Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil


Kation – musbat ion (zarracha), Katod


Download 0.54 Mb.
bet24/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#253997
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)

Kation – musbat ion (zarracha), Katodmanfiy qtub

Anion – manfiy ion (zarracha), Anodmusbat qtub

Dissosilanish – ionlarga ajralish.

Assosilanish – ionlarning birikishi.

Ion – grek tilidan olingan so’z bo’lib, “kezib yuruvchi” degan ma’noni anglatadi. Ionlarni tarkibiga qatab, oddiy va murakkab ionlarga ajratamiz. Tarkibi bitta element atomidan iborat ionlar oddiy ionlar deyiladi. Masalan: Cl- – xlorid, S-2 – sulfid, Na+ – natriy, Fe+3 – temir (III) ionlari va h.k. Tarkibi har xil element atomlaridan iborat ionlar murakkab ionlar deyiladi. Masalan: NH4+ – ammoniy, SO42- – sulfat, CuOH+ – mis (II) gidroksi, HPO42- – gidrofosfat ionlari va h.k. Ionlarni yana rangiga qarab rangli va rangsiz ionlarga ajratamiz.

Rangsiz ionlar: Cl- – xlorid (anion), S-2 – sulfid, Na+ – natriy (kation), NH4+ – ammoniy, SO42- – sulfat, HPO42-gidrofosfat, N+ – vodorod ionlari va h.k.

Rangli ionlar: Fe+3 – qo’ng’ir, Cu+2 – ko’k, Cu+ – qizil, Ni+2 – yashil, Fe+2 – qizil-qo’ng’ir, Be+2 – kulrang, Al+3 – oq, Zn+2oq-kulrang, Cr2O72- – zarg’aldoq, CrO42- – sariq, MnO4binafsha, [Fe(CN)6]+4 – sariq, [Fe(CN)6]+3 – qizil, Ag+ – kulrang va h.k.

Kislota, asos va tuzlarning dissosilanishi.

Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida vodorod katonlariga va kislota qoldig’i anionlariga ajraladigan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar bosqichma-bosqich dissosilanadi.



I) HCl = H+ + Cl–

I) HNO3 = NO3– + H+



I) H2SO4 = HSO4– + H+

II) HSO4– = SO42– + H+



I) H3PO4 = H2PO4– + H+

II) H2PO4– = HPO42– + H+

III) HPO42– = PO43– + H+


Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida metall katonlariga va gidroksid anionlariga ajraladigan murakkab moddalar asoslar deyiladi. Asoslar bosqichma-bosqich dissosilanadi.

I) NaOH = Na+ + OH–

I) CsOH = Cs+ + OH–



I) Ca(OH)2 = CaOH+ + OH–

II) CaOH+ = Ca+2 + OH–




I) Al(OH)3 = Al(OH)2+ + OH–

II) Al(OH)2+ = AlOH2+ + OH–

III) Al(OH)2+ = Al+3 + OH–


Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida metall katonlariga va kislota qoldig’i anionlariga ajraladigan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. Tuzlar bir bosqichda dissosilanadi.

NaBr = Na+ + Br–

Ba(NO3)2 = Ba+2 + 2NO3–



Al2(SO4)3 = 2Al+3 + 3SO42– NH4Cl = NH4+ + Cl–

CuSO3 = Cu+2 + SO32–


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling