Amyobasimon bir hujayralilarning umumiy tavsifi, klassifikasiyasi va asosiy vakillari
Download 75.36 Kb.
|
AMYOBASIMON BIR HUJAYRALILARNING UMUMIY TAVSIFI, KLASSIFIKASIYASI VA ASOSIY VAKILLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi
- -rasm. Ichburug amyobasi hayot siklining sxemasi
Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplaz-madan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi. Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil va harakatchan bo‘ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo‘linmagan. Bu sinf amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi. Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburag' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8yadroli bo'ladi. Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniq-lagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo'lishini isbotlagan. Ichburug' amyo-basining kattaligi 20-30 mikronga teng (1-rasm). Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi. Ichburug' amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik hududlarda yashovchi xalqlar o'rtasida uchraydi. O'rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab tursada, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. Amyoba bilan zararlangan, lekin ichburug' bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi. Ba'zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og'ir qonli ichburug' kasalligini keltirib chiqaradi. Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi. Kasallik vaqtida davolanmasa surankali formaga o'tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi, ba'zan halok bo'lishi ham mumkin. Ichburug' amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig'i bilan yo'g'on ichakdan to'g'ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqargach, parazit sista davriga o'tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning yadrosi ketma-ket ikki marta bo'linadi va sista ichidagi amyoba to'rt yadroli bo'lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta'siriga juda chidamli; nam tuproqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo'qotmasligi mumkin. Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta'siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig'i yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo'lingach, to'rtta amyoba hosil boiadi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o'tadi. Ichburug' amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo'ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b) to'qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. l-rasm. Ichburug' amyobasi hayot siklining sxemasi: 1-hazim yo'liga tushgan sista; 2-amyobaning sistadan chiqishi; 3-4-ichak bo'shlig'idagi mayda vegetativ shakli; 5,6-yirik vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli. Amyobaning to'qima va eritrofag shakllari ba'zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o'zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo'lib, zich parda - sista qobig'i bilan o'ralgan. Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo'ladi. Mayda vegetativ shakli kichkina (15-20 mkm) bo'lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo'linadi. Endo-plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo'g'on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to'qima shakli (20-25 mkm) odamning yo'g'on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to'qimalami yemirib, shumng hisobiga oziqlanadi. To'qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig'lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko'payib, to'qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo'jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo'lib, hatto, xlorlangan suvda ham halok bo'lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta'siriga ham chidamli bo'ladi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro bo'ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste'mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo'ladi. So'ngra ular mitoz yo'li bilan bo'linib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo'lgan odamlar odatda sog'lom bo'lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya'ni to'qima shakliga aylanadi. To'qima shakli o'zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo'lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo'lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo'lib, ko'ndalang o'lchami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta bo'lib, o'zi esa ancha harakatchan bo'ladi. Sitoplazmada, ko'pincha, eritrotsitlarni topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a'zolariga (jigar, o'pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to'qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to'g'ri kelib qolsa, u qon orqali to'g'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi. O'pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og'rishi, ishtahaning yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug' amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin. Kasallikka tashxis qo'yish uchun bemorning najasi konservantga yig'iladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971y.). Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat beradi. Ichburug' amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichburug' kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham uchraydi. Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun emitin gidroxloridi, xinafan, aminarson, enteroseptol, anitibiotiklar (tetrosiklin, monamitsin) va boshqa preparatlar qo’llaniladi. Profilaktika choralariga ovqat iste'mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yuvish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish, pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalarni yo'qotish (chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), bemor va sista tashuvchilarni aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha keng targ'ibot ishlarini olib borish kabilar kiradi. Parazit amyobalar kasallangan tishlarning kovagi, it, cho'chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagida; asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan. Odamlarning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qiluvchi Entamoeba girgivalis amyoba turini 1849 yilda Moskvalik professor Gross tish karioziga uchragan bemorda topgan. Download 75.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling