Mavzu: To`gri to`rtburchak va kvadratning perimetri. Maqsad: a Ta`limiy
Download 448.5 Kb.
|
Mavzu To`gri to`rtburchak va kvadratning perimetri. Maqsad a T
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. To`g`ri to`rtburchak
- Dam olish daqiqasi
- Uyga vazifa
- Toshkent viloyati Piskent tumani 1-U.O’.T. maktabi matematika fani o’qituvchisi Mirusmonova Nargizaning BDMM dasturi asosida yozilgan
Mavzu: To`gri to`rtburchak va kvadratning perimetri. Maqsad: a) Ta`limiy: Formulalar, tog`ri to`rtburchak va kvadrati haqida tushuncha berish, ularning perimetri formulalarini keltirib chiqarish. b) Tarbiyaviy: O`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib, matematik formulalarini hayotga tadbviq eta olishga intilish, ularni kasbga yo`naltirib borish, v) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fiklarini rivojlantirish. Dars uslubi: Aqliy hujum, musobaqa, guruhlarda ishlash Dars jihozi: darslik, kadaskop, vatman, marker, ko`rgazma, skoch Dars vaqti: 40 daqiqa Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 1)salomlashish 2) navbatchi axboroti 3) kun bitigi O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar Bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lar. 4) Dars jarayoni bilan o`quvchilrni tanishtirish 5) “Ko`prik yasash” metodikasi bilan tanishtirish “ Daryo berilgan. Mana shu daryodan narigi qirg`oqqa o`tib olishimiz kerak. Buning uchun ko`prik qurib olamiz. Darsda har bir to`g`ri bajarilgan vazifa ko`prik uchun poydevor bo`ladi.” II Asosiy qism: 1) Uyga vazifani tekshirish. “O`quvchilar uyga vazifani “O`zimizni o`zimiz tekshiramiz” uslubi bo`yicha tekshiramiz. Yonimizdagi o`rto`gimizni daftari bilan almashtirib , tekshiramiz. Sizga 1 daqiqa vaqt. 2) Guruhlarga vazifa berish: O`quvchilar har bir guruhga 4 tadan misol berilgan . Ularni hisoblab, oldingizdagi vatnmandagi soat strelkasi qarama-qarshi yo`nalishida ortib borihi tartibida yopishtirib chiqasiz. Agar vazifani to`g`ri bajarsangiz, sizga geometrik shakllar hosil bo`ladi. Sizga 3 daqiqa vaqt. 3) Guruhlar taqdimoti Hurmatli o`quvchilar yozuv taxtasiga e`tiborni qaratamiz. Qanday tasvirni ko`rayapsiz? O`quvchilar: Hovlini O`qituvchi: To`g`ri hovlini, o`zbekona hovlini. Demak, o`quvchilar sizlar arxitektor bo`libsiz. Arxitektor kasbi haqida tushuncha bera olasizmi? O`quvchi javobi: O`qituvchi: O`quvchilar bilasiz, hurmatli Prуzidentimiz I.A.Karimovning qarori bilan qishloqlarda chiroyli, qulay hovlilar qurilmoqda. Kelajakda siz ham arxitektor bo`lib, shunday hovlilar zavod, fabrikalarning chizmalarini chizasiz degan umiddaman. Buning uchun albatta hisob-kitobni bilish kerak O`quvchilar yana tasvirga qaraymiz. Qanday shakllarni ko`rayapsiz? O`quvchilar; kvadrat, to`g`ri to`rtburchak, uchburchak, oval, doira shakllari. O`qituvchi: Bugun sizlar bilan to`g`ri tio`rtburchak , kvadrat haqida ma`lumot olamiz. Daftarlarni ochib mavzuni yozamiz. Yangi mavzu: Formulalar. To`g`ri to`rtburchak va kvadratning perimetri. Formulalar. Yangi mavzu kadoskop orqali tushuntiriladi.
A,B,C,D nuqtalar to`g`ri to`rtburchakning uchlari B С A D
AB, BC, CD, AD kesmalar uning tomonlari deyiladi AB. CD- balandlik yoki eni deyiladi AD, BC- asos yoki bo`yi deyildi. P=a+b+a+b=2a+2b=2(a+b) Demak, P=2(a+b)
Tomonlari teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchak kvadrat deyiladi. Pkv=a+a+a+a=4a B C
№293 mustaqil bajariladi. № 294 B-n Yechish A=3 sm P= 2(a+b)=2*(3+5)=16 B=5 sm P-? Javob: P=16 sm Dam olish daqiqasi: “Matematika” she`ri (Hazil) O`quvchilar sizlarning orangizda ham she`riyatga qiziqib sh`er yozadigan, rasmlar chizadigan o`quvchilar bo`lsa, o`z ijodingizni maktabingizning “Kelajak tongi” gazetasiga nashrga berishingiz mumkin. Uning bosh muharriri ____________________ Endi, o`quvchilar quyidagi rasmga e`tiboringizni qarataman. “Ring” so`zi nimani anglatadi? O`quvchilar: Boks maydoni O`qituvchi: To`g`ri. O`zbekistonlik boks bo`yicha chempionlardan kimlarni bilasiz? O`quvchilar: Artur Grigoryan, Ruslan Chagayev, Muhammadqodir Abdullayev O`qituvchi: Rahmat. Hozirgi 297-masalamiz ring haqida ekan 297-masala 1.Ringni 1 qator o`rash uchun necha metr arqon kerak bo`ladi? 4*6=24 m
2. 3 qator o`rash uchun necha metr arqon kerak bo`1adi? 24*3=72 m Javob: 72 metr arqon kerak bo`ladi.
301-302- misollarga tushuncha beriladi. Baholash Xulosa: O`quvchilar sizga berilgan har bir vazifani to`g`ri bajarganligingiz sababli ko`prik yasab u qirg`oqqa o`tib oldingiz. Kelajakda yo`lingizda uchraydigan qiyinchiliklarni ham shunday o`z bilimingiz bilan yengib o`tasiz degan umiddaman. O`quvchilar sizga dars yoqtimi? Nima uchun yoqdi? Bu darsda o`zingizga nimalar oldingiz? O’quvchilar, quyidagi misralarni o’zingizga shior qilib olishingizni istardim. Toshkent viloyati Piskent tumani 1-U.O’.T. maktabi matematika fani o’qituvchisi Mirusmonova Nargizaning BDMM dasturi asosida yozilgan 1 soatlik dars ishlanmasi Download 448.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling