Analitik geometriya
Qavariq to'rtburchakning yuzi
Download 71.2 Kb.
|
Sharifboyeva R
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri to’rtburchak yuzi Qarama-qarshi tomonlari teng va parallel, burchaklari 90 dan bo’lgan to’rtburchak to’g’ri to’rtburchak
- Parallelogrammning yuzi
- Rombning yuzi Romb
- Doiraning yuzi Tekislikda bir nuqtadan bir xil uzoqlashgan nuqtalarning geometrik o’rniga aylana
Qavariq to'rtburchakning yuzi:
Bu yerda d1, d2- qavariq to'rtburchakning diagonallari, a- diagonallari orasidagi burchak. To’rtburchakka misol qilib kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, romb, parallelogram kabi asosiy geometrik shakllarni keltirish mumkin. 2.3.Kvadrat yuzi Kvadrat - tomonlari teng bo’lgan to’g’ri burchakli to’rtburchak. a a
a-kvadratning tomoni
b
To’g’ri to’rtburchak yuzini topish uchun uning bo’yi eniga ko’paytirish kerak. Agar to’g’ri to’rtburchak yuzini-S, bo’yini-a, enini esa-b harflari bilan belgilasak, S=ab ko’rinishidagi to’g’ri to’rtburchak yuzini hisoblash formulasiga ega bo’lamiz. 2.5.Parallelogrammning yuzi Parallelogramm(qadimgi yunoncha: parallelos-parallel va gramma-chiziq)-qarama-qarshi tomonlari parallel bo’lgan to’rtburchak. Uning qarama-qarashi tomonlari tengdir. a b h
Parallelogrammning yuzi asosi bilan balandligi ko’paytmasiga teng:
a a
Burchaklaridan biri bo’lgan rombning yuzi ga teng. 2.7.Doiraning yuzi Tekislikda bir nuqtadan bir xil uzoqlashgan nuqtalarning geometrik o’rniga aylana deyiladi. Tekislikning aylana bilan chegalarangan qismi doira deyiladi. Radiusi r ga teng bo'lgan doiraning yuzi πr2 ga teng bo'ladi. Bu yerda π (yunoncha pi harfi) o'zgarmas konstanta bo'lib, darsliklardagi masalalarni hisoblashda uning qiymati 3,14 deb olinadi. Forumula quyidagicha ko'rinishga ega: S = π r 2 Masalan radiusi 8 sm bo'lgan doirani yuzasini hisoblash kerak bo'lsa, u 3,14 * (8sm * 8sm) = 200,96 sm2 ga teng bo'ladi. Agar masalada doiraning diameti beriladigan bo'lsa, r = d / 2 formulasi bo'yicha r aniqlanadi va yana yuqoridagi kabi hisoblanadi. 2.8.Ko’pburchakning yuzi Tekislikda berilgan siniq chiziqning boshi va oxirini tutashtirishdan hosil bo’lgan shakl ko’pburchak deyiladi. Hamma tomoni teng va hamma burchaklari teng bo’lgan qavariq ko’pburchak muntazam ko’pburchak deyiladi. Teng tomonli uchburchak, kvadrat muntazam ko’pburchakka misol bo’la oladi. Muntazam ko’pburchakning burchaklari kattaligi uning tomonlari soniga bog’liq. Muntazam n burchakning burchaklari ga teng. Muntazam n burchakning tomoni o’ziga ichki chizilgan aylananing r radiusi orqali formula bilan aniqlanadi. Muntazam ko’pburchakning yuzi uning perimetri bilan ichki chizilgan aylana radiusi ko’paytmasining yarmiga teng: , bu yerda P-ko’pburchakning perimetri, r-ko’pburchakka ichki chizilgan aylana radiusi, R- tashqi chizilgan aylana radiusi, n- tomonlar soni. Download 71.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling