avtomobil 40.000 km, ikkinchi yil - 50.000 km, uchinchi yil - 40.000 km, to'rtinchi yil - 50.000 km va beshinchi yil - 20.000 km masofa o'tgan boʻlsa, unda amortizatsiya ajratmasi jadvali quyidagi ko'rinishda boʻladi (so'mlarda):


Aktivlardan jadal ravishda foydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnika taraqqiyotining ta'siri katta bo'lganda aktivlar eskirishini tezlashtirilgan eskirish usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.


1. Yillar yig'indisi usuli obyektning xizmat qilish muddati, hisoblangan yillar yig'indisidan iborat boʻlib, u hisoblash koeffitsientining maxrajida boʻladi. Ushbu koeffitsientning suratida obyektning xizmat yillar qilish muddati oxirigacha qoladigan soni (teskari tartibda) hisoblanadi.
Yillar yig'indisi usuli (kumulyativ usul) bilan eskirish summasini hisoblash. Avtomobilning boshlang'ich qiymati (ABQ) 4.000.000 so'm, uni besh yil davomida ishlatilgandan keyingi likvidatsiya qiymati(LQ) 100.000 so'm. Avtomobilning taxminiy xizmat qilish muddati 5 yil. Sonlar yig'indisi, ya'ni avtomobildan foydalanish 15 yilni tashkil etadi (kumulyativ son): 1+ 2+ 3+ 4+ 5 = 15quyida berilgan kasrlarni 3.900.000 so'm (4.000.000-100.000) miqdordagi amortizatsiyalanadigan qiymatga boʻlish bilan yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi:
5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15.
Yillar yig'indisi usuli (kumulyativ usul) bilan eskirish summasini hisoblash:

Kamayadigan qoldiq usuli aktivning foydali xizmat qilish muddati davomida hisoblanayotgan amortizatsiya summasini kamayib borishini nazarda tutadi. Bu usul ham yillar yig'indisi usulidagi kabi tamoyillarga asoslangan. Mazkur usulda to'g'ri chiziqli usuldagiga nisbatan ikki baravar oshirilgan amortizatsiya normasi qoʻllaniladi.



Kamayadigan qoldiq usuli bilan eskirish summasini hisoblashga misol.
Avtomobilning boshlang'ich qiymati (ABQ) 4.000.000 so'm. Uning taxminiy xizmat qilish muddati 5 yil. O'z navbatida, to'g'ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya me'yori 20% ni tashkil etadi (100% 5 yil). Ikki baravarlik amortizatsiya me'yori bilan eskirish hisoblashga asoslangan kamayadigan qoldiq usulida amortizatsiya me'yori 40% bo'ladi (2x20%). 40 foiz deb belgilangan bu qat'iy summa har yil oxirida qoldiq qiymatga olib boriladi. Taxminiy likvidatsiya qiymati amortizatsiyani hisoblashda hisobga olinmaydi. Lekin predmetning qoldiq qiymatini uning likvidatsiya qiymatigacha kamaytirish bilan bogʻliq biror bir summa doirasida cheklash qo'yilgan hollar bundan mustasno.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli
Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling