Amudaryo tumani xtbga qarashli 16-sonli idumda Yuqori sinf o’quvchilariga sog’lom turmush tarzi b oldini olish bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish Bayonnomasi
Download 25.68 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masalalar
- Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi:S.Xalillayeva
- Boyovul” mahallasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi Sh.Yoqupova
- 11asinf raxbari Z.Boltoboyeva.
- Yig’ig’ilish qaror qiladi
Amudaryo tumani XTBga qarashli 16-sonli IDUMda Yuqori sinf o’quvchilariga sog’lom turmush tarzi b oldini olish bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish Bayonnomasi Mang’it shahri 2020 yil 12-fevral Qatnashdilar: Maktab psixologi G.Yodgorova maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi:S.Xalillayeva “Boyovul” mahallasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi Sh.Yoqupova KTMP maktab shifokori H.Raximova yuqori sinf raxbarlari va yuqori sinf o’quvchi qizlari Kun tartibidagi masalalar: 1.Kiyinish madaniyati haqida 2.Erta turmush qurishning oqibatlari va uning oldini olish haqida 3.Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash Tinglandi Kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan maktab psixologi G.Yodgorova so’zga chiqib,qizlarimiz tarbiyasi haqida qayg’urar ekanmiz,avvalom bor qizlar tarbiyasi ustida jiddiy bosh qotirmog’imiz shart.Qizlarni milliy qadriyatlarimiz,mehribon ona,sadoqatli rafiqa,oilam,uyim joyim degan uy bekasi bo’lishga o’rgatishimiz kerak.Buning uchun milliy tarix,islom asoslari,estetika,adabiyot,sa’natning turli sohalari,madaniyatli hayot tarzi,harom halolni ajratish,jamiyatda o’zini tutish,kiyinish yechinish tartibi,suhbat usuli,ovozni baland chiqarmay gaplashish,sekin kulish,kosmetika, pazandachilik,chevarlik,zamonaviy kampyuter singari sohalardan talim bermog’imiz lozim.Bunday tarbiya olgan qizlar kelajagi buyuk O’zbekistonimizning buyukligini ta’minlovchi xonim qizlar bo’lib yetishishini takidlab o’tdi. Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi:S.Xalillayeva so’zga chiqib uqish oylarida mavsumga mos kiyimlar kiyib kelishlarini,kiyimlar har doyim toza va ozoda bo’lishi kerak deb takidladi. KTMP maktab shifokori H.Raximova so’zga chiqib oila qurganda erkak ham ayol ham avvalom bor jinsiy,jismoniy,ruhiy,aqliy,iqtisodiy tarafdan yetilgan,hayotda o’z o’rnini belgilab olgan bo’lishi kerak.Tibbiy xulosada qizlar uchun turmush qurish vaqti 21-22 yoshdan,erkaklar uchun esa 24 yoshdan kam bo’lmasligi kerak.Shu kunlarda oila qurishga,sog’lom farzand ko’rishga va uni sog’lom qilib tarbiyalashga tayyor bo’lmagan yigit qizlarimiz o’zlariga ko’p tashvishlar orttirayotganliklarini bilmaydilar yoki bilishni istamaydilar.Juda erta 19-20 yoshga to’lmasdan turib bola ko’rishlarining oqibatidagi asoratlari ancha og’ir o’tmoqda.Bu esa onalar va bolalar o’limining ko’payishiga sabab bo’ladi.Shu bilan birga qizlarga o’zining qimmatli maslaxatlarini va tavsiyalarini berib o’tdi. “Boyovul” mahallasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi Sh.Yoqupova so’zga chiq chiqib O’zbek oilalarida o’zaro hurmat,qa’tiy ichki intizom asosida barcha azolarining o’z burch va vazifalarini ado etishlari,bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr oqibat ko’rsatishlari,oila shanining baland tutilishi,qarindosh urug’ va yaqin odamlarga,qo’ni-qo’shnilarga g’amxo’rlik qilish.oilani tashqi muhit bilan bog’lashga mustaxkamligini taminlashga xizmat qiladi.Or-nomus,sharmu-hayo,mehr-oqibat,mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakillanishini gapirib o’tdi.
1.Kun tartibidagi ko’rilgan masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar malumot uchun qabul qilinsin. 2.Barcha qizlar erta turmushning oqibatlari haqidagi maslahatlardan xulosa chiqarsin. Maktab direktori : R.Urаzbаyeva Maktab psixologi: G.Yodgorova Download 25.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling