Hg2+2 kationini aniqlash
Cho’kmaga qaynoq suv bilan ishlov berilgach, unga konsentrlangan ammiak eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bunda kumush xlorid kompleks tuz [Ag(NH3)2]Cl holida eritmaga o’tadi. Cho’kmani ammiak eritmasi bilan ishlanganda tezda qorayib ketishi simob (I) ioni borligini ko’rsatadi.
Ag+ ionlarini aniqlash
Simob ajratib olingan eritmadan olinib va ustiga konsentrlangan nitrat kislota qo’shiladi va aralashtiriladi. Oq suzmasimon cho’kmaning hosil bo’lishi kumush ionlari borligini ko’rsatadi.
Eritmada Ba+2 ionlari bor yoki yo’qligini tekshiring.
Eritmada Ca+2 ionlari borligini tekshiring
Qanday kationlar uchinchi analitik guruhga kiradi?
Uchinchi analitik guruh kationlarining guruh reagent qanday sharoitida
qo’llaniladi?
Bariy kationiga xos sifat reaksiyasini yozing.
Eritmadagi Ca+2 ionlarini sulfat kislota yordamida eritmadan to’liq ajratib olish uchun eritmaga qanday modda qo’shish kerak?
Uchinchi analitik guruh karbonatlarini qanday erituvchoda eritish mumkin?
Tarkibida bariy va kaltsiy kationlari bo’lgan aralashma qanday analiz qilinadi?
Kaltsiy kationini qaysi reagent ta’sirida stronsiy kationidan ajratish mumkin?
Qaysi kationning tuzi rangsiz alangani sarg’ish yashil rangga bo’yaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |