Analitik kimyo fanining texnalogiyadagi ahamiyati
Download 40.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Xazratqulova Sarvinoz G\'ulom qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Analitik kimyo fanining texnalogiyadagi ahamiyati. Xazratqulova Sarvinoz G'ulom qizi Jizzax Politexnika insitituti 2-kurs talabasi. Jumaboyeva Shahnoza Nazirjon qizi Jizzax Politexnika insitituti 2-kurs talabasi. Annotatsiya: Analitik kimyo fani hozirgi kunda rivojlanayotgan kimyo sohasidir. Bu fan kimyoviy analiz haqidagi fan bo'lib,insonning ishlab chiqarish faoliyatiga bog'langan.Analitik kimyoda modda yoki mahsulot tarkibida qanday komponentlar yoki birikma va qoldiqlar borligi aniqlanadi. Ushbu maqolada analitik kimyo fanining texnalogiyadagi ahamiyati va dolzarbligi, sohalarda qo'llanilish usullari va hozirgi kunda analitik kimyoga bo'lgan talablar ifodalangan. Kalit so'zlar: analitik kimyo,analiz,sintez,kimyoviy element Analitik kimyo kimyoviy analizning usul va vositalarini yaratadigan,moddalarni analiz qilish uchun zaruriy usullar bilan ta'minlaydigan ,sanoat ,atrof-muhit,oziq-ovqat,sog'liqni saqlash sohalarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan fandir. Analitik kimyo hozirgi vaqtda rivojlanayotgan fan sohalari ichiga kirib,o'zining dolzarbligini ko'rsatmoqda. Qayerga bormang biz shu sohaga duch kelaveramiz . Analitik kimyoning texnalogiyadagi ahamiyati haqida Ostvald shunday degan:"Analitik kimyo yoki modda yoinki uning tarkibiy qismlarini o'rganish san'ati ilmiy kimyo tatbiq etadigan narsalar orasida asosiy o'rini egallaydi.Shu tufayli analitik kimyo o'zi haqida qadimdan buyon doimiy g'amxorlikka ega." Biz biron bir moddani sintez qilishimiz uchun uning tarkibiy qismi,tuzlishi va xossasini bilishdan oldin uni analiz qilishimiz kerak bo'ladi.Shundan so'ng analiz natijasiga asoslanib xulosa chiqarishimiz mumkin.Hozirgi kunda analitik kimyo oldiga ancha murakkab masalalar qo'yiladigan bo'ldi.Endi kimyoviy elementlarning faqat o'zigina emas,ularning izotoplarini ham aniqlash talab etilmoqda. Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega.Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog'liq. Hozirgi vaqtda kimyoviy texnalogik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo'q.Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Analitik kimyoning texnalogiyadagi ahamiyati haqida shuni aytish mumkinki,ma'lum analiz usullarining nazariy asoslari va amaliyotining takomillashishi hamda ravnaqini oshirish;yaratilayotgan yangi soha va fanlarda uning ravnaqini oshirish;yangi analiz usullarini yaratish,uning nazariy asoslarini ishlab chiqish;kompyuterlashtirilgan va avtomatlashtirilgan yangi metodlar yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish;moddalarni analiz qilishning tez va arzon usullarini yaratish;olinayotgan har bir moddaning to'griligini,aniq va qaytaruvchanligini ta'minlash; moddalarning tuzilishini turli obyektlarda tarqalishini aniqlashga imkon beradigan usul,vosita va metodikalar ishlab chiqish kabi ahamiyatga va vazifaga ega. Analitik kimyoning boshqa vazifalari ham borki ,ular har bir konkret sharoit bilan bog'liq bo'lish va shu asosda o'z yechimini topishi mumkin . Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki,bugungi analitik kimyo-moddalar kimyoviy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslarini ,kimyoviy elementlar va ular birikmalarini topish hamda aniqlash usullarini rivojlantiradigan,shuningdek,turli anorganik va organik birikmalarning kimyoviy tuzilishi va har xil obyektlardagi lokal taqsimlanganligini o'rganuvchi usullar haqidagi fandir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.O.Fayzullayev "Analitik kimyo" . Toshkent . "Yangi asr avlodi" 2006 2.M.T.Gulamova,Sh.Q.Norov,N.T.Turabov."Analitik kimyo". "Voris-nashriyoti" . Toshkent-2009 Download 40.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling