Analitik kimyo fani Sifat analizidan masala va misollar yechish bo’yicha uslubiy ko’rsatma uslubiy ko`rsatma Buxoro oo va esti «Umumiy kimyo»
Download 1.31 Mb.
|
Analitik kimyo fani Sifat analizidan masala va misollar yechish
BIRINCHI QISM
I BOB. SIFAT ANALIZI 1.1. Analitik reaktsiyalarning seziluchanligi Sifat analizida analitik reaktsiyalarning seziluvchanligi katta ahamiyatga ega. Reaktsiyaning sezgirligi qancha katta bo`lsa, moddaning ochish miqdori shuncha kam bo`ladi. Agar modda qiyin eriydigan bo`lsa, topiladigan ionning kontsentratsiyasi nihoyatda oz bo`lsa, ham cho`kma tushsa, bunday reaktsiyalar seziluvchan reaktsiyalar deyiladi. Reaktsiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan: topilish minimumi (m), cheksiz suyultirgandagi kontsentratsiya (Schek.suyul.) yoki cheksiz suyultirish chegarasi (Vchek.suyul.) va cheksiz suyultirilgandagi eng kam hajm (Vmin) bilan tavsivlanadi. Topilish minimumi berilgan sharoitda reaktsiyaning bajarish mumkin bo`lgan modda yoki ionning eng kam miqdori topilish minimumi mikrogrammlarda ifodalanib, grekcha γ (gamma) xarfi bilan belgilanadi: 1 mkg = 0,001 mg = 10-6 g yoki 10-9 kg. Masalan: Kal’tsiy ionini H2SO4 bilan ta`sirlashib mikrokristall cho`kma hosil qilish reaktsiyasing ochilish miniummi 0,4*10-10 kg.ni tashkil etdi. Demak eritmada Ca2+ ionini miqdori 0,4*10-10 kg bo`lsa, H2SO4 ta`sirida cho`kma hosil bo`ladi, undan kam bo`lsa, cho`kma tushmaydi. Ochilish minimumi qancha kichik bo`lsa, reaktsiya, to`liq va tez boradi. Topilish minimumi reaktsiyaning seziluvchanligini to`liq ifoda qila olmaydi, chunki eritmada tegishli modda yoki ionning faqat absolyut miqdorigina emas, balki kontsentratsiyasi ham ahamiyatli. Shuning uchun modda (ion)ning tegishli reaktsiyasi bilan topish mumkin bo`lgan eng kam kontsentratsiyasi ifodalovchi kattalik cheksiz suyultirgandagi kontsentratsiyadan ham foydalaniladi. CHeksiz suyultirgandagi kontsentratsiya aniqlanadigan ionning massasi eng ko`p erituvchining massasiga, nisbati, bilan ifodalandi. Cchek.syul ,g/ml,kg/m3. Agar erituvchi suv bo`lsa, massa o`rniga hajmi olinadi. CHeksiz suyultirlgan kontsentratsiyaning teskari qiymati – cheksiz suyultirish chegarasi deyiladi. U 1 kg aniqlanadigan ion qancha massa erituvchida saqlanishini ko`rsatadi (g/ml, kg/m3). CHeksiz suyultirish kontsentratsiyasi qancha kichik bo`lsa, cheksiz suyultirish chegarasi shuncha katta bo`ladi. Aniqlanadigan ionni topish minimumini saqlagan eritma hajmi cheksiz suyultirilgandagi eng kam hajmi deyiladi (Vmin). Yuqoridagi kattaliklar orasida quyidagi bog’lanish mavjud: yoki ( 1 ) Agar o`rniga berilgan bo`lsa, yoki ( 2 ) tenglamadan, yoki ( 3 ) Agar cheksiz suyultirish chegarasi Vchek.suyul. berilgan bo`lsa, unda Schek.suyul. quyidagicha hisoblanadi: yoki ( 4 ) va (2) tenglamadan yoki ) ( 5 ) Agar cheksiz suyultirish kontsentratsiyasi berilgan bo`lsa, unda Vchek.suyul quyidagicha hisoblanadi: yoki CHeksiz suyultirgandagi eng kam hajm quyidagicha hisoblanadi: yoki ( 6 ) Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling