1) Elektrolitlar – suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr tokini o’tkazadigan moddalar. Masalan: Barcha tuzlar, kislotalar, asoslar.
2) Noelektrlitlar (elektrolitmaslar) – suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar. Masalan: metallmaslar, oksidlar, deyarli barcha organik moddalar.
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar
Ionlarga to’liq ajraladigan (dissosilanadigan) moddalar kuchli elektrolitlar deyiladi. Masalan: a) deyarli barcha tuzlar, b) kuchli kislotalar: HClO4 – Perxlorat kislota, H2SO4 – Sulfat kislota, H2S2O7 – Disulfat kislota, HNO3 – Nitrat kislota, HI – Yodid kislota, HBr – Bromid kislota, HCl – Xlorid kislota, HMnO4 – Permanganat kislota, HIO4 (H5IO6) – Peryodat kislota, H2CrO4 – Xromat kislota, H2Cr2O7 – Dixromat kislota, HClO3 – Xlorat kislota, HBrO3 – Bromat kislota, HIO3 – Yodat kislota, H2MnO4 – Manganat kislota va h.k. v) kuchli asoslar: LiOH –litiy gidroksid, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2 va h.k.
Ionlarga qisman ajraladigan (dissosilanadigan) moddalar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Masalan: a) kuchsiz kislotalar: qolgan barcha kislotalar, b) kuchsiz asoslar: qolgan barcha asoslar, v) ammoniy gidroksid, g) suv ham kuchsiz elektrolit va h.k. Kuchsiz elektrolitlar eritmalarda ionlarning katta konsentrasiyasini hosil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |