Analizatorlar haqida tushuncha


Download 14.44 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi14.44 Kb.
#1213618
1   2   3
Bog'liq
ANALIZATORLAR HAQIDA TUSHUNCHA

6.1. Oliy nerv faoliyati.

Miya yarim sharlarini po’stloq qismi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan yuqori darajada rivojlangan, o’zining tuzilishi va funktsiyasi bilan juda murakkabdir. Miya yarim sharlarining po’stloq qismi hosil bo’lishi bilan funktsiyalar kortikalizatsiyasi boshlanadi, ya‘ni barcha funktsional holatlar ustidan eng yuqori kontrol po’stloq orqali olib borila boshlaydi. Po’stloq odam psixik faoliyatining materialistik asosidir. Po’stloq faoliyatiga tegishli bo’lgan oliy nerv faoliyati turli metodlar yordamida o’rganilgan. Po’stloq faoliyatini o’rganishda I. P. Pavlov yaratgan shartli reflekslar nazariyasi katta ahamiyatga ega. 1863 yilda I. M. Sechenov bosh miyaning reflektor faoliyati haqida ajoyib fikrlar aytgan. I. P. Pavlovning asosiy xizmatlari shundan iboratki, shartli reflektor metodi yordamida oliy nerv faoliyatining juda murakkab sirlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi.

I. P. Pavlovning aniqlashicha markaziy nerv tizimi reflektor faoliyati asosida 3 printsip yotadi. A) Determinizm-har bir holatning o’zgarishini ma‘lum sababi bo’ladi, ta‘sirot bo’lmasa refleks yuzaga kelmaydi. B) Analiz va sintez printsipiga asosan retseptor yuzadan qabul qilingan ta‘sirni miya po’stlog’i mayda bo’lakchalarga bo’lib, analiz qiladi va zurur bo’lganda ularni yana qaytadan tez birlashtiradi. V) Struktura printsipiga muvofiq har bir reflektor faoliyat yarim sharlar po’stlog’ining ma‘lum struktura qismi bilan bog’liq.

Yuqorida aytilganidek reflekslar shartli va shartsiz bo’ladi.

Instinkt murakkab shartsiz refleksga kiradi. Hayvonlarda quyidagi instinktlar mavjud: ovqatlanish, jinsiy, himoya, otalik, onalik instinktlari va boshqalar. Barcha shartsiz reflekslarda instinkt o’zining ba‘zi bir xususiyatlari bilan farq qilib gormonlar bilan boshqarilib boriladi.

Organizmning o’sishi va rivojlanishida shartli reflekslar sharoitga to’liq moslanishini ta‘minlamaydi, vazifani bajaruvchi asosiy vosita shartli reflektor faoliyatidir. Shartli reflekslar tug’ma bo’lmasdan, hayot sharoiti davomida orttiriladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar kabi turg’un bo’lmasdan, mustahkamlagich (shartsiz qitiqlagich) bo’lmasa so’nib, yo’qolib ketishi ham mumkin.




Download 14.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling