Analitik kimyoda organic reagentlarning qo'llanilishi reja: Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat
Tekshirilayotgan elektrod bilan standart vodorod elektroddan tuzilgan galvanik elementning (elektr kimyoviy zanjirning) EYK
Download 0.64 Mb.
|
ANALITIK KIMYODA ORGANIC REAGENTLARNING QO\'LLANILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrod potensiali
- Eritmalardan qattiq fazani- cho’kmani hosil qilish jarayoni cho’ktiruish deb yuritiladi.
- : kristallik va amorf cho’kmalar. Kristal
Tekshirilayotgan elektrod bilan standart vodorod elektroddan tuzilgan galvanik elementning (elektr kimyoviy zanjirning) EYK elektrod potensiali deyiladi.
Elektrod potensiali oksidlanish-qaytarilish potensiali ham deyiladi. Potensialning algebraik qiymati qancha kichik bo‘lsa, shu metallning qaytaruvchilik xususiyati shuncha kuchli va ionlarining oksidlash xususiyati shuncha kam bo‘ladi. Standart elektrod potensiallar qatorida har qaysi metall o'zidan keyingi metallarni tuzlarining eritmalaridan siqib chiqara oladi. Lekin bu hamma hollarda ham albatta siqib chiqaradi, degan so'z emas. Masalan, aluminiy misni mis (II) xlorid CuCl2, eritmasidan siqib chiqaradi, lekin uni mis (II) sulfat CuCO 4 eritmasidan amalda siqib chiqara olmaydi. Bunga sabab shuki, aluminiy sirtidagi himoya pardasini xlorid-ion Сl- lar sulfat-ion SO4 larga qaraganda tezroq yemiradi. Har qanday galvanik elementning EYK ini standart elektrod potensiallar E° ning ayirmasidan hisoblab topish mumkin. Bunday EYK doimo musbat kattalik ekanligini nazarda tutish kerak. Shuning uchun algebraik qiymati katta bo'lgan elektrod potensialidan algebraik qiymati kichik bo‘lgan elektrod potensialini ayirish lozim. Masalan, mis — rux elementining EYKi standart sharoitlarda 0,34 - (—0,76)=1,1 V bo'ladi. Elektrod potensiali - elektrolit va unga solingan elektrod orasidagi potensiallar farqi. 3. cho’ktirish reaksialari, eruvchanlik ko’paytmasi. Turli kimyoviy birikmalardan tarkib topgan murakkab moddalarni muvofaqiyatli analiz qilish uchun, aniqlanadigan modda tarkibidagi elementlarni yoki elementlar guruhini topib ularni ajratish lozim.Buning uchun quyidagi metodlar qo’llaniladi: 1.Tegishli reyaktiv bilan aniqlanayotgan moddalar qisimlari o’rtasida boradigan kimyoviy o’zaro ta’sirga assoslangan oz eriydigan cho’kmalar hosil qiladigan medodlar.2.O’ziga xos cho’ktiruvchi vazifasini bajaruvchi,doimiy tok bilan metallarning yoki ba’zi kam eruvchi birikmalarni (AgCl, PbO2, va hokazo ) ajratib olishga assoslangan, elektrokimyoviy ajratish metodlari. 3.Ekstraksiya metodlari. 4.Haydash metodlari. 5.Xromatografik ajratish metodlari va boshqalar. Kimyoviy analizdagi eng muhum muolajalaridan biri eritmalardan ch’okmaga tushirish hisoblanadi. Kimyoviy analizda, cho’kma hosil bo’lish bilan boradigan almashinish riyaksiyalari ko’p qo’llaniladi. Eritmalardan qattiq fazani- cho’kmani hosil qilish jarayoni cho’ktiruish deb yuritiladi. Cho’kmalar tashqi ko’rinishiga ko’ra turli xilda bo’lishi mumkin: Qattiqsimon (tvorok) (AgCl,), kristall(BaCl2), donador (PbSO4), loyqasimon (Al(OH)3), ipir-ipir (As2S3), yelimshak (jelatilasimon H2SiO3) va hokazo. Lekin bitta modda cho’ktirish sharoitiga qarab turli xildagi cho’kmani hosil qilish mumkin . Hamma cho’kmalar tuzilishi (strukturasi) bo’yicha ikki tipga bo’linadi: kristallik va amorf cho’kmalar. Kristal tuzilishdagi cho’kmalar tashqi ko’rinishiga ko’ra amorf cho’kmalardan farq qiladi , har bir kristall birikma aniq bir kristall shakliga ega bo’lib uni mikroskop ostida ko’rib yaxshi ajratish mumkin. Katta kristallar shaklini xatto oddiy ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Kristallarni maydalanganda ham uning bo’laklari ham shu tuzilish shaklini saqlab qoladi. Kristallarning ichki tuzilishi, shu modda atomlari yoki molekulalarining ma’lum tartibda joylashishi, kristall panjaralar hosil qilshi bilan belgilanadi. Kristall panjaralarining tuzilishi rentgenostruktur analiz usuli yordamida o’rganiladi. Kristal cho’kmalar, hosil bo’lishi jarayonida nisbatan tez cho’kadi va filtrlash bilan oson ajratiladi. Amorf tuzilishdagi cho’kmalar mikroskop ostida qaralganda qismlarning shakli aniq ko’rinmaydi. Amorf tuzilishdagi moddalarning molekulalari tartibsiz joylashgan bo’lib kristal panjaralar hosil qilmaydi. Amorf cho’kmalar bo’sh, g’ovak, ipir- ipir, loyqasimon, ilviragan sekin cho’kuvchi massa bo’lib, ularni yuvish va ajratish ancha noqulaydir (qiyin). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling