K+ va Na+ borligini sinab ko’rish reaksiyalari
K+ va Na+ ionlari bor yo’qligi haqida chiqarilgan xulosa to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun alangani bo’yash reaksiyalarini tenglamasini yozing. Alangaga biron asbobsiz qarab turib Na+ ionini borligini, ko’k shisha orqali qarab K+ ioni borligini aniqlash mumkin.
Pb+2 kationini aniqlash
Hosil bo’lgan eritmadan olib biriga kaliy yodid eritmasidan, ikkinchisiga – kaliy xromat K2CrO4 eritmasidan qo’shiladi. Har ikkala cho’kmalarning hosil bo’lishi Pb+2 kationini borligini ko’rsatadi.
Pb+2 kationini cho’ktirish
Agar Pb+2 kationi aniqlangan bo’lsa u holda Pb+2 kationini eritmadan yo’qotish lozim. Buning uchun cho’kmaga (1-punktda olingan) qaynoq suv qo’shiladi va aralashtirilib suv hammomida 2 daqiqa davomida isitiladi. Qaynoq eritma olinadi.
Bu jarayon qaynoq eritma kaliy xromat eritmasi bilan qo’rg’oshin ionlariga reaksiya bermaydigan bo’lgunga qadar takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |